Hakamlar tayyorlash bo‘yicha o ‘quv rejada gimnastikaning
rivojlanish tarixi haqida maMumotlar, faoliyatidagi klassifikatsiya
dasturlarining tahlili, sportchi gigiyenasi va shifokor nazorati,
musobaqalami tashkil etish, o‘tkazish qoidalari haqida nazariy
bilim (10 soat) mavjud, hakamlik amaliyoti (20 soat). Seminarlar
gimnastika bo‘yicha murabbiylar, jismoniy tarbiya o ‘qtuvchilari
rahbarligi ostida sport toifasiga ega boigan yuqori sinf o ‘quvchilarini
jalb qilish bilan o‘tkaziladi.
“Yosh hakam” unvoni, hakamlar seminarini tamomlagan va
gimnastika bo‘yicha kamida 5 ta musobaqalarda hakamlik qilgan
tajribaga ega boigan yoshlarga (12 - 16 yosh) beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |