2-§. Neustoyka — majburiyatlaming bajarilishini
ta’minlash usuli sifatida
Neustoyka qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan
qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan
taqdirda kreditorga toMashi shart boMgan pul summasidir (FK, 260-
modda). Neustoyka jarima va penya shaklida boMadi.
Majburiyatning bajarilishini ta’minlash usullari sifatida ko‘rilgan
jarima bilan penya o‘rtasida hech qanday muhim farq yo‘q. Ular faqat
hisoblashish usullari jihatidangina bir-biridan farq qiladi. Penya maj-
buriyatning bajarilishi kechiktirilganda qoMlaniladi va muayyan vaqt
masalan, o‘n, yigirma, o ‘ttiz kun davomida hisoblanadi. Penya majbu-
riyatning bajarilishi kechiktirilganida kechiktirishning barcha muddati
davomida hisoblanib bajarilmagan summasi yuzasidan belgilangan
foizlar bilan undiriladi. Majburiyatning bajarilishini kechiktirish vaqti
oshib borgan sari penya summasining ham o‘sib borishi majburiyatni
mumkin qadar tezroq bajarishga qarzdorni majbur qiladi.
Agar penya muayyan kunlar, masalan, o ‘ttiz kun davomida hisob-
lansa, mazkur kunlar o ‘tgandan so‘ng uning hisoblanishi to ‘xtatiladi.
Odatda, keyinchalik kreditorga qarzdordan birdaniga 2 foizdan 5 foiz-
gacha neustoyka olish huquqi paydo boMadi. Tor m a’nodagi neustoyka
majburiyatni butunlay bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik
uchun, shu jumladan shartnoma majburiyatlarining ijrosini kechik-
tirganlik uchun undiriladi va yetkazib berilmagan mahsulotning yoki
pudrat shartnomasi bo‘yicha bajarilmagan ishlar summasidan hamda
shu kabi boshqa summalarga nisbatan foiz bilan, masalan, 2, 3, 4, 5
foiz miqdorida neustoyka olinadi. Neustoykaning xususiyati shundaki,
u majburiyatning bajarilishi buzilishida har qaysi fakt uchun undiriladi
va uning miqdori majburiyat kechiktirilishining qanchalik uzoqroq
boMish boMmasligidan qat’i nazar belgilanadi. Fuqarolik qonunchiligi
neustoykaning ikki huquqiy asosini: qonun va shartnomadan kelib
chiqishini belgilaydi.
Qonuniy neustoyka deganda, majburiyatlarning muayyan turlari
uchun qonun bilan maxsus belgilangan neustoyka tushuniladi. Bu holda
qonun neustoykaning miqdori, uning undirilish tartibi va shartlarini
belgilaydi. Qonun bilan belgilanadigan neustoyka uchun shu narsa
xarakterliki, uni toMash taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan yoki
tutilmaganligidan qat’i nazar kreditor qonunda belgilangan neustoyka
(qonuniy neustoyka)ni toMashni talab qilishga haqli. Qonuniy neus-
www.ziyouz.com kutubxonasi
toykaning miqdori, agar qonun taqiqlamasa, taraflaming kelishuvi
bilan ko‘paytirilishi mumkin (FK, 263-modda).
Qonunda nazarda tutilgan neustoykani undirishdan taraflar bosh
torta olmaydilar, uning miqdorini ham kamaytira olmaydilar. Agar
shartnomada bunday shartlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular haqiqiy sanal-
maydi. Qonuniy neustoyka xo‘jalik tashkilotlari o‘rtasidagi munosabat-
larda ancha ko‘p qo‘llaniladi va maxsus normativ hujjatlarda nazarda
tutiladi. Xususan, taraflar tomonidan o‘z majburiyatlarini buzganliklari
uchun jarima shaklidagi neustoykaning ko‘p miqdorda va har xil hollarda
olinishi transport qonunchiligida va ustavlarida nazarda tutiladi.
Shartnomali neustoyka taraflarning o ‘zaro kelishuvi bo‘yicha belgi-
lanadi. Bunday neustoyka asosiy majburiyatning neustoyka bilan
ta ’minlanishi yoki ta’minlanmasligi to‘g‘risidagi masala, uning miqdori,
undirish tartibi va shartlari faqat taraflarning o ‘zlari tomonidangina
belgilanadi. Masalan, ikkita xo‘jalik subyekti bir-biriga qurilish uchun
g‘isht yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzganlarida majburiyatni
buzganlik uchun neustoykaning to‘lanishini ko‘rsatishlari mumkin.
Ba’zi hollarda shartnomaga neustoyka undirish to‘g‘risidagi shartning
qo‘shilishi zarurligi qonun yoki shartnoma bilan belgilanishi mumkin.
Bunday holda neustoykaning miqdori va undirilish shartlari, odatda,
mazkur qonunda belgilanadi. Ammo bunday neustoykani qonun bilan
belgilangan neustoyka, deb hisoblash mumkin emas, chunki taraflar
neustoyka to ‘g‘risidagi shartnomani shartnomaga kiritmaganliklari
sababli majburiyat bajarilmagani uchun neustoyka to ‘lashga majbur
bo‘lmaydi.
Neustoyka
( j a r i m a ,
penya) to‘g‘risidagi kelishuv FKning 262-mod-
dasida ko‘rsatilganidek, yozma shaklda tuzilishi kerak. Bunday kelishuv
maxsus shartnoma yoki asosiy shartnomaga qo‘shimcha kelishuv
shakllarida rasmiylashtirilishi mumkin. Kelishuvning yozma shaklda
blishiga rioya qilmaslik neustoyka (jarima, penya) to ‘g ‘risidagi
kelishuvning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi.
Amaldagi fuqarolik qonunchiligiga asosan neustoyka quyidagi tur-
larga bo‘linadi:
• hisobga o‘tkaziladigan neustoyka;
• jarimali neustoyka;
• alohida neustoyka;
• muqobil neustoyka.
Hisobga o ‘tkaziladigan neustoyka FKning 325-moddasida ko‘rsa-
tilganidek, agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada
www.ziyouz.com kutubxonasi
bajarm aganlik uchun neustoyka belgilangan b o ‘lsa, zararning
neustoyka bilan qoplanmagan qismi toManadi. Bunday neustoyka
ko‘pincha tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan, masalan, mahsulot yetkazib
berish, qurilish pudrati shartnomalarida qo‘llaniladi.
Jarimali neustoyka kreditorga qarzdordan neustoykaning o ‘zini,
shuningdek, neustoykadan tashqari zararni ham to ‘la hajmda undirish
huquqini beradi. FKning 325-moddasida nazarda tutilgan bunday
neustoyka shunday xususiyatga egaki, u qarzdorga butunlay bajarma-
ganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilanganidan boshqa
turdagi neustoykalarga nisbatan qo‘shimcha javobgarlik belgilaydi.
Neustoykaning shunday tarzda qo‘shilib, ya’ni neustoykaning ham,
zaraming ham qo‘shilishi va bir vaqtda undirilishi majburiyatni bajaruv-
chi qarzdorga kuchli ta ’sir etish chorasi bo‘lib ko‘riladi. Masalan,
mahsulot oluvchiga sifatsiz yoki but bo‘lmagan mahsulot yetkazib beril-
gan hollarida mahsulot yetkazuvchining neustoyka (jarima) to‘lash,
bunday mahsulot yetkazib berish natijasida ko‘rilgan zararni (neustoy-
kani bu hisobga kiritmasdan) undan undirib olish bunga misol bo‘la
oladi.
Alohida neustoyka shu bilan xarakterlanadiki, bunda FKning 325-
moddasida ko‘rsatilganidek, kreditorga zararni undirmasdan, balki
neustoykani undirib olish huquqi beriladi. Majburiyatning bajarilishini
kechiktirganlik uchun undiriladigan alohida neustoyka — penya shaklida
belgilanadi. Masalan, kvartira haqining to ‘lanishi yoki boshqacha pul
to ‘lovlari kechiktirilganda, odatda, alohida neustoyka undiriladi. Bun-
day neustoyka jarim a shaklida transport korxonalari faoliyatidan
shartnomaviy reja majburiyatlarining buzilganligi uchun ham undirilishi
mumkin.
Muqobil neustoyka yuqorida ko‘rsatib o ‘tilgan neustoykalardan
shu bilan farq qiladiki, bunda kreditorga qarzdordan belgilangan neus-
toyka (jarima, penya) ni undirish yoki majburiyatning bajarilmasligi
tufayli ko‘rilgan zararlarni undirish huquqi beriladi. Neustoykaning
bunday turi rag‘batlantirish ahamiyatiga ega boMishidan tashqari, yana
awaldan summada belgilanishi mumkin boMgan zararni qoplash im-
koniyatini ham beradi. Shuning uchun bunday neustoyka ba’zi hollarda
baholanadigan neustoyka, deb ham ataladi. Muqobil neustoyka kredi-
toming krgan zararlarini qoplashga qaratilgan. Agar neustoyka kredi-
torga yetkazilgan zararning miqdoridan oshib ketgan boMsa, kreditor
neustoykani undirishdan bosh tortishga va ko‘rgan zararlarining toMa-
nishini talab qilishga haqli. Bu holda kreditor qarzdorning o‘z maj-
www.ziyouz.com kutubxonasi
buriyatini bajarmasligi tufayli qanday zarar ko‘rganligini isbotlashga
majbur bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi mazkur neus-
toyka kamdan-kam tatbiq etiladi. Majburiyatlarni buzganlik uchun,
jumladan, sifatsiz mahsulot yoki tovar yetkazib berganlik uchun mahsu-
lot yetkazuvchilardan neustoykani undirish mahsulot oluvchining
huquqigina bo‘lib qolmay, balki uning davlat oldidagi majburiyati ham
hisoblanadi. Neustoykani undirishdan asosiy maqsad majburiyatning
bajarilishini ta ’minlashdir. FKning 261-moddasida ko‘rsatilganidek,
neustoyka faqat pul bilan belgilanadi. Neustoyka miqdori yo qonun
bilan yoki shartnoma bilan belgilangan bo‘lishi lozim. Odatda, neus-
toyka bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan majburiyat sum-
masiga nisbatan foiz bilan yoki qat’iy summa bilan belgilanadi. Penya
deb ataladigan neustoyka quyidagicha ta’riflanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |