‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi y. Masharipov sport psixologiyasi



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/167
Sana20.09.2021
Hajmi7,57 Mb.
#179565
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   167
Bog'liq
18sportpsixologiyasipdf

Birinchi  tip  —  ichki  keng  markazlashgan  diqqat  sohibi  bo'lgan 
sportchining  diqqati  barqaror,  ichki  dunyosi.,  fikri  doimo  nazoratda 
boladi;  musobaqada  sodir  bo'layotgan  hodisalarni  yaxshi  tushunadi 
va  tahlil  qiladi.  Katta  hajmdagi  axborotlarni  qabul  qilib,  fikran  aniq 
xulosa chiqara bilish qobiliyati yaxshi  rivojlangan sportchilar musobaqa 
jarayonida  yo‘l  qo‘ygan  xatolarini  o ‘z  vaqtida  tez  tushunib  oladi  va 
boshqa takrorlamaslikka harakat  qiladi.  Bu tip diqqat  egalari  musobaqa 
vaziyatiga  qarab  o‘zini tezda  o ‘nglab oladi,  doimo  yuqori  ishchanlikda 
bo'ladi,  raqibining o'yin vaqtida bajarayotgan xarakatlaridan  tezda aniq 
xulosalar  chiqaradi,  o'yinda  har  xil  taktik  harakatlar  bilan  raqibini 
vahimaga  tushiradi,  o'ybdagi  vaziyatni  o'zgartiradi  va  o'yinni  qanday 
natija bilan tugashi haqida oldindan to 'g ’ri xulosa chiqarish imkoniyatiga 
ega bo'ladi.
Katta  hajmdagi  ichki  keng  markazlashgan  diqqatga  ega  bo'lgan 
sportchilardagi  kamchiliklardan  biri  shundaki,  muhitni  nihoyatda 
chuqur, uzoq muddat tahlil qilishi natijasida tashqi  obyektda bo'layotgan 
hodisalarga  diqqatini  tez  ko'chirishda  sustkashlik  qiladi;  o 'z  jamoasi 
o'yinchilaridan birortasi yoki raqibi kutilmaganda harakatini  o'zgartirsa, 
tezda javob qaytarishga qiynaladi.  Masalan, to'p ustasi o'zi bilan o'yinda 
to'pni  olib  yurishni  yaxshi  namoyish  etadi.  Lekin  raqibining  taktik 
harakatlari yoki mahoratini o'z vaqtida emas,  kechikib anglaydi,  natijada 
raqib  vaziyatdan  tezkorlik  bilan  foydalanadi.
Bunday  diqqat  sohibi  bo'lgan  m urabbiylar  o'yin  taktikasining 
yechimini  musobaqa  boshlanmasdan  oldin  to'g'ri  topa  oladi.  Lekin 
musobaqadagi vaziyat kutilmaganda o'zgarsa,  murabbiy ikkinchi qarorga 
kelib,  uni  qo'llashga  kechikadi;  o'zining  ko'rsatmalariga  doimo  amal 
qilavermaydi.  Bunday  murabbiylar  tashqaridan  qaraganda,  go'yo 
sportchilaming g'am-tashvishlariga be farq qarayotgandek bo'ladi.  Lekin 
vaqt  o'tishi bilan musobaqa jarayonida murabbiyning irodali, bilimdon 
shaxs ekanligi seziladi.  Natijada sportchilar o'z murabbiyiga  ijobiy baho 
bera  boshlaydilar.
Ikkinchi  tip  —  tashqi  keng  markazlashgan  diqqat  turi  sportchilar
www.ziyouz.com kutubxonasi


uchun  muvaffaqiyat  keltiradi.  Bu  tip  diqqat  sohiblari  tashqi  ta ’sirlarga 
nisbatan  qisqa  vaqtda,  tez  va  aniq  qarorga  kelishi  bilan  farqlanadi. 
Futbolchilarning  ko'pchiligi  tashqi  keng  markazlashgan  diqqatga  ega­
dir.  U lar  tashqi  vaziyatning  o'zgarganini  tezda  sezib  oladi  va  shunga 
qarab  o'zlarining  o'yin  harakatlarini  osonlik  bilan  o'zgartiradi.  O'yin 
paytida  ochiq  turgan  o'yinchiga  to 'p n i  tezda  yetkazib berish  qobiliya- 
tining ustunligi yaqqol sezilib turadi.  Bu diqqatga ega bo'lgan sportchilar 
bir vaqtning  o'zida  katta  hajmdagi  axborotlarni  qabul  qiladi  va  uning 
obyekt  uchun  zarur  bo'lgan  tom onlarini  tezkorlik  bilan  ajratib  olib, 
tezda  aniq  b ir  qarorga  keladi.  Katta  hajmda  qabul  qilingan  axborot- 
larning  eng  muhimlarini  o 'ta   ziyraklik  va  zudlik  bilan  ajratib  olib,  o'z 
raqibining o'yin  harakatlarini tez va aniq tahlil  qiladi.  Agar u  axborot­
lar  tahlilida  va  qarorga  kelishda  kechiksa,  raqibiga  qulay  imkoniyat 
yaratib  bergan  bo'ladi,  ya’ni  o'sha  vaziyatdagi  imkoniyat  raqib  foy^ 
dasiga  hal bo'ladi.  Agar raqib tezkor tafakkurga ega bo'lsa,  o'yinchining 
oldin  yo'l  qo'ygan  xatosini  qaytadan  takrorlatish  maqsadida  yana 
o'shanday  vaziyat  vujudga  keltiradi.
Tashqi  keng  markazlashgan  diqqatga  ega  bo'lgan  murabbiylar, 
o'zining xatti-harakatlarini to'g'ri boshqarish  va  nazorat  qilishda ojizlik 
qiladi;  kuchli  hissiyotliligi  sababli  tashqi  ta'sirlar  uni  noqulay  ahvolga 
solib qo'yadi.  Bu tip diqqat sohibi bo'lgan  murabbiy ba’zan musobaqada 
vaziyatni to'g'ri va tez tahlil qilishda qobiliyatsizlik qiladi.  Murabbiyning 
ta ’sirchanligi  sababli  musobaqalarda kutilmaganda xavfli vaziyat vujudga 
kelgan vaqtlarda,  uning aql bilan bajaradigan  ishchanlik holati pasayadi 
va  taktik  vazifalarni  kechikib  hal  qiladi.  Agar jam oada  o'yin  ko'tarinki 
ruhda  davom etsa,  murabbiyning kayfiyati  ham  ko'tarinki  ruhda bo'lib, 
sportchilaming kayfiyatini  ko'tarish  maqsadida  ularning yelkasiga urib, 
maqtab,  olqishlab  ham   qo'yadi.  Bordi-yu,  jam oaning  o'yin  jarayoni 
salbiy tomonga o'zgarsa,  murabbiyning ham  xatti-harakatlari o'zgaradi: 
sportchilarga  baqirib-qichqirib,  b a ’zan  so'kinib,  har  xil  ko'rsatm alar 
va  buyruqlar bera boshlaydi;  sport  hakamlariga  va  atrofdagi  odamlarga 
ham  o 'z ta’sirini,  hukmini  o'tkazm oqchi bo'ladi.  Ammo murabbiyning 
bu  uslubi  ijobiy  natija  bermaganidan  so'ng,  o'shanda  yuzaga  kelgan 
holat  haqidagi  fikr  va  mulohazalarini  atrofdagi  odamlarga  b ir  necha 
b o r  b ir  n ech a   k u n la r  tu s h u n tirib ,  g ap irib   y u rad i.  B unday 
murabbiylarning o 'z shogirdlari orasida  izzat-hurmatga sazovor bo'lishi 
juda  qiyin  kechadi.

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish