‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


XXI bob.  MAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UChUN



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

XXI bob.
 MAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UChUN
JAV OBGARLIK
l-§. Majburiyatlarning buzilishi va fuqarolik-huquqiy
javobgarlik tushunchasi
M a’lumki, jamiyatimiz hayotining eng muhim tamoyillaridan biri 
qonun ustuvorligi hisoblanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, 
«asosiy ijtimoiy, eng aw alo iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan 
tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa, hech bir istisnosiz 
huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo‘ladi». Bozor mexaniz- 
mining eng asosiy xususiyatlaridan biri «xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
o ‘rtasida ularning iqtisodiy javobgarligi va to ‘liq iqtisodiy mustaqilligi 
asosida» qonun va shartnom alar intizomiga qat’iy rioya qilish hisobla- 
nadi. Q onun va shartnom alar mazmunida esa, ko‘p hollarda fuqarolar 
va yuridik shaxslar zimmasiga yuklangan majburiyatlar yotadi.
Majburiyat yuzasidan qarzdor b o ‘lgan shaxs uni butunlay bajar- 
masligi yoki lozim darajada bajarmasligi majburiyatni bajarish yuzasidan 
belgilangan huquq normalariga rioya qilmasligi huquqga xilof harakat 
yoki harakatsizlik hisoblanib, bu hol majburiyat buzilganligidan dalolat 
beradi. Y a’ni, m ajburiyat yuzasidan qarzdor shaxs k red itorning 
subyektiv huquqini buzgan hisoblanadi. Jum ladan, sifatsiz mahsulot 
(tovar) yetkazib berishda mahsulot sotuvchi tashkilot — qarzdor sifatida 
huquq normasini ya’ni, FKning tegishli moddasida k o ‘rsatilgan qoidani 
buzish bilan birga m ahsulot oluvchi korxonaning, ya’ni kreditor 
tashkilot qarzdor tashkilotdan shartnom aga muvofiq sifatli mahsulot 
(tovar)ning o ‘ziga topshirilishini talab qila oladi.
Yuqorida aytilganidek, qarzdorning harakatsizligi ham huquqga 
xilof hisoblanishi mumkin. Bunday harakatsizlik qarzdorning shunday 
xatti-harakatidan iborat bo ‘lib ko‘rinadiki, bunda qarzdor o ‘zi amalga 
oshirishi lozim bo‘lgan harakatni qilmaydi. M asalan, uy-joy ijarasi 
shartnomasi bo‘yicha tashkilotning uyida yashovchi fuqaro belgilangan 
ijara haqini to ‘lamasligi bilan Uy-joy kodeksining 69-moddasida belgi- 
langan qoidani buzadi. Shu bilan birga, shartnom aga muvofiq tarzda 
qarzdordan kvartira haqining o ‘z vaqtida to ‘lanishini talab qilish hu- 
quqiga ega bo‘lgan tashkilotning — ijaraga bem vchining, y a’ni kredi- 
tom ing subyektiv huquqi ham buziladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bozor munosabatlari sharoitlarida qarzdorning tadbirkorlik qoida- 
Iariga zid kelgan harakatlari yoki harakatsizligi, beparvoligi huquq 
norm asini t o ‘g ‘rid a n -to ‘g‘ri buzish bilan bog‘liq b o ‘lm asa ham , 
huquqga xilof hisoblanishi mumkin.
Qarzdorning huquqga xilof xatti-harakati huquq normalariga rioya 
qilmaslikni bildirganligi tufayli, jum ladan, qarzdor tom onidan olingan 
majburiyatning butunlay bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi 
va shu bilan shartnom a intizomining buzilishi — qonunchilikni buzish, 
deb yuritiladi. Binobarin, shartnom a yuzasidan olingan majburiyat- 
larning, shuningdek, boshqa majburiyatlarning bajarilishini ta ’minlashga 
qaratilgan kurash — aynan shu vaqtning o ‘zida qonunchilikka rioya 
qilish uchun blgan kurash, deb hisoblanadi.
Qonunchilik xo‘jalik yurituvchi subyektlar tom onidan shartnom a 
majburiyatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini norm ala- 
maydi. Chunki qarzdor tom onidan majburiyatning buzilishi, mazkur 
subyektlar tom onidan shartnom a intizomiga rioya qilmasligi davlat 
tom onidan belgilangan huquq normalariga rioya qilmaslikni bildiradi. 
N atijada tashkilotlarning mablag‘lari muomalada bo‘lishi birm uncha 
sekinlashadi qurilishlar, korxonalar va tashkilotlarning izchil, uzluksiz 
ish olib borishlari buziladi.
Qishloq xo‘jalik mashinalarining va boshqa mahsulotlarning sanoat 
korxonalari tom onidan qishloq xo‘jalik korxonalariga topshirilishi va 
ularning davlat buyurtmasi bo‘yicha qishloq xo‘jalik mahsulotlari top- 
shirish yuzasidan olingan majburiyatlarning o ‘z vaqtida bajarilishi mu- 
him ahamiyatga egadir. Kreditor sifatida fuqarolar bo‘lganida ham 
tegishli tashkilotlar o ‘z zim m alariga olgan m ajburiyatlarni lozim 
darajada bajarishlari talab qilinadi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik qarzdor tom onidan majburiyatning 
bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi hollarini nazarda tutib, 
qonun yoki shartnom ada belgilangan sanksiyalar qoilaniladi. Fuqa- 
rolik-huquqiy javobgarlik majburiyatni bajarmagan qarzdor zimmasiga 
zararlarni, neustoykani kreditor foydasiga to iash vazifasini yuklashdan 
iboratdir. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik tushunchasi majburiyatdagi 
sanksiya tushunchasidan birm uncha torroq m a’noda tushuniladi, 
chunki bunda qarzdorning javobgarligi barcha hollarda faqat mulkiy 
javobgarlik hisoblanadi. Jumladan, birovga zarar yetkazish tufayli vujud- 
ga keladigan majburiyatlarda zarar yetkazuvchi jabrlangan shaxsga 
yetkazilgan zararning pul bilan hisoblangan miqdorini t o i a ravishda 
to iay d i. Shartnom a b o ‘yicha olingan majburiyatlarning bajarilmasligi
www.ziyouz.com kutubxonasi


esa, kreditorning ko‘rgan zararlarni to ‘latish uchun ham, qarzdordan 
neustoykaning undirilishi uchun ham asos b o ‘ladi.
Qarzdorning majburiyatni lozim darajada bajarmasligi, ya’ni, maj- 
buriyatni shartnom a yoki qonunda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq 
ravishda bajarmasligi: masalan, mahsulotning sifati, topshirish muddati, 
shartnom aning bajarilish joyi kabi shartlar buzilishidan iboratdir. 
Majburiyat qarzdor tom onidan butunlay bajarilmasa, kreditor sud orqali 
majburiyatning majburiy tartibda bajarUishini, birinchi navbatda, albat- 
ta, real ravishda bajarilishini, agar majburiyat lozim darajada baja- 
rilmagan bo‘lsa, uning qonun yoki shartnom ada ko‘rsatilgan shartlarga 
muvofiq bajarilishini talab qilishga haqli.
Yuqorida ko‘rsatilgan har ikki holatda, ya’ni majburiyat butunlay 
bajarilmaganida ham, lozim darajada bajarUmaganida ham, ya’ni ayrim 
shartlari buzUganida ham kreditor qarzdordan qonun yoki shartnom ada 
nazarda tutilgan m ulkiyjarim alam ingundirilishini, ya’ni, o ‘zi ko‘rgan 
zararlarning qoplanishini, neustoykalarning to ‘lanishini talab qila oladi. 
Shu bilan birga qarzdorni olgan majburiyatlarini bajarish uchun m um - 
kin qadar ko‘proq harakat qilishga majbur qiladi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlikning belgilanishi turli subyektlar o ‘r- 
tasidagi munosabatlarda shartnom a intizom ining mustahkamlanishi- 
ga yordam beradi. Binobarin, fuqarolik-huquqiy javobgarlUc majburiyat- 
larning real va tegishli darajada bajarUishiga yordam berib, katta yuksak 
tarbiyaviy rol o ‘ynaydi. Agar majburiyatni bajarmaslik yoki lozim 
darajada bajarmaslik natijasida kreditorga zarar yetkazilgan b o isa , 
qarzdor bunday zararlarni to iash g a m ajbur b o ia d i. FKning 324- 
moddasida qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada 
bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazUgan zararni to ia sh i shart, 
deb ko‘rsatUadi. FKning 14-moddasi 2-qismida zarar tushunchasi nor- 
malangan. Bunga asosan, zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning 
buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilinishi lozim b o ig a n
xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy 
zarar), shuningdek, bu shaxs o ‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi 
fuqarolik muomalasi sharoitida olishi m um kin boigan, lekin ololmay 
qolgan daromadlari boy berilgan foyda tushuniladi. Zarar deganda, 
qarzdor tom onidan majburiyatning butunlay ijro etUmasligi yoki lozim 
darajada ijro etilmasligi oqibatida kreditor tom onidan qilingan xara- 
jatlar, mulkning yo‘qotUishi yoki kamayishi tushuniladi. Kreditorning 
muUciy zarariga misol qilib tashkilot tom onidan qilingan ishlarning 
sifatsiz bajarilishi sababli uni tuzatish bilan b o g iiq b o ig a n xarajatlarni
www.ziyouz.com kutubxonasi


yoki shartnom ada belgilanmagan muddatda qarzdor tom onidan yubo- 
rilgan, masalan, muddatidan oldin yuborilgan mahsulotni saqlash xa- 
rajatlaridan kelgan zararni yoxud kreditor tom onidan boshqa tashkilot- 
larga to ‘langan jarimalarni ko‘rsatsa b o iadi.
Kiyim tikuvchi atelyening xizmatchisi tom onidan fuqaroga kostyum 
tikilishida u tom ondan topshirilgan materiallarning noto‘g‘ri bichilishi 
natijasida ko‘rgan zarami kreditor b o igan fuqaroning zararlariga misol 
qilib ko‘rsatish mumkin.
Ikkinchidan, zarar sifatida kreditor tom onidan olinishi mumkin 
boig an , ammo qarzdor majburiyatni bajarmagani tufayli olinmay qol- 
gan daromadlar ham misol b o ia oladi.
Masalan, kreditor bo igan davlat korxonasi qarzdor tashkilotning 
xomashyolarni o ‘z vaqtida yetkazib berilishini kechiktirm aganida, 
majburiyat o ‘z vaqtida bajarilgani holda olishi mumkin bo ig an , ya’ni 
tayyor mahsulotni sotish natijasida olishi mumkin boigan foydaning 
qarzdor o ‘z majburiyatini bajarmaganligi sababli olinmagan daromadlari 
kreditorning ko‘rgan zarari hisoblanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Plenumi qarori 
ham mavjud zarar tarkibiga faqatgina tegishli shaxs tom onidan aniq 
yetkazilgan zararlarnigina emas, balki shaxsning buzilgan huquqini 
tiklashi uchun qilgan yoki qilishi lozim b o ig a n xarajatlar ham kirishini 
belgilaydi. Ayni paytda bunday xarajatlarning zamriyligi va ularning 
taxminiy m iqdori javobgarlik miqdorini belgilovchi tovar, ishdagi 
ham da xizmat ko ‘rsatishdagi kamchiliklarni bartaraf etishga ketadigan 
sm eta sifatidagi va m ajburiyatlarni buzganlik u chun javobgarlik 
darajasini belgilovchi shartnom a, asoslantirilgan hisob-kitob kabi 
boshqa dalillar bilan tasdiqlangan boiishi ham kerak. Olinmay qolgan 
d a ro m a d n in g m iqdori (boy berilgan foyda), agarda m ajburiyat 
bajarilgan b oiganida, kreditor qilishi lozim b o ig an oqilona xarajatlar 
hisobga olinib aniqlanadi.
Majburiyat huquqida zararning to ia ravishda to ian ish i tamoyili 
belgilanadi. Shu bilan birga, fuqarolar o ‘rtasidagi munosabatlarda sud 
zaram ing undirilishi tartibini belgilashda har ikki tom onning mulkiy 
ahvolini, xususan, qarzdorning mulkiy ahvolini e ’tiborga olib, majbu- 
riyatning bajarilishini kechiktirishga yoki uni b o iib -b o iib bajarilishini 
belgilashga ham haqli. Bu to‘g‘risida Fuqarolik prosessual kodeksining 
tegishli m oddasida qoida belgilangan. U nda alohida hollarda ish 
bo‘yicha hal qiluv qarorini chiqargan sud yoki hal qiluv qarorini ijro 
etish joyidagi sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi b o ‘yicha
www.ziyouz.com kutubxonasi


taraflarning mulkiy ahvoliga yoki boshqa holatlarga qarab, hal qiluv 
qarorining ijrosini kechiktirishga yoki b o ‘lib-b o‘lib ijro etishga, 
shuningdek, uni ijro etish usuli va tartibini o ‘zgartirishga haqli deb 
ko‘rsatilgan.
N. Egamberdiyevaning fikricha, faqatgina bevosita zararlar undirili- 
shi kerak, bilvositalari esa, undirilishi lozim emas, chunki huquqbuzarlik 
va ularning yuzaga kelishi o ‘rtasidagi sababiy bog‘lanish huquq tom o- 
nidan hisobga olish uchun yetarli emas.
FKning 332-moddasiga asosan majburiyatning ayrim turlari b o ‘yi- 
cha hamda muayyan faoliyat turi bilan bog‘liq majburiyatlar b o ‘yicha 
qonunda zarami to ‘la qoplashga bo‘lgan huquq cheklab qo‘yilishi m um - 
kin (cheklangan javobgarlik). Masalan, yuk tashuvchi transport tashki- 
loti tashish uchun qabul qilgan mulkni yo‘qotganda, yuzaga kelgan 
zararni yuk jo ‘natuvchiga yoki oluvchiga y o ‘qotilgan ashyo qiymati 
baravarida to ‘laydi.
Agar yuk zararlantirilgan b o ‘lsa, u holda zararlangan yukning 
qiymati qanchaga kamaygan b o isa, shu summa miqdorida to iay d i. 
Holbuki, yuk yubomvchi yoki yuk oluvchining zararlari faqat yo‘qotil- 
gan yukning qiymati yoki qiymatining kamayishi natijasida kelgan 
zarardangina iborat b o im a y , yana yuklarni saqlash u ch u n kerakli 
om bor binolarini ijaraga olish bilan bog iiq xarajatlardan, xodimlarning 
bekor turgan davrida ularga to ian g an ish haqidan, yuk tashuvchining 
aybi bilan materiallar va uskunalaming o‘z vaqtida olinmasligi natijasida 
sodir bo ig an boshqa zararlardan iborat bo iish i mumkin edi. A mmo 
transport tashkilotlariga nisbatan cheklangan javobgarlik belgilanganligi 
sababli keyingi zararlar e’tiborga olinmaydi. Cheklangan javobgarlik 
transport tashkilotlari va b a’zi boshqa tashkilotlar uchun ham belgila- 
nishi mumkin.
Jum ladan, elektr quw atini yetarli miqdorda yetkazib bera olmagan 
elektr stansiyasi faqat berilmagan elektr quw ati qiymati m iqdorida 
javobgar b oiishi mumkin. T ashkilotlaro‘rtasidagi majburiyat m unosa- 
batlarida ko‘proq tatbiq etiladigan mulkiy sanksiya — neustoykadir. 
N eustoykani undirish u chun faqat qarzdorning o ‘z m ajburiyatini 
b a ja rm a g a n lig i k o ‘rs a tils a k ifoy a va b u n d a y m a jb u riy a tn in g
bajarilmasligi natijasida yetkazilgan konkret moddiy zarar miqdorini 
isbotlash talab qilinmaydi.

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish