‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)


- Fuqarolik huquqi
81
www.ziyouz.com kutubxonasi


Agar vasiylikka olinuvchining mulki u turgan joyda boim asa, ikki 
vasiy: biri uning o‘ziga nisbatan, ikkinchisi, vasiylikka olingan shaxsning 
mulkiga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Ota-onalar vasiyhk va homiylik vazifalariga alohida tayinlanmay, 
qonun bo‘yicha bajaradilar. Ota-onalari boimagan taqdirda yoki ular 
amalda bu vazifani birorta sabab, masalan, qamoqda yoki shifoxonada 
boiishi tufayli bajara olmasalar yoki ota-onalik huquqidan mahrum 
boigan boisalar vasiylik va homiylik organlari vasiy va homiyni, 
birinchi navbatda, vasiylikka olinuvchiga yoki homiy tayinianayotganga 
yaqin shaxslardan biriga tayinlaydi.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati chekiangan shaxslar, 
sud tomonidan ota-onaliic huquqlaridan mahrum qilinganlar yoki ota- 
onalik huquqi cheklanganlar sobiq farzandlikka oluvchilarning farzand- 
likka olganligi Oila kodeksining 169-moddasiga muvofiq bekor qilingan 
shaxslar (ya’ni o ‘z zimmalaridagi majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin 
tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotgan, ota-onalik 
huquqini suiiste’mol qilayotgan, farzandlikka olinganlarga nisbatan 
shafqatsizlik bilan muomalada boiayotgan, muttasil ichkilikbozlik 
yoki giyohvandlikka mubtalo boigan shaxslar) qonun bilan zimma- 
lariga yuklangan majburiyatlami lozim darajada bajarmaganliklari yoki 
o ‘z huquqlarini suiiste’mol qilganliklari uchun vasiylik (homiylik) 
vazifalaridan chetlatilgan shaxslar, ruhiy yoki narkologik muassasalarda 
ro‘yxatda turganlar, qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm 
qilingan shaxslar vasiy va homiy qilib tayinlanishi mumkin emas.
Vasiy va homiyning asosiy vazifasi vasiylikka olinuvchining shaxsi 
va mulki yuzasidan g‘amxo‘rlik qilishdan, vasiylikka olinuvchining 
inanfaatlarini qo‘riqlashdan iborat. Binobarin, vasiylikka oluvchi o‘ziga 
ishonilgan mulkdan o‘zi uchun hech qanday foyda olmasligi lozim. 
U vasiylikka olingan shaxsni asrash va uning mulkini idora etish 
xarajatinigina undirishga haqli. Umumiy qoida bo‘yicha vasiylik va 
homiylik vazifalari bepul bajariladi. Vasiy va homiy o ‘z vasiyligi yoki 
homiyligidagi shaxsga ta’minot berishga majbur emas. Vasiy va homiy- 
ning o‘z vasiyligi yoki homiyligidagi shaxsning ta’minoti uchun qilgan 
xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu shaxsning 
mablagi hisobidan qoplanadi, bu mablag‘ yetarli boim agan taqdirda 
esa, uning ta’minoti uchun vasiylik va homiylik organlari nafaqa 
tayinlashi mumkin.
Vasiy vasiylikka olingan shaxs tomonidan bitimlar tuzishga haqli, 
lekin vasiylikka olinuvchining mulkiy ahvoliga yomon ta’sir etadigan
www.ziyouz.com kutubxonasi


bitimlar tuzishda vasiylik organlarining roziliklari bilan ish qilish lozim. 
Notarial guvohlantirishni talab qiladigan shartnomalar tuzish, vasiylikka 
olingan shaxsga qarashli mulkiy huquqlardan voz kechish, muikni 
taqsimlash va shu kabi harakatlar uchun vasiylik organlarining roziligi 
zarur. Yosh bolalarga qarashli imoratlarni sotish uchun vasiylik 
organlaridan maxsus ruxsat olinishi kerak.
Vasiy vasiylikka olingan shaxsning o ‘zi bilan va uning nomidan 
o‘zining yaqin kishilari bilan bitimlar tuza olmaydi, chunki bunda 
vasiylikka olinuvchining manfaatlariga zarar keltirib, o‘ziga yaqin 
kishilarning manfaatlariga ustunlik berish xavfi bor.
Vasiylik voyaga yetmaganlaming tarbiyalanishlari, sogMiklari haqida 
g‘amxo‘rlik qilishga va ular bilan birga turishga majbur. Ruhiy kasal- 
larning vasiylari esa, ulami davolash va sog‘liqlariga muvofiq sharoitda 
asrash tadbirlarini ta’minlashlari lozim.
Homiylar g‘amxo‘rlik qilish uchun o‘zlariga ishonilgan shaxslarga, 
ularning huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlarida yordam ko‘r- 
satadilar, ulami uchinchi shaxslaming yomon niyatli harakatlaridan 
saqlaydilar. Bitim tuzish uchun vasiylik va homiylik organlarining ro- 
ziliklari talab qilinmagan hollarda, bitimlar tuzishga rozilik bera oladilar.
Vasiylar va homiylar o ‘z himoyalaridagi shaxslarning huquq va 
manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan 
sudlarda ham maxsus vakolatlarsiz himoya qila oladilar (FKning 32- 
moddasi).
Vasiylik va homiylik bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga oid 
asosiy qoidalar Oila kodeksi hamda vasiylik va homiylik organlari 
to‘g‘risidagi Nizom bilan tartibga solinadi.

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish