neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish,
kaffllik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada
nazarda tutilgan boshqa usullar
bilan ta’minlanishi mumkin (FK, 259-
modda).
Ushbu usullardan hech qaysisi o‘zicha mustaqil ravishda qo‘llanil-
maydi. Bulaming hammasi biron-bir majburiyatning mavjud bo‘lishini
ko‘rsatib, mazkur majburiyatning bajarish maqsadlarini ko‘zlab belgi-
lanadi.
Bunda shartnoma bo‘yicha belgilangan majburiyat — asosiy maj-
buriyat bo‘lib, uning bajarilishini ta ’minlash usuli esa, qo‘shimcha
majburiyat hisoblanadi. Jumladan, mahsulot yetkazib berish yoki pudrat
shartnomasidan kelib chiqadigan asosiy majburiyatning amalga oshi-
rilishini ta’minlaydigan qo‘shimcha majburiyat hisoblanadi.
Ba’zi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maxsus qonunlarda
nazarda tutilmagan bo‘lsa, bunday majburiyat munosabatlarini ta’min-
lash fuqarolik kodeksida berilgan umumiy qoidalar bilan tartibga
solinadi. Shu bilan birga, muayyan majburiyatning bajarilishini ta’min-
lash usullari bir vaqtning o ‘zida qonun bilan ham, shartnoma bilan
ham belgilanishi mumkin.
Masalan, neustoyka va garov bir vaqtning o ‘zida shartnoma bilan
ham, qonun bilan ham nazarda tutilishi mumkin. Boshqa usullar esa,
jumladan, zakalat faqat kelishuv bo‘yichagina belgilanadi.
Fuqarolik huquqining mazkur instituti majburiyatlarni qarzdor to-
monidan bajarilmasligi natijasida kreditorga keUshi mumkin bo‘lgan
zarar oqibatlarining oldini olishga qaratiladi. Ammo mazkur usullarning
har qaysisi bilan ko‘rsatilgan maqsadga erishish har xil bo‘ladi.
Neustoyka va zakalat qarzdor tomonidan majburiyatning asl hola-
tida bajarilishini ta’minlaydi va majburiyat ijro etilmagan holda qarz-
dorga muayyan javobgarUk belgilanishini ko‘rsatadi. Neustoyka va
zakalat ba’zi hollarda majburiyatning bajarilmasUgi tufayli yetkazilgan
zararning kreditor tomonidan undirilishini engillashtiradi. Qarzdor
tomonidan mulkning garovga qo‘yilishi asosiy majburiyat u tomonidan
real bajarilishini muayyan darajada ta’minlaydi va mazkur majburiyat-
ning bajarilmasligi tufayU vujudga kelgan kreditor talablarini qondirishga
ko‘proq imkoniyat beradi.
Uchinchi shaxs tomonidan belgilangan garov, kafolat va kafillik
majburiyatning bajarilmagani holda zararning qoplanishi, foizlarning
yoki neustoykalarning to‘lanishi to‘g‘risida kreditor tomonidan qo‘yil-
gan talablarning qondirilishini ta’minlaydi.
Majburiyatning bajarilishi ma/kur majburiyat yuzasidan kreditor
bo‘lgan shaxs bilan majburiyatning amalga oshirilishini ta’minlagan
uchinchi shaxs o‘rtasida majburiyatga oid huquqiy munosabatni va
asosiy majburiyatga nisbatan bo‘lgan qo‘shimcha huquqiy munosabatni
vujudga keltiradi.
Mazkur majburiyatning qo‘shimcha xarakterda bo‘lishi qator hu-
quqiy masalalarda ko‘riladi.
FKning 259-moddasida ko‘rsatilganidek, majburiyatning bajari-
lishini ta ’minlash to‘g‘risidagi kelishuvning haqiqiy emasligi ushbu
majburiyatning (asosiy majburiyatning) haqiqiy emasligiga olib kel-
maydi.
Biroq, asosiy majburiyatning haqiqiy emasligi uning bajarilishini
ta ’minlaydigan majburiyatning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |