‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Qarzdorning zarami to‘lash majburiyati



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

3-§. Qarzdorning zarami to‘lash majburiyati
FKning 324-moddasida qarzdor majburiyatni butunlay bajarmaga- 
nligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan 
zararni to ‘lashi shartligi norm alangan. Q arzdorning m ajburiyatni 
bajarmasligi natijasida vujudga kelgan va to ‘lanishi lozim bo‘Igan 
k re d ito rn in g x arajatlari d eg an d a, k re d ito r to m o n id a n m azk u r 
majburiyat yuzasidan qilingan xarajatlar va qarzdom ing o ‘z vazifasini 
bajarmaganligi bilan bog‘liq xarajatlartushuniladi. Jum ladan, mahsulot 
yetkazib beruvchi tom onidan mahsulotning belgilangan m uddatlarda 
yetkazib berilmasligi tufayli mahsulot oluvchi korxonaning faoliyat 
ko‘rsatib turishi vaqtida qilingan xarajatlar to ‘lanishi lozim.
M ajburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mulk sh artno m a 
shartlariga muvofiq kelmaganda va kreditor bunday hollarda mulkni 
qarzdorga qaytarish yoki majbur bo‘lganida kreditor zararlarining un- 
dirilishidan q at’i nazar, mulk uchun toMangan pul sum m alarining 
o ‘ziga qaytarilishini talab qilish huquqiga ega.
Kreditor qarzdorning o ‘z vazifasini bajarganligi tufayli yo‘qotgan 
mulkining qiymatini yoki mulkning zararlanishi natijasida uning qiymati


kamayishidan kelgan summalarning toManishini talab qilishi mumkin. 
M a’Iumki, bozor munosabatlari sharoitida shartnomaviy narxlar amal 
qiladi. Uning asosiy xususiyati shundan iboratki, ba’zi hollarda majbu- 
riyat vujudga kelgan paytdagi narx bilan zararni undirish vaqtidagi 
baholar o ‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin, qonunda ushbu holatlar 
ham ko‘zda tutiladi. FKning 324-moddasi 2-kismi mazmuniga ko‘ra, 
agar qonun hujjatlari yoki shartnom ada o ‘zgacha tartib nazarda tutil- 
magan bo‘lsa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak b o ‘lgan 
joyda, qarzdor kreditoming talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, 
bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilm agan b o ‘lsa, d a ’vo q o ‘zg‘a- 
tilgan kunda mavjud b o ‘lgan narxlar e ’tiborga olinadi. Sud vaziyatga 
qarab, zararni to ‘lash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda 
mavjud b o ‘lgan narxlarni e’tiborga olgan holda q anoatlantirishi 
mum kin.
Kreditor tom onidan olinmagan va to ‘lanilishi qarzdordan talab 
qilishga haqli b o ‘lgan darom adlar deganda, qarzdor o ‘z majburiyatini 
lozim darajada bajarmaganida kreditorning olishi mum kin bo‘lgan 
darom adlar tushuniladi. Bu ayniqsa, pul majburiyatini bajarmaganlik 
uchun javobgarlik belgilashda yaqqol namoyon b o ‘ladi. FKning 337- 
moddasiga asosan boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g ‘ayriqonuniy 
ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni to ‘lashni 
boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz 
olish yoki jamarish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu 
mablag‘lar summasiga foiz to ‘lanishi kerak.
Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs 
bo‘lganida esa, uning joylashgan yerida pul majburiyati yoki uning 
tegishli qismi bajarilgan kunda mavjud bo‘lgan bank foizining hisob 
stavkasi bilan belgilanadi. qarz sud tartibida undirib olinganida, sud 
kreditoming talabini da’vo ko‘zgatilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan 
kundagi bank foizining hisob stavkasiga qarab qondirishi mumkin. 
U shbu qoidalar qonunda yoki shartnom ada boshqa foiz miqdori 
belgilanmagan bo‘lsa qo‘llaniladi. Kreditorning pul mablag‘laridan qo- 
nunsiz foydalanish tufayli unga yetkazilgan zarar yuqorida ko‘rsa- 
tilgan foizlar summasidan oshib ketsa, kreditor qarzdordan zaraming 
bu sum m adan ortiqcha bo‘lgan qismini to ‘lashni talab qilishga haqli. 
U shbu m odda bilan bog‘liq munosabatlar 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qarorida ham tartibga solingan. Zarar 
ko‘rilganligini isbotlash va bunday zaraming qarzdorning majburiyatni 
bajarmasligidan kelgan boMishini isbotlash, shuningdek, zararning


miqdorini hisoblab ko‘rsatish vazifasi zaram ing undirilishi to ‘g‘risida 
talab qo‘yadigan kreditorga yuklatiladi.
Qonunda kreditor qarzdordan yo‘qotilgan ashyoning qiymatinigina 
talab qilishga haqli bo‘lib, majburiyatning qarzdor tom onidan bajaril- 
masligi natijasidan olinmay qolgan darom adlarni talab qilishga haqli 
b o ‘lmasligi hollari ham mavjud. Q onun b a ’zi hollarda zararlarni 
to ‘lagan qarzdom ing majburiyatni asl holida bajarish burchini ham 
belgilaydi. F K ning 330-moddasiga asosan, basharti qonunda yoki 
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyat 
bajarilmagan taqdirda zararni qoplash va uning bajarilmaganUgi uchun 
neustoyka to ‘lash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod 
qiladi. Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni topshirish majbu- 
riyatini bajarmaslik oqibatlari FKning 331-moddasida normalangan.
Agar ashyoni oluvchilar egaligiga topshirish to‘g‘risida shartnom a 
tuzilmay, bu ashyoni kreditorga foydalanish uchun topshirish to ‘g‘risida 
ikki yoki bir necha shartnom a ketm a-ket tuzilgan b o ‘lsa, ashyoning 
kreditordan biriga topshirilishi, aw al shartnom a tuzgan kreditorlarning 
huquqini yo‘qqa chiqaradi. Agar ashyo kreditor bilan birdek huquqga 
ega bo‘lgan uchinchi shaxsga topshirilgan b o ‘lsa, bu huquq, bekor 
b o ‘ladi. Bunday holda avval sh artn o m a tuzgan kred ito r ko ‘rgan 
zararlarning to ‘lanishi to ‘g‘risida d a’vo qo‘zg‘atishga haqli. Xususiy 
alomatlari bilan belgilangan ashyoni egalikka o ‘tkazish yoki xo‘jalik 
yuritishga, operativ boshqarishga yoxud foydalanish uchun topshirish 
to ‘g‘risidagi ketm a-ket tuzilgan ikki yoki bir necha shartnom alar 
boigani holda ashyoni kreditorlardan hech qaysisiga topshirilmagan 
bo‘lsa, kreditorlardan qaysi biri foydasiga ilgari majburiyat vujudga 
kelgan bo‘lsa, y a ’ni ashyoni topshirish to ‘g‘risida kim bilan aw al 
shartnoma tuzilgan b o ‘lsa, shunisi ustunlik huquqiga ega b o ‘ladi.
Agar ishning vaziyatlari bo‘yicha majburiyatlarning qachon vujudga 
kelganligi, ya’ni shartnom a kim bilan aw al tuzilganligini belgilash 
mumkin bo‘lmasa, ashyoning topshirilishi to ‘g ‘risida kim aw al da’vo 
qo‘zg‘atgan bo‘lsa, bu shaxs imtiyozga ega bo‘ladi.
Muayyan ishni bajarish majburiyatini bajarmaslik oqibatlari 330- 
moddada belgilanganidek, majburiyatni real ravishda, aslicha bajarili- 
shini ta ’minlashga qaratiladi. FKning mazkur normasi qarzdor tom o- 
nidan majburiyatning bajarilmaganida shartnom a yuzasidan bajarilishi 
lozim bo‘lgan ishni, birinchi navbatda, o ‘zi bajarishi yoki bajarishni 
boshqa shaxsga topshirishi va mazkur ishni bajarish uchun zarur xara- 
jatlarning to ‘lanishini qarzdor zimmasiga q o ‘yish huquqini beradi.


Fuqarolik prosessual qonunlarda javobgami muayyan harakatlar 
qilishga majbur etadigan da’volarning kilinishi va bu to ‘g ‘rida sud 
qarorining chiqarilishi nazarda tutiladi. Majburiyat bo‘yicha amalga 
oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlarni bevosita qilishga majbur etish 
mumkin boMmaganligi tufayli qonun, agar javobgar karomi belgilangan 
muddatda bajarmasa, da’vogar bu harakatlam ijavobgar hisobidan o ‘zi 
bajarishga va shu munosabat bilan qilingan zarur xarajatlami undan 
undirishga haqli ekanligi to ‘g‘risida sud o ‘z qarorida ko‘rsatishga haqli 
bo‘ladi, deb ko‘rsatma beradi. Agar qonun yoki shartnom ada nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, majburiyatni bajarmagan qarzdor hisobiga ishning 
kreditor tom onidan bajarilishiga yoki u bilan tuzilgan shartnom a 
bo‘yicha boshqa shaxs tom onidan bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar qarzdor, ya’ni javobgar tom onidan bajarilmagan faqat uning 
tomonidangina bajarilishi mumkin bo‘lsa, bunday harakatlarni qilishga 
qarzdomi majbur etadigan karorda sud qarori ijro etilishi muddati 
belgilanadi, agar sud qarori belgilangan muddatda ijro etilmasa, javob- 
garga qonunda ko‘rsatilgan tartibda jarim a solinishi mumkin. Ba’zi 
hollarda ishni ijro etish mumkin bo‘lmaganida, kreditor majburiyatning 
qarzdor tom onidan bajarilmasligi tufayli o ‘ziga yetkazilgan zararning 
to ‘lanishini talab qila oladi.

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish