saqlab qolishga ham imkon yaratadi.
«Sport psixologiyasi» fani sobiq Ittifoqda biror-bir respublikada, shu
jumladan, O'zbekistonda ham bir tekisda rivojlanmadi. Rus tili davlat
tili bo'lgani sababli, o'zbek olimlari «Sport psixologiyasi» fanini
o'zlashtirishda ancha qiyinchiliklarga uchradilar. Sobiq Ittifoq rahbarlari
milliy respublika vakillarini bu fanni jahon miqyosida ham nazariy, ham
amaliy jihatdan o'zlashtirib olishlari uchun chet davlatlarga malaka
oshirishga yoki tajriba almashishga yubormas edilar. O'sha davrlarda
«Sport psixologiyasi» fani Rossiya Federatsiyasi olimlari tomonidan
o'rganildi, xolos. Bu borada 1925—26-yillarda P.A. Rudik tomonidan
Moskva jismoniy tarbiya institutining psixologiya kafedrasida bir talay
ijobiy ishlar bajariladi. A.S. Puni Leningrad jismoniy tarbiya institutida
Do'stlaringiz bilan baham: |