‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Yuridik shaxslarning vujudga kelish va



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

4-§. Yuridik shaxslarning vujudga kelish va
bekor boiish tartibi
Yuridik shaxslar quyidagi usullarda vujudga kelishi mumkin:
1. 
Buyruq orqali. Bunday usul bilan davlat tashkilotlari hisoblangan 
yuridik shaxslar tashkil topadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. 
Murojaat qilish usuli. 
Bunda muassislar tomonidan tuziladigan 
yuridik shaxslarning vujudga kelishi imkoniyati qonun tomonidan 
oldindan belgilab qo‘yilmagan bo‘ladi. Binobarin, bunday hollarda 
davlat organi xuddi shunday yuridik shaxsning bo‘lish-bo‘lmasligining 
maqsadga muvofiqligini tekshiradi.
3.
Ruxsat olish usuli. 
Bunday usulda tashkil topadigan yuridik 
shaxslarning vujudga kelish imkoniyatlari qonunlarda oldindan belgilab 
qo‘yiladi va binobarin, ularning tashkil bo‘lish-bo‘lmasligi maqsadga 
muvofiqligi tekshirilmaydi, balki ta’sis hujjatlarining qonunga muvo- 
fiqligi tekshiriladi, xolos. Yuridik shaxs ta’sis shartnomasi ishtirokchilar 
tomonidan tuziladi, ustavi (nizomi) esa tasdiqlanadi.
Ta’sis hujjatlarida yuridik shaxslarning tarkibi va vakolatlari hamda 
boshqa zaruriy m a’lumotlar bo‘lmog‘i kerak. Ta’sis shartnomasida:
• Yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi, pochta manzili;
• Yuridik shaxslar va fuqarolarning yakka tadbirkor sifatida davlat 
ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotlar;
• maqsadi va faoliyat sohalari;
• yuridik shaxsning huquqiy maqomi;
• ta’sischilarning huquq va majburiyatlari;
• yuridik shaxsni ustav fondini shakllantirish tartibi;
• ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish;
• foydani taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi;
• yuridik shaxsni boshqaruv organlari;
• yuridik shaxsning hujjatlarini saqlash;
• yuridik shaxsni qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
• qonunda nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar belgilanadi.
Yuridik shaxs murojaat qilish va ruxsat olish usullari orqali tashkil
topganda albatta, uni tashkil qiluvchilar tashabbuskor guruh bo‘ladi. 
Bu guruh fuqarolar (jismoniy shaxslar)dan ham, yuridik shaxslardan 
ham iborat bo‘lishi mumkin. Ular muassislar yoki ta’sischilar deb 
ataladi. Ta’sischilar orasida davlat ham uning organlari bo‘lishi mum- 
kin. Muassislar ko‘p hollarda yuridik shaxsning mol-mulkini vujudga 
keltirishga o‘z ulushini qo‘shadi. Bu ulushlar asosida ko'p hollarda 
ustav fondi tashkil topadi.
Fuqarolik qonun hujjatlari «ta’sischi» va «muassis» atamalarining 
tushunchasi hamda ular o ‘rtasidagi farqli jihatlarni belgilamaydi. 
Ko‘pchilik hollarda ayniqsa, keyingi paytda «ta’sischi» atamasi huquq 
normalarida deyarli qo‘llanilmayapti. Yuridik shaxsni tashkil etayotgan 
shaxs (yoki shaxslar) huquq normalarida muassis (yoki muassislar)
www.ziyouz.com kutubxonasi


atamasi bilan nomlanmoqda. Bu holat esa o ‘z-o ‘zidan kundalik 
hayotda ishlatilayotgan «ta’sischi» va «muassis» atamalarining bir xildagi 
ma’noga egaligini ifodalaydi.
Yuridik shaxs o‘z faoliyatida ko‘zlangan maqsad bo‘yicha tijoratchi 
va tijoratchi bo‘Imagan turlarga bo‘linadi (FKning 40-moddasi). Yuridik 
shaxslarning tijoratchi turlari muassislarning foyda olish maqsadini 
ko‘zlab tuziladi. Notijorat turlarida muassislar foyda olish maqsadini 
ko‘zlamaydilar.
Qonun hujjatlariga muvofiq tijoratchi yuridik shaxslar ham va 
notijorat yuridik shaxslar ham tadbirkorlik (foyda olishga qaratilgan 
faoliyat) faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin, lekin bunda, tijorat 
yuridik shaxslardan farq qilib notijorat yuridik shaxslar o ‘z tadbirkorlik 
faoliyatlaridan olgan foydani faqat a’zolarining ehtiyojini qondirish 
yoki o‘zga mushtarak maqsadni amalga oshirish uchun ishlatadilar. 
Olingan foydani boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l q o ‘yilmaydi. 
Shu munosabat bilan notijorat yuridik shaxslarga nisbatan FK «foyda 
olishni maqsad qilib qo‘ymagan» degan ibora emas, balki, «foyda 
olishni o ‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib qo‘ymagan» iborasi belgi- 
langan. Bu esa, notijorat tashkiloti tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi 
muayyan foyda ko‘rishi mumkinligini belgilaydi. Faqatgina notijorat 
yuridik shaxslarning asosiy maqsadi (yordamchi yoki boshqa maqsadlar 
bundan mustasno) foyda olish bo‘lmaydi, xolos.
Yuridik shaxs bekor bo‘lganida ularning tijorat turlarida yuridik 
shaxs hamma kreditorlar bilan hisob-kitob qilgandan keyin mol-mulki 
muassislar o ‘rtasida taqsimlab olinadi. Notijorat xarakterdagi yuridik 
shaxslarda esa qolgan mol-mulkka nisbatan muassislar haq-huquqqa 
ega bo‘lmaydilar. Yuridik shaxslaming davlat ro'yxatidan o ‘tish m a’lu- 
motlari, shuningdek o ‘ziga xos nomi davlat reestriga kiritiladi.
Yuridik shaxslami ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etishning maqsadga 
muvofiq emasligi haqidagi asos bilan uni ro‘yxatdan o ‘tkazishni rad 
etish faqat yuridik shaxslarning murojaat etish usuli bilan tashkil qilish 
tartibida qoMlaniladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etilganda sudga 
shikoyat bilan murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Yuridik shaxslar davlat 
ro‘yxatidan o‘tgan paytidan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Yuridik shaxsni 
qayta tuzish bu haqdagi tegishli qaror bilan amalga oshiriladi. Qarorda 
muassislarni shartnomaga qo‘shilish va shartnomadan chiqish tartibi 
kabilar ko‘rsatiladi. Odatda, tijoratchi yuridik shaxslarning ustavlari 
qonunda belgilangan tartibda tuman hokimliklarida davlat ro‘yxatiga 
olinadilar. Jamoat birlashmalari maqomiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar,
www.ziyouz.com kutubxonasi


shuningdek, yirik qo‘shma korxonalar, davlat tomonidan tashkil etilgan 
yuridik shaxslar nizomlari maxsus vakolatni davlat organlari tomonidan 
(Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi) tasdiqlanadi. Respublikamiz 
hozirgi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish davrida yuridik 
shaxslar ko‘pincha qayta tashkil etish yo‘li bilan bekor bo‘ladi. Qayta 
tashkil etish yo‘li bilan turli shakllarda, jumladan, FKning 49-mod- 
dasida ta’kidlanishicha, yuridik shaxsni qayta tashkil etish:

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish