‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

3 - Fuqarolik huquqi
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


3-§. Fuqarolik huquqining huquq tizimida
tutgan o‘mi
Mustaqillikkacha sobiq sovet huquqi tizimi sifatida shakllangan 
va rivojlanib kelgan bir necha o ‘nlab mustaqil huquqiy sohalarni o ‘z 
ichiga olgan huquqiy tizimning asosiy jihati uni tashkil etuvchi element- 
larning ko‘p turliligi va ularning umumiy, a n ’anaviy bo‘lgan xususiy 
hamda ommaviy huquq tizimlariga ajratilmaganligida aks etar edi. 
Bunday yondashuvning afzalliklari qatorida huquq bilan tartibga solina- 
digan turli xil ijtimoiy munosabatlarning o ‘ziga xos xususiyatlarini 
yuqori darajada hisobga olish imkoniyatini, ularning birm a-bir tarm oq- 
langan holda belgilanganligini krsatish mumkin. Lekin, o ‘z navbatida 
vujudga kelgan ushbu tizimning g‘oyat kattalashib ketishiga va tartibga 
solishda m uayyan qiyinchiliklarning yuzaga kelishiga, huquqiy 
majmualarning alohida sohalarini ajratish zaruratining tug‘ilishiga olib 
keldi. Aksariyat hollarda bu m uam m olar echimini hal qilishda bir 
necha huquqiy sohalarni rejali iqtisodiyotga moslashtirib bir-biriga 
qo‘shish orqali yangi majmualar yaratishdan axtarildi.
MaMumki, har qaysi huquqiy tizimning asosiy vazifasi, faqat alo- 
hida huquq sohalari va ular doirasini ajratishdangina em as, balki 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ularning yagona majmua 
sifatidagi umumiy ta ’sirini ta ’minlashdan ham iborat. Shuning uchun 
huquq tizimi uni tashkil qiluvchi elementlarning ijtimoiy-iqtisodiy va 
tashkiliy huquqiy omillariga tayangan ichki muvofiqligi bilan tavsif- 
lanishi kerak.
Ilgari (sobiq ittifoq davrida)gi huquqiy tartibot u yoki bu darajada 
ana shu maqsadlarga erishdi. Huquqiy sohalai tizimining o‘sha davrdagi 
yuqori qismida konstitutsiyaviy (davlat) huquq joy egallagan o ‘ziga 
xos «piramida» ko‘rinishida shakllandi va rivojlandi. M azkur pirami- 
daning quyi qatlamlari konstitutsiyaviy huquqga b o ‘ysundirildi — 
fuqarolik, jinoyat, m a’muriy, protsessual huquq sohalari tashkil qildi. 
0 ‘z navbatida, ulardan boshqa huquqiy sohalar (masalan, fuqarolik 
huquqidan oila huquqi, mehnat huquqi; m a’muriy huquqdan moliya, 
bank va soliq huquqi) ajralib chiqdi. Shunday qilib, m azkur huquq 
tizimi yuqoridan quyigacha ommaviy qoidalar bilan boyitildi. Mohiya- 
tan qaraganda, jamiyat va uning a ’zolari hayotining barcha jabhalariga 
dav latn in g bunday y o ‘sinda aralashuvidan ko‘zlangan m aqsad, 
aw alam bor, davlat ham dajam iyat manfaatlarini ustuvortarzda himoya 
qilishga qaratilgan edi. Bunday yondoshuv, birinchidan, «davlat-
www.ziyouz.com kutubxonasi


lashtirilgan» iqtisodning m a’muriy rejali xarakteriga, ikkinchidan, o ‘sha 
davlatning ijtimoiy hayotdagi tutgan hal qiluvchi mavqeiga to ‘la mos- 
lashtirilgan edi.
M amlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy tuzum ida amalga oshirilgan 
tub islohotlar bu tizim ni o ‘zgartirdi. N atijada yangidan shakllangan 
hozirgi huquqiy tizim asosining xususiy huquqiy negizlari tiklandi. 
Bir so‘z bilan aytganda, eski tizim o‘rnini xususiy huquqiy va ommaviy 
huquqiy yondoshuvlar tengligiga asoslangan yangi huquq tizimi egalladi. 
Bu tizim da ikkita o ‘zaro harakat qiluvchi, lekin bir-biriga qaram
bo‘lmagan, ko‘pgina alohida huquqiy sohalar va ularning guruhlarini 
o ‘z ichiga qam rab olgan xususiy hamda ommaviy huquq tizimlari 
vujudga keldi. T a’kidlash joizki, ushbu huquq tizim ini tashkil etuvchi 
bu ikkita mustaqil huquqiy tizimlar hozirda shakllanish va rivojlanish 
jarayonini boshdan kechirmoqda. Shunisi aniqki, yangi huquq tizimi 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatiga, 
huquqiy dem okratik davlat va fuqarolik jam iyatini shakllantirish 
vazifalariga to ‘liq mos keladi. Bu tizimning yaxlitligi va muvofiqligi 
uning elementlarini bir-biriga bo‘ysundirish orqali emas, aksincha, 
umumiy huquqiy prinsiplari, shuningdek, huquqiy sohalami bir-biridan 
ajratish uchun xizmat qiluvchi mezonlari birligi asosida ta ’minlanadi. 
Shak-shubhasiz, bunday holatning ijtimoiy-iqtisodiy negizini shaxs 
huquqlari va erkinliklarining hamda bozor munosabatlarining ustuvor 
roli tashkil etadi.
Xususiy huquq yoxud xususiy huquqni tartibga solishning asosida 
fuqarolik huquqi turadi. Shu bilan uning huquq tizim ida xususiy, 
aw alam bor, mulkiy munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan 
asosiy, tayanch soha sifatidagi o ‘rni belgilanadi. Zotan, fuqarolik 
huquqining um um iy normalari (m e’yorlari) va prinsiplari, agarda 
maxsus qonunchilikda to ‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatm a, cheklovlar bo‘l- 
masa-da, xususiy huquq doirasiga kiruvchi barcha m unosabatlarni 
tartibga solishda q o ‘llanishi mumkin. Bu birinchi navbatda, oila 
huquqiga taalluqli b o ‘lib, oila to ‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan 
tartibga solinmagan oila a’zolari o ‘rtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy 
munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari oilaviy m uno- 
sabatlarning mohiyatiga zid kelmagan taqdirdagina qo‘llaniladi ( 0 ‘z- 
bekiston Respublikasi Oila kodeksining 6- moddasi). Bunday holatni 
bevosita mehnat, ekologiya, qishloq xo‘jalik huquqlari institutlari bilan 
bog‘liq xususiy huquqiy munosabatlarning tartibga solinishi jarayonida 
ham kuzatish mum kin. Biroq m ehnat huquqining yoxud oila hu-
www.ziyouz.com kutubxonasi


quqining normalari hech bir sharoitda fuqarolik-huquqiy tartibga solish 
doirasida tadbiq etilmaydi.
Hozirgi paytda fuqarolik huquqining harakat doirasi kengayib 
bormoqda. Masalan, yerdan, tabiat obyektlaridan foydalanish yoki 
oila munosabatlarini tartibga solish, boshqaruvchi bilan uni yollagan 
kompaniya o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlar ko‘p hollarda fuqarolik 
huquqi normalari asosida amalga oshirilmoqda. Bu esa, fuqarolik 
huquqining bozor munosabatlarini shakllantiruvchi samarali vosita 
sifatidagi ijtimoiy qimmati oshib borayotganidan dalolatdir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, fuqarolik huquqi xususiy huquq 
tizimida va, umuman, ko‘plab mulkiy va nomulkiy munosabatlarning 
huquqiy asoslarini belgilashda markaziy ham da hal qiluvchi o ‘rinni 
egallaydi.

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish