‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


imperativ  va  dispozitiv



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

imperativ 
va 
dispozitiv 
normalarga bo‘linadi. Imperativ normalar deb, m a’lum bir 
huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning erklari bilan o‘zgartirilishi 
mumkin bo‘lmagan, qat’iy xarakterda bo‘lgan, qat’iy buyruq beradigan 
normalarga aytiladi. Imperativ normalarga misol qilib (FKning 23- 
moddasi, 3-bandi). «Fuqarolarning huquq layoqatidan yoki muomala 
layoqatidan to‘la yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati yoki 
muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o ‘z-o‘zidan 
haqiqiy emasdir», — deb aytilgan normani ko‘rsatish mumkin. Dispozitiv 
normalar deb taraflarning o‘z ixtiyorlari bilan to‘ldirilishi mumkin 
bo‘lgan va shartnomalarda huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining 
o‘zaro kelishuvi bo‘yicha tartibga solinishi mumkinligini ko‘rsatadigan 
normalarga aytiladi. Masalan, FKning 223-moddasi 1-bandida ulushli 
mulkdagi mol-mulk ishtirokchilar o ‘rtasida ularning kelishuviga muvofiq
www.ziyouz.com kutubxonasi


taqsimlanishi mumkin deb yozilgan. Demak, bu huquqiy normaning 
mazmuniga ko‘ra umumiy mulk ishtirokchilari o‘ziga tegishli bo‘lgan 
ulushini o ‘zlarining kelishuviga muvofiq taqsimlashlari mumkin ekan.
Darhaqiqat, fuqarolik huquqiy manbalarda dispozitiv m e’yorlar 
ko‘p uchraydi. Bu me’yorlaming fuqarolik huquqida kengroq qo‘lla- 
nilishiga sabab fuqarolik huquqida ishtirokchilarga keng imtiyoz va 
erkinliklar berilganligidadir. Zero, FKning birinchi moddasida ta’kidlan- 
ganidek, fuqarolik qonun hujjatlari ular tomonidan tartibga solinadigan 
ishtirokchilarining tengligini e’tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, 
shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o‘z- 
boshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligiga, fuqarolik huquq- 
larini to‘sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, 
ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash zarurligiga asoslanadi.
Ushbu moddaning talablaridan kelib chiqib, shunday xulosaga 
kelish mumkinki, fuqarolik huquqining manbalari yuqorida belgilangan 
talablarga amal qilgan holda qabul qilinishi lozim. Ya’ni har qanday 
fuqarolik qonun hujjatlari shu munosabat ishtirokchilarining tengligini 
e’tirof etishi, mulkning daxlsizligi, shartnomalarning erkinligi va hoka- 
zolarga amal qilgan holda chiqarilishi kerak. Bu talablarga zid holda 
qabul qilingan qonun hujjati haqiqiy emas, deb topilishi va tegishli 
tartibda bekor qilinishi zarur.
Umumiy qoidaga ko‘ra, dispozitiv me’yorlar shartnoma munosa- 
batlarida keng qoMlaniladi. K. Sindorovning fikricha, dispozitiv nor- 
malar — shartnoma matnida ayrim masalalar bo‘yicha taraflar keli- 
shuvga erishmaganligi oqibatida vujudga keladigan kamchiliklarni 
bartaraf etishga xizmat qiladi.
Dispozitiv normalar, odatda, «shartnomada boshqacha holat nazarda 
tutilmagan bo‘lsa» qo‘llaniladi. Jumladan, «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi qonunning 
shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarma- 
ganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 25—32-moddalari dispozitiv 
normalar sanalib, ular shartnomada yoki maxsus qonun hujjatlarida 
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsagina qllaniladi.
Dispozitiv normalar tadbirkorlik shartnomaviy munosabatlarining 
asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan shartnoma tuzish erkinligi tamoyilini 
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega' .

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish