sportchining ishchanligini oshirish mumkin. Biroq tashqi hayot
sharoitlari va tarbiyaga bog'liq holda xarakterning hamma xususiyatlarini
o'zgartirib bo'lmaydi.
Qandaydir bir professional sport faoliyatidagi aynan bir vazifa va
www.ziyouz.com kutubxonasi
talablar har xil usullar va yo'llar bilan bir xil muvaffaqiyatli amalga
oshirilishi mumkin. Biz sportchining individual uslubi deganda. mazkur
sportchi uchun xarakterli, jozibali va muvaffaqiyatli natijaga erishishi-
da maqsadga muvofiq bo'lgan harakatlar usuli va yo'lining o'ziga xos
alohida xususiyatlarini tushunamiz.
Individual uslubning tarkib topish shartlaridan biri sportchining
xarakter-xususiyatlarini hisobga olishdir. Sportchi o'z xarakteriga ko'p
jihatdan mos keladigan harakatni bajarish usullari va yo'llarini tanlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |