‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Majburiyatdagi shaxslarning o‘zgarishi



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

2-§. Majburiyatdagi shaxslarning o‘zgarishi
Kreditoming o‘zgarishi majburiyatga oid huquqiy munosabatlarda 
muayyan subyektlar o‘rtasida vujudga keladi. Majburiyatni bajarishda 
ishtirok etayotgan taraflar o‘rinlarini boshqa shaxs bilan almashinish- 
lariga qonun bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi. Majburiyatda qatnashuvchi kre- 
ditor ham, qarzdor ham boshqa shaxslar bilan almashinishlari mumkin.
Kreditorning almashinishi, deb majburiyatda ishtirok etayotgan 
kreditor o ‘z o‘rnini boshqa shaxs bilan almashinishiga aytiladi. 
Kreditorning talab qilish huquqini boshqa shaxsga o ‘tkazilishiga, agar 
bu qonun yoki shartnomaga zid bo‘lmasa yoki talab kreditoming shaxsi 
bilan bog‘liq bo‘lmasa yo‘l qo‘yiladi. Agar talab kreditorning shaxsi 
bilan chambarchas bog‘langan bo‘lsa masalan, FKning 314-moddasida 
ko‘rsatilganidek, alimentlar va hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan 
zararni tlash to‘g‘risidagi talablarning boshqa shaxsga o ‘tishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Ba’zi hollarda talab qilish huquqini o‘tkazishga shartnoma 
bo‘yicha ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Masalan, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni bosh- 
qa shaxsga bergan shaxs o ‘zining talab qilish huquqini boshqa shaxsga 
o‘tkaza olmaydi. FKning 318-moddasida ko‘rsatilishicha, kreditorning 
majburiyat bo‘yicha huquqlari boshqa shaxsga quyidagi hollarda 
o‘tadi:
1
. Kreditor huquqlaridagi universal huquqiy vorislik natijasida;
2
. Kreditor huquqlarini boshqa shaxsga o ‘tkazish to‘g‘risidagi sud- 
ning qaroriga muvofiq;
3. Qarzdorning majburiyati ushbu majburiyat bo‘yicha qarzdor 
bo‘lmagan kafil yoki garovga qo‘yuvchi tomonidan bajarilishi 
oqibatida;
4. Sug‘urta holati boshlanishi uchun javobgar bo‘lgan qarzdorga 
nisbatan kreditor huquqlarining sug‘urta qiluvchiga o ‘tishi natijasida;
www.ziyouz.com kutubxonasi


5. Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Talab qilish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazgan kreditor bu huquqni 
tasdiqlaydigan hujjatlarni ham ana shu shaxsga topshirishga majbur. 
Jumladan, kreditor qarzdordan tibcat olgan bo‘lsa, mazkur hujjatga 
talab qilish huquqining o ‘tkazilganligini yozib, uni yangi kreditorga 
topshirishi lozim. Dastlabki kreditor yangi kreditor oldida unga 
o ‘tkazilgan talabning qarzdor tomonidan bajarilmaganligi uchun javob 
bermaydi, dastlabki kreditor yangi kreditor oldida qarzdor uchun o ‘z 
zimmasiga kafolatini olgan hollar bundan mustasno (FK, 321-modda).
Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o ‘tishi uchun, agar qonun 
yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boisa, qarzdor- 
ning roziligi talab qilinmaydi. Agar qarzdor kreditorning huquqlari 
boshqa shaxsga o‘tganligi haqida yozma ravishda xabardor qilinmagan 
boisa, yangi kreditor shu tufayli kelib chiqqan o ‘zi uchun noqulay 
oqibatlar xavfini o ‘z zimmasiga oladi. Mazkur holda majburiyatning 
dastlabki kreditorga nisbatan bajarilishi tegishli kreditorga nisbatan 
bajarish deb hisoblanadi (FK, 313-modda). Ba’zi hollarda normativ 
hujjatlarning o ‘zida ham talab qilish huquqini umumiy qoida sifatida 
o‘tkazishga y o i qyilmasligi, masalan, temir y o i ustavining 172- 
moddasida temir y o i korxonasiga talab, shikoyat yoki da’vo qo‘zg‘atish 
huquqini boshqa tashkilotga yoki fuqaroga o ‘tkazishga y o i qo‘yilmasligi 
ko‘rsatilishi bilan birga qanday hollarda bu qoidadan istisnolar boiishi 
ham aytilgan. Qarzdor majburiyat bo‘yicha huquqlar yangi kreditorga 
o‘tganligi haqida ogohlantirish olgan paytda dastlabki kreditorga qarshi 
e’tirozlarni yangi kreditoming talabiga qarshi qo‘ya oladi (FK, 317- 
tnodda). Masalan, majburiyatning qisman bajarilganligini yoki qarz 
hujjatida ko‘rsatilgan summaning olinmaganligini ko‘rsatib, o ‘z e’tiroz- 
larini yangi kreditor talabiga qarshi qo‘yish huquqiga ega.
Qarzdorning almashinishiga kelsak, majburiyatda qatnashayotgan 
qarzdor ham o‘z o‘rnini boshqa shaxs bilan almashish huquqiga ega. 
Qarzdor almashgani tufayli yangi qarzdor majburiyatli b o iib qolishiga
— qarzning (majburiyatning) ko‘chirilishi deyiladi.
Qarzdorning o‘z qarzini boshqa shaxsga o ‘tkazishiga faqat kredi- 
torning roziligi bilan y o i qo‘yiladi (FK, 322-modda). Qarzdor uchun 
qaysi kreditorga nisbatan majburiyatni bajarishning farqi yo‘q b oisa 
ham kreditor uchun kim yangi qarzdor boiishining ahamiyati bor. 
Awalo, kreditorning yangi qarzdorning mulkiy holati, ish qobiliyati 
hamda majburiyatni bajarishga qodir boiish-boim asligi qiziqtiradi. 
Agar, masalan, yuqori malakali usta ishni bajarishni o‘z shogirdiga
www.ziyouz.com kutubxonasi


topshirmoqchi bo‘lsa, kreditor ish manfaatlarini ko‘zlab bunga rozi 
bo‘lmasligi ham mumkin. Dastlabki qarzdor boshqa shaxsga maj- 
buriyatini o ‘tkazganida kreditorga nisbatan majburiyatni bajarishdan 
butunlay ozod bo‘ladi. Uning barcha majburiyati yangi qarzdor zim- 
masiga o ‘tadi. Kreditor bilan dastlabki qarzdor o ‘rtasidagi munosa- 
batlarga asoslangan barcha e ’tirozlarni yangi qarzdor kreditorning 
talabiga qarshi qo‘ya oladi, jumladan, yangi qarzdor ham dastlabki 
qarzdor kabi majburiyatning qisman bajarilganligini yoki qarzning 
qisman toianganligini yoxud hujjatda ko‘rsatilganga qaraganda kamroq 
summada olinganligini aytib, e ’tirozlarini bildira oladi. Kreditor yangi 
qarzdordan majburiyatni to ia hajmda bajarishni talab qila oladi, chunki 
majburiyatni ko‘chirishda uning mazmuni o ‘zgarmaydi. Masalan, qarz 
shartnomasida qarzdor almashsa, kreditor yangi qarzdordan to ia
hajmda toianishini talab qila oladi.
Agar kafil yoki garovga qo‘yuvchi yangi qarzdor uchun javobgar 
boiishiga rozilik bermasa, kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan 
berilgan garov qarzning boshqa shaxsga ko‘chirilishi bilan bekor boiadi. 
Qarzni (majburiyatni) ko‘chirish ko‘pincha fuqarolarning o‘zaro mu- 
nosabatlarida qo‘llaniladi. Ammo majburiyat qarzdorning shaxsi bilan 
bogiiq boisa, qarzni ko‘chirish mumkin emas.
Yozma shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talab qilish huquqini 
o‘tkazish va qarzni (majburiyatni) ko‘chirish oddiy yozma shaklda 
qilinishi lozim. Agar bitim notarial tasdiqlangan va davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan boisa, u holda ushbu tegishli shaklga rioya qilingan holda 
amalga oshiriladi. FKning 323-moddasida qarzni ham, majburiyat 
bo‘yicha ijroni ham bir paytda boshqa shaxsga o ‘tkazish qoidalari 
nazarda tutilgan. Bunga asosan qarzdorni qarzni toiash majburiyatidan 
ozod qilmagan holda qarzni yoki uning bir qismini boshqa shaxsga 
o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bu holda har ikkala qarzdor majburiyatning 
bajarilishi uchun sherik (solidar) javobgar boiadi. Qarzdorning uchinchi 
shaxs bilan shartnomasi asosida uchinchi shaxs majburiyatining baja- 
rilishi bo‘yicha kreditor oldida emas, balki faqat qarzdor oldida burchli 
boiadi.

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish