‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Xususiy tadbirkor fuqarolarning



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

5-§. Xususiy tadbirkor fuqarolarning
huquqiy maqomi
MaMumki, tadbirkorlik faoliyatining subyekti jismoniy shaxslar ham 
boMishi mumkin. FKning tegishli normalarida, jumladan, 18-modda- 
ning talabiga ko‘ra, fuqarolar mulk huquqi asosida mol-mulkka ega 
boMishlari (hattoki, 207-moddada xususiy mulk boMgan mol-mulkning 
ham miqdor, ham qiymat jihatdan cheklanmasligi haqida qoidalar 
belgilanadi), dehqon va fermer xo‘jaligi tashkil etishlari, tadbirkorlik 
hamda qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari, 
shuningdek, yollanma mehnat asosida faoliyat yuritishlari mumkinligi 
belgilanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Umumiy qoida bo‘yicha fuqarolar 18 yoshga to ‘lib, to‘liq muomala 
layoqatiga ega bo‘lgach, xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga 
haqli. Biroq FKning 28-moddasiga asosan 16 yoshga to ‘lgan voyaga 
yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan boisa, yoki 
ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan boisa, u to ia muomalaga 
layoqatli deb e io n qilinishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsni to ia muomalaga layoqatli deb eio n
qilish (emansipatsiya) ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki 
homiyning roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga 
muvofiq yoxud bunday rozilik boimagan taqdirda, sudning qarori 
bilan amalga oshiriladi. Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy 
emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari bo ‘yicha, 
xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar 
bo‘yicha, tadbirkorlik faoliyati bilan bogiiq majburiyatlar bo‘yicha 
javobgar boim aydilar. Emansipatsiya qilingan voyaga yetmagan 
tadbirkorga nisbatan FKning 27-moddasi 1-2-bandi qoilanilmaydi.
Xususiy tadbirkorlik faoliyat bilan shug‘ullanmoqchi boigan fiiqaro 
tuman (shahar) hokimligiga zarur hujjatlar taqdim etgan holda ariza 
bilan murojaat qiladi. Agar tadbirkor maxsus ruxsatnoma talab etila- 
digan faoliyat turi bilan shug‘ullanish istagini bildirsa, tegishli organ- 
larning xulosasini ham taqdim etishi lozim. Yuridik shaxs boim asdan 
o ‘z faoliyatini amalga oshiruvchi xususiy tadbirkor sifatida ro ‘yxatdan 
o ‘tkazilgan jismoniy shaxsga u albatta, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi 
to ‘g‘risida guvohnoma beriladi va tegishli hududiy soliq organida 
qayd etiladi. Shu paytdan boshlab fuqaro tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanishga haqli. Uning faoliyatiga nisbatan FKning tijorat tashki- 
lotlari boigan yuridik shaxslar faoliyatini tartibga soluvchi qoidalari 
qoilaniladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan turib xususiy tadbirkorlik 
bilan shug‘ullanganlik uchun qonunlarda tegishli javobgarlik mavjud.
Yakka tadbirkor kreditorlarning u tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish bilan bogiiq boigan talablarini qanoatlantirishga qodir 
boim asa, bunday tadbirkor belgilangan tartibda bankrot deb topilishi 
mumkin. Yakka tadbirkomi bankrot deb topish rasm-rusmlarini amalga 
oshirish jarayonida uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan 
b o g iiq bo im ag an majburiyatlari bo‘yicha kreditorlari ham o ‘z 
talablarini qo‘yishga haqli. Mazkur kreditorlarning ushbu tartibda 
qo‘yilgan talablari yakka tadbirkor bankrot deb topilganidan keyin 
ham o‘z kuchini saqlab qoladi (FKning 26-moddasi).
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xususiy tadbirkorga berilgan guvohnoma muddati tamom bo‘l- 
ganida, qonunga nomuvofiq faoliyat yuritganda, jumladan, ruxsat 
olish asosida shug‘ullanish lozim bo‘lgan faoliyat bilan ruxsatsiz 
shug‘ullanganda xususiy tadbirkorlik huquqi bekor bo‘ladi. Xususiy 
tadbirkor o‘z xohishiga ko‘ra guvohnomada ko‘rsatilgan muddatdan 
oldin ham tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatishga haqli.
Bugungi kunda yakka tadbirkor fuqaro ham mustaqil, yuridik 
shaxs tuzib, faoliyat yuritish ham mustahkamlandi. Masalan, xususiy 
korxona, dehqon xo‘jaligi yoki xususiy notarial idoralar shular 
jumlasidandir.

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish