‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi y. Masharipov sport psixologiyasi



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/167
Sana20.09.2021
Hajmi7,57 Mb.
#179565
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   167
Bog'liq
18sportpsixologiyasipdf

yengil va ortiqcha kuch sarflamasdan bajarishga о ‘rgatish; b) harakatlarni 
tez va umumlashtirgan holda bajarish; d) harakatlarni avtomatlashtirilgan 
darajada  bajarishga  erishish.
Harakatning tayanch  nuqtasini  o'rgatishda  ko'rish  obrazi  yordamida 
harakatni bajarish  usullaridan foydalaniladi hamda mantiqiy fikrlash orqali 
harakatni amalda bajarishdan oldin tasawurda bajarish amalga oshiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Harakatni  xayolda  bajarish  tajribalarini  o'rganish  yordamida  harakat 
sezgilar  orqali  bajariladi.  H arakatni  o'rgatish  bajariladigan  harakat 
maqsadining qo'yilishi bilan boshlanadi hamda harakat to'siqlarini yengish 
uslubi  izlanish  va  harakat  malakalarini  egallashda  namoyon  bo'ladi, 
harakatni  o'rgatish jarayonining  birligini  tashkil  etadi.  Murabbiy  hara­
katni  o'rgatishni  e’lon  qilib,  harakatning  maqsadini  tushuntiradi,  baja­
rish  yo'llarini  ko'rsatadi.  U  birinchi  mashq  harakatini  ko'rsatganidan 
keyin sportchilarda  harakat  to'g'risida  umumiy tushuncha  hosil  bo'ladi. 
Jism oniy  m ashq  harakatlarini  o 'rg atish   jarayonida  bajariladigan 
harakatlam ing  asosiy  qismlarini  ajratib  o'rgatish  ijobiy  natija  beradi.
Sportda  eng  muhim  muammolardan  biri  harakat  mashqlari  texnikasini 
to'g'ri egallashdir. Agar harakatning dastlabki bosqichlarida sportchi jismoniy 
mashqlarni  aniq,  to'g'ri,  texnik  mahorat  bilan  bajara  olsa,  mashqni 
o'zlashtirishi tez va yengil ko'chadi. Sportchining harakat texnikasini to'g'ri 
va  aniq  bajarishi,  ko'pincha,  ruhiy  jarayonlarining  rivojlanish  darajasiga 
ham  bog'liq  bo'ladi.  Jumladan,  sportchining  ruhiy  harakatlari  ko'rish, 
eshitish,  muskul  harakatlarining  sezgirligi,  harakatni  sifatli  idrok  qilish 
qobiliyati, harakat tasawurlarining yorqinligi, fikrlash va diqqatning barqaror 
bo'lishini talab etadi.  Bu insoniy xususiyatlar har bir sport turida harakatlarni 
boshqarib  turadi.  Masalan,  ko'rish  sezgisi  ko'rish  maydonining  kengligini 
aniqlashda,  idrok  harakatning tezligini  ta ’minlashga  yordam  beradi.
Sportchi  ichki  harakatlarining  aniqligi  va  tezkorligi  unga  ruhiy 
harakatlarni sifatli bajarishda harakatlarni to'g'ri tasawur qilish  imkonini 
beradi.  Shuning  uchun  murabbiy  m ashg'ulotlar  jarayonida  harakat 
m a sh q larin i  o 'rg a tish d a  u la rn in g   ruhiy  sifatlarining  rivojlanish 
xususiyatlariga  ko'proq  e'tibor berishi  lozim.  Bolalarda  va  o'sm irlarda 
ruhiy  sifatlarning  bir  xil  rivojlanmaganligi  tabiiy  holdir.  M asalan, 
o'tkazilgan tajribalar shuni tasdiqladiki,  9 yoshdan  11  yoshgacha bo'lgan 
sportchilam ing  oddiy  harakatlarni  bajarish  tezligi  o'rtacha;  ko'rish 
hajmi, diqqatning tezligi ancha yaxshi;  muskul harakatlarining sezgirligi, 
murakkab  harakatlarni  bajarishdagi  tezkorligi,  ko'rish  organlarining 
chuqurligi  va  diqqatning  barqarorligidagi  o'zgarishlar  ancha  pastroq 
bo'ladi.  11  yoshdan  13  yoshgacha  bo'lgan  o'smirlarda  harakat  tezligi, 
shiddati,  muskul  harakatlarining aniqligi,  ko'rish va idrok qilish sifatlari, 
aksincha,  sezilarli  darajada  rivojlanmagan;  13  yoshdan  15  yoshgacha 
bo'lgan  o'smirlarda  muskul  harakatlarining  aniqligi  ancha  yaxshiroq, 
lekin  murakkab  harakatlarni  bajarishdagi  aniqlik  va  tezkorlik  sust 
rivojlangan  b o 'lad i.  T ajrib a iarn in g   k o 'rsa tish ic h a,  bu  yoshdagi
www.ziyouz.com kutubxonasi


sportchilarga turli xil  harakatlarni o'rgatish  (harakatning tezligi,  kuchi) 
bir  necha  marta  takrorlashni  talab  qiladi.  16  yoshdan  18  yoshgacha 
bo'lgan sportchilar uchun harakatni  kamroq takrorlash  mumkin bo'ladi.
Maxsus jismoniy  mashqlarni  bajarish  sportchilardagi  ruhiy  imkoni- 
yatlarni  tezroq  o'stiradi.  9  yoshdan  13  yoshgacha  bo'lgan  sportchilar 
ruhiy olamining boyishiga gimnastika  mashqlari  va  tennis  o'yinlari  tez 
ta ’sir  qiladi.  13  yoshdan  keyin  sportchilaming  harakat  tezligi  sezilarli 
darajada  o'sadi.  Chunki  ular  bu  yoshda  harakatlarni  to 'g 'ri  va  aniq 
bajarish  malakalariga  ega  bo'lishadi.  Tennis sporti bilan  shug'ullangan 
9  yashar  sportchining  barcha  harakat  chegarasi  katta  yoshdagi  kishi­
laming harakat chegarasi  darajasi bilan tenglashadi.  9 yoshdagi  sportchi­
larda  kuch  bilan  bajariladigan  mashqlar  darajasi  rivojlantirilib  borilsa, 
yarim  yildan  keyin  bolalarda  kuchlilik sifatlari  o'sadi,  natijada bunday 
sportchilaming jismoniy  va  ruhiy  ko'rsatkichlarida  yaxshi  o'zgarishlar 
yuzaga  keladi.  Hozirgi  davrda  harakatlarni  takomillashtirishning  ikki 
yo'li  mavjud: 
1
)  dastur asosida tezlik  va kuch  bilan  bajariladigan  har xi! 
jismoniy mashqlarni to'g'ri  va  aniq bajarib borishga  odatlanish; 
2
)   m ax­
sus harakatlar sifatini о ‘stiradigan asosiy mashqlar bilan birgalikda, yuqori 
darajadagi  ko'rsatkichlarga  erishish  imkonini  beradigan  ruhiy  tayyor­
garlikka ega bo'lish.  Sportchilar ruhiy  imkoniyatlarining tezroq o'sishida 
maxsus jismoniy  mashqlarni  bajarish  muhim  ahamiyatga  ega.

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish