‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

— birinchidan, 
penya odatda, majburiyatning o ‘z vaqtida bajaril- 
masligi hollariga tatbiq etiladi va majburiyatning belgilangan muddatda 
bajarilishini ta ’minlashga qaratiladi;
— ikkinchidan, 
penya qat’iy miqdorda belgilanmay, bajarilishi 
kechiktirilgan majburiyat summasiga nisbatan foiz bilan belgilanadi;
— uchinchidan, 
penya odatda, uzoq muddat davom etadigan neus- 
toyka sifatida ko‘riladi, ya’ni penya bir qancha muddat davomida, 
masalan o‘n kun yoki bir oy davomida majburiyatning kechiktirilgan 
har bir kuni uchun hisoblanadi.
N eustoykaning tatbiq etilishi taraflar o ‘rtasida shartnom a 
tuzilishida, u to ‘g‘risida ko‘rsatmalarbo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar 
belgilanadi. Agar neustoyka to ‘g‘risidagi qonun uning miqdorini 
o‘zgartirish huquqini taraflarga bermagan bo‘lsa, tuziladigan shartno- 
malarda neustoykaning qonunda nazaida tutilgan miqdoiini o‘zga- 
rtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolik kodeksida aytilganidek, qarzdor majburiyatni butunlay 
bajarmaganida yoki lozim darajada bajarmaganida neustoyka to‘lashga 
majbur bo‘ladi. Shu tartibda FKning 261-moddasida nazarda tutilgan 
neustoyka har qanday majburiyatning ijro etilishini ta ’minlashga 
qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Neustoyka qarzdor tomonidan majburiyatning bajarilishini ta’min- 
laydi. Ammo amalda, ko‘pchilik hollarda neustoyka majburiyatda 
qatnashuvchi ikkinchi taraf kreditor majburiyatlarining ham bajarilishini 
ta’minlaydigan usul sifatida foydalaniladi. Jumladan, kreditor majbu- 
riyatning bajarilishini qabul qilmaganida neustoyka to‘lashga majbur 
qilinishi mumkin. Qabul qilish topshirish joyiga yetkazib keltirilgan
www.ziyouz.com kutubxonasi


mahsulotni qabul qilish asossiz rad etilganda tayyorlovchi xo‘jalikka 
uni yetkazib kelish xarajatlarini qoplaydi. Neustoyka to‘g‘risidagi o ‘zaro 
kelishuv asosiy majburiyat shakli summasi, neustoyka summasidan, 
shuningdek, boshqa biron-bir shartlardan qat’i nazar, yozma shaklda 
rasmiylashtirilishi lozim. Neustoyka to ‘g‘risidagi kelishuvning yozma 
shakli bitimlar va shartnomalarning yozma shakllariga nisbatan qo‘yila- 
digan umumiy talablarga ya’ni, FKning 105-moddalarida ko‘rsatilgan 
talablarga javob berishi lozim.
Neustoyka to ‘g‘risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilmasa, bunday 
kelishuv haqiqiy sanalmaydi va neustoykaning undirilishi mumkin bo‘l- 
maydi. FKning 325-moddasida neustoyka bilan majburiyatning butun- 
lay bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli ko‘- 
rilgan zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi to ‘lanish to ‘g‘- 
risida umumiy qoida beriladi. Mazkur qoida neustoyka bilan ta’min- 
langan majburiyatlarning har qanday buzilishlarida qoMlanilishi lozim. 
Ammo qonun yoki shartnomada ko‘rsatilgan alohida hollar bundan 
mustasno.
FKning 325-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilgan qoida FKning 
boshqa normalarida ham, shuningdek, ayrim majburiyatlarni tartibga 
soladigan boshqa me’yoriy hujjatlarda ham keltiriladi. Ushbu qoida 
neustoyka bilan ta’minlangan majburiyatning qarzdor tomonidan bu- 
zilishi tufayli zarar ko‘rilishi hollariga taalluqlidir. Masalan, avtomobil 
transporti bilan yuk tashishda mazkur yuk kechiktirib yetkazilgan hol- 
larda; ko‘rilgan zararlar, kechiktirilgan zararlar kechiktirilganlik uchun 
yuk tashuvchidan jarimaning olinish-olinmasligidan qat’i nazar undi- 
riladi. Mazkur moddada ko‘rsatilishicha, agar majburiyatning bajaril- 
masligi yoki lozim darajada bajarilmasligi uchun neustoyka belgilangan 
bo‘lsa, zarar neustoyka 0 аг' т а ) penya) bilan qoplanmagan qismi 
hajmida to‘latib olinadi.
Qonun yoki shartnomada quyidagi hollar, ya’ni zararni undir- 
masdan, balki faqat neustoykani undirib olish, neustoyka bilan bir 
qatorda zarami ham to‘la undirib olish, kreditorning xohishi bilan 
yoki neustoykani yoki zararni undirib olish nazarda tutilishi mumkin.
0
‘zbekistan Respublikasi Havo kodeksida nazarda tutilgan jarimalar 
alohida neustoyka xarakterida ko‘riladi, chunki mazkur kodeksda ta- 
raflar bir-biriga nisbatan olgan majburiyatlarini bajarmaganlarida 
Ustavning tegishli moddalarida nazarda tutilgan doiralardagina moddiy 
javobgarlikka tortilishlari belgilanadi. Jarima va neustoyka mahsulot 
yetkazib berish bo‘yicha bo‘ladigan majburiyatlarning bajarilishini
www.ziyouz.com kutubxonasi


ta’minlash usuli sifatida keng qo‘llaniladi. FKning 326-moddasida 
ko‘rsatilganidek, agar to ‘lanishi lozim bo‘lgan neustoyka kreditorning 
majburiyatini buzish oqibatida nomutanosibligi ko‘rinib tursa, sud 
neustoykani kamaytirishga haqli. Bunda qarzdor majburiyatni qay 
darajada bajarganligi, majburiyatda ishtirok etayotgan taraflarning 
mulkiy ahvoli, shuningdek, kreditoming e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan 
manfaatlari hisobga olinishi kerak.
0 ‘zbekistan Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Plenumi qarori bu 
qoidani amaliyotda qo‘llashda sudlar quyidagilarga e ’tibor berishlari 
lozimligini belgilaydi: agar talab qilingan neustoykaning miqdori asosiy 
qarz miqdoridan oshib ketmagan taqdirda, sud tomonidan zarar hajmini 
aniqlamasdan talab qilingan summada undirilishi mumkin. Agarda 
neustoykaning summasi asosiy qarz summasidan ortiq bo ‘lsa, sud 
da’vogardan zaraming asosli ravishda zarar va neustoykaga mutanosib- 
ligini aniqlash uchun asoslantirilgan hisobni talab qilishi lozim. Ular 
mutanosib bo‘lmaganida, sud, sud amaliyotidan kelib chiqib, qarzdor 
tomonidan majburiyatlarning bajarilish darajasini, majburiyatlarda qat- 
nashuvchi taraflaming mulkiy holatini, shuningdek, kreditoming man- 
faatlarini hisobga olib, neustoykaning miqdorini asosiy qarz miq- 
dorigacha kamaytirishga haqlidir. Agar neustoyka asosiy qarz sum- 
masidan oshib ketmasa-da, lekin uning qarzdor tomonidan to ‘lanishi 
uning faoliyatini yomon oqibatlarga, hatto iqtisodiy jihatdan nochor 
ahvolga olib kelishi aniq bo‘lgan holatda neustoyka kamaytirilishi 
mumkin. Bunday holatda neustoykaning eng kam miqdori Fuqarolik 
kodeksining 327-moddasida ko‘rsatilgan foizlar miqdoridan kam 
bo‘lmasligi lozim. Ammo sud hech qachon neustoykani toMashdan 
ozod qila olmaydi. Xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha 
sudlar faqat ayrim hollardagina qarzdor va kreditorning e ’tiborga 
olinishi mumkin b o ig an manfaatlarini nazarga olib kreditorga 
to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoykani kamaytirishga haqli. Fuqarolarning 
ishtiroki bilan bladigan munosabatlarda neustoykaning miqdorini 
kamaytirish uchun zarur shart neustoykaning kreditor ko‘rgan zararlarga 
nisbatan ancha ko‘p boMishidir. FKning 326-moddasi birinchi qismida 
keltirilgan boshqa holatlar esa, faqat neustoykaning m iqdorini 
kamaytirish to‘g‘risidagi talabni rad qilish yoki kamaytirilishi lozim 
bo‘Igan summaning miqdorini belgilash uchungina ahamiyatga ega 
bo‘lishi mumkin.
Ammo har holda mazkur qonunga asosan neustoykaning undirilishi 
sud tomonidan butunlay rad qilinishi mumkin emas. Mazkur qoida
www.ziyouz.com kutubxonasi


sudlarga har qanday holda ham neustoykani kamaytirish maqsadga 
muvofiq bo‘lish-bo‘!masligi to‘g‘risidagi masalani hal qilishni topshiradi. 
Shu bilan birga, neustoyka faqat ayrim hollardagina kamaytirilishi 
mumkinligini ko‘rsatib o ‘tadi. FKning 326-moddasi ikkinchi bandida 
ko‘rsatib o ‘tilganidek, neustoykaning miqdori sud tomonidan kamay- 
tirilishi mumkin. Bunda sud qarzdor va kreditor manfaatlarini hisobga 
olishi lozim. Neustoykaning miqdori kreditorning ko‘rgan zararlari 
miqdori bilan taqqoslaganida, qarzdor bo‘lgan tashkilotning majbu- 
riyatni bajara olish, aybliligi darajasi e’tiborga olingandagina sud 
neustoykaning miqdorini kamaytirishga haqli. Neustoyka yoki zararni 
to‘lagan qarzdoming o‘z majburiyatini asl holda bajarish burchi FKning 
330-moddasida ko‘rsatilgan.
Mazkur moddada aytilishicha, majburiyatning bajarilishi kechiktiril- 
ganligi yoki lozim darajada bajarilmasligi hollarini nazarda tutib, 
belgilangan neustoyka Oarima, penya) ni hamda majburiyatning lozim 
darajada bajarilmasligi natijasida kelgan zararni to ‘lash majburiyatini 
asl holda bajarishdan qarzdorni ozod qilmaydi.
Ayni paytda kreditor majburiyat ijrosi kechikkanligi sababli o‘zi 
uchun uning ahamiyati qolmagan bo‘lsa, u ijroni qabul qilishdan bosh 
tortishi va zararni toMashni talab qilishi mumkin (FK, 337-modda, 2- 
qism). Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda 
tutilmagan boMsa, majburiyat bajarilmagan taqdirda zararni qoplash 
va uning bajarilmaganligi uchun neustoyka toMash qarzdorni maj- 
buriyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi (FK, 330-modda, 2-qism)

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish