‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Kafolat — majburiyatlaming bajarilishini



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

7-§. Kafolat — majburiyatlaming bajarilishini
ta’minlash usuli sifatida
M ajburiyatning bajarilishini ta ’m inlash usullaridan biri kafolat 
hisoblanadi. Kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki 
sug‘urta tashkiloti (kafil) boshqa shaxs (prinsipal) ning iltimosiga ko‘ra 
kafil o ‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsi- 
palning kreditori (benefisiar) pul summasini to ‘lash haqida yozm a 
talabnom a taqdim etsa, pulni unga to ‘lash haqida prinsipalga yozma 
majburiyat beradi (FK, 299-modda).
Kafolatning o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki bunda har 
doim kafil sifatida bank, boshqa kredit muassasasi yoxud sug‘urta 
tashkiloti qatnashadi. Ko‘p hollarda kafil prinsipalga xizmat ko‘rsa- 
tuvchi tashkilot hisoblanadi. Shu sababli ham kafil prinsipalning bankda 
saqlayotgan pul m ablag‘Iari hisobidan uning kreditorlari oldidagi 
majburiyatini bajaradi. Biroq qonun buni shart qilib qo‘ymaydi, shu 
sababli ham kafil sifatida har qanday kredit muassasasi yoki kredit 
tashkiloti bo‘lishi mumkin. Kafolatning asosiy mohiyati shundaki, u
orqali prinsipalning benefisiar oldidagi o ‘z m ajburiyatini (asosiy 
majburiyatni) tegishli darajada bajarilishi ta ’minlanadi. Kafolat haq 
baravariga tuziladi. Kafolat bergan bank (kredit muassasasi, syg‘yrta 
tashkiloti) ga prinsipal tegishli miqdorda haq to ‘laydi. Kafolat asosiy 
majburiyatdan (ya’ni prinsipalning benefisiar oldidagi majburiyatidan) 
garchi kafolatda ushbu m ajburiyatga havola q ilinsa-da m ustaqil 
hisoblanadi.
Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilm agan b o ‘lsa, u 
kafil tom onidan chaqirib olinishi m um kin emas. Kafolat bo‘yicha 
benefisiarga tegishli b o ‘lgan kafilga talab qo‘yish huquqi agar kafolatda 
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, boshqa shaxsga o ‘tkazilishi 
mumkin emas.
Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boMmasa, u 
berilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Benefisiarning kafolat bo‘yicha 
pul summasini to ‘lash haqidagi talabi kafolatda ko‘rsatilgan hujjatlarni 
ilova qilgan holda kafilga yozma ravishda taqdim etilishi lozim. Talabda 
yoki unga ilovada benefisiar prinsipalni ta ’minlash uchun kafolat beril- 
gan asosiy majburiyatni buzishi nim adan iboratligini ko‘rsatishi kerak.
Kafll benefisiarning talablarini olganidan so‘ng bu haqda darhol 
prinsipalni xabardor qilishi va unga talabning nusxasini barcha tegishli 
hujjatlar bilan topshirishi kerak. Kafil benefisiarning talabini ilova


qilingan hujjatlar bilan birga kafolatda krsatilgan m uddatda bu talab 
hamda unga ilova qilingan hujjatlar kafolat shartlariga mos kelishi 
yoki kelmasligini aniqlash uchun oqilona jonkuyarlik ko‘rsatishi kerak.
Agar benefisiaming talabi yoki unga ilova qilingan hujjatlar kafolat 
shartlariga mos kelmasa yoxud kafilga kafolatda belgilab qo‘yilgan 
muddat tam om blganidan keyin taqdim etilgan bo‘lsa, kafil beneft- 
siarning talabini qondirishni rad etadi va bu haqda uni darhol xabardor 
qiladi.
Agar benefisiarning talabi qondirilganga qadar kafolat bilan ta ’min- 
langan asosiy majburiyat batamom yoki uning tegishli qismi bajaril- 
ganligi yoxud boshqa asoslarga ko‘ra bekor bo‘lganligi yoinki haqiqiy 
emas deb topilganligi kafilga m a’lum bo‘lib qolsa, u bu haqida darhol 
benefisiarga va prinsipalga xabar berishi shart.
Odatda, kafilning benefisiar oldidagi mas’uliyati kafolatda nazarda 
tutilgan sum m ani to ‘lash bilan chegaralanadi. Biroq kafil kafolat 
bo‘yicha majburiyatni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmagan 
taqdirda kafolatda nazarda tutilgan summani to ‘latish bilan chegara- 
lanmay, yetkazilgan zararlami ham undirib olishga haqli.
Kafilning kafolat bo‘yicha benefisiar oldidagi majburiyati quyidagi 
hollarda bekor bo‘ladi:
1. Kafolat berilgan summa benefisiarga to ‘lanishi bilan;
2. Kafolatda belgilangan muddat tamom bo‘lishi bilan;
3. Benefisiar kafolat bo‘yicha o ‘z huquqlaridan voz kechishi va 
uni kafilga qaytarib berish oqibatida;
4. Benefisiar kafilni uning majburiyatlaridan ozod qilish haqidagi 
yozm a ariza berish yo‘li bilan kafolat b o ‘yicha o ‘z huquqlaridan 
voz kechishi oqibatida Kafolatning yuqoridagi 1, 2. 4-bandlarida 
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha bekor qilinishi kafilga kafolat qaytarib 
berilgan yoki berilmaganligiga bog‘liq b o ‘lmaydi. K afolat bekor 
b o ‘lganligidan xabar topgan kafil darhol bu haqda p rin sip aln i 
xabardor qilishi kerak. K afilning prinsip aldan kafolat b o ‘yicha 
benefisiarga to ‘langan summalarni regress tartibida toMashni talab 
qilish huquqi kafilning prinsipal bilan bajarish yuzasidan kafolat 
berilgan kelishuvida belgilab q o ‘yiladi.
Agar kafilning prinsipal bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda 
tutilm agan b o ‘lsa, kafil benefisiami kafolat shartlariga muvofiq tarzda 
yoki kafilning benefisiar oldidagi majburiyatni buzganligi uchun to ‘- 
langan summalarni qoplashni prinsipaldan talab qilishga haqli emas 
(FK , 310-modda).



Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish