chap (o‘ng) tovonga tosni tekkazib, to‘g‘rilanish, qo‘llar yonga,
to‘g‘riga qarash (130-rasmga qarang).
5. Bitta tizzaga tayanib turishdan, ikkinchisi orqaga, bir oyoqni
tushirish va surilib to‘g‘rilanish, polda qo‘l bilan sirg‘alib yarim
shpagat holatini egallash.
6. Tayanib o‘tirishdan, orqaga o‘mbaloq oshib yarim shpagat.
Xatolar
1. Bukilgan va to‘g‘ri oyoqning tez tushishi.
2. Orqaga cho‘zilgan oyoq tizzadan bukilsa.
Ehtiyotlash va yordam.
Yonboshda turib bir q o id a to‘g ‘ri
oyoqning sonidan, boshqasida yelkadan ushlab yordam beriladi.
Takomillashtirish va nazorat darsi uchun majmua
1. Tayanib cho‘qqayishdan, oldinga o ‘mbaloq
oshib kuraklarda turish - 2,5 b.
2. Oldinga dumalab egilib o‘tirish - 1,0 b.
3. Orqaga o ‘mbaloq oshib tayanib cho‘qqayish - 2,0 b.
4. Oyoqlami bukib boshda turish - 1,5 b.
5. Tayanib cho‘qqayishga tushib, yuqoriga kerilib sakrash - 1,5 b.
Do'stlaringiz bilan baham: