so ‘z
atamasi qoilaniladi.
G ram m atik m a’nosiz, faqat leksik m a’no bildiruvchi til birligi uchun
leksema
atamasi qo'llaniladi.
B unday vaqtda
s o ‘z
m orfologiya birligi sifatida,
leksem a
esa
leksikologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi.
Demak, tahlil jarayonida gap tarkibidan so'zlarni ajratamiz.
|
So'zlar esa leksema va grammatik qo'shimchalarga bo'linadi.
Tilning
•
lug‘aviy (leksik) m a’no bildiruvchi birligi leksem a sanaladi.
Lug'atlarda bosh so'z sifatida leksemalar beriladi.
Savol va topshiriqlar
•
1. So'z tovush tom onidan tashqari yana nimaga ega bo'lishi kerak?
2. So'zning leksik m a’nosi deganda nimani tushunasiz?
3. So'zning gram m atik m a’nosi nima?
4. Leksema va so'z nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?
5. Bitta gap keltirib, uni so'zlarga ajrating, so'zlarning leksema qismini
aniqlang.
184
www.ziyouz.com kutubxonasi
50-m ashq.
So'zlardagi ichki m a’noviy farqlarni izohlab bering.
Boshqacha — o ‘zgacha — ajib — ajoyib — g'alati — g'aroyib —
alom at — antiqa.
Tuzuk — durust — bir navi — yaxshi — zo‘r — a ’lo — gap yo‘q —
mixdek.
51-m ashq.
M atnni o ‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning leksik
m a’nolarini ayting. Ularning qaysi so‘z turkumiga kirishini izohlang. Leksik
m a’no bildirmaydigan so‘zlarga ham m isollar keltiring.
SU V N IN G TO M C H ISI HAM SUV
Biz ham m a vaqt, hamm a joyda: «Nonni uvol qilmang. N o n aziz,
nonning ushog‘i ham non», devmiz. T o‘ylarda, yig‘inlarda, hatto uyda
dasturxon atrofida nonushtaga o ‘tirganimizda ham keragidan ortiqcha non
sindirilsa: «Qo‘ying, ushatm ang, nonning ortiqchasini uvol qilmang».
deymiz.
Am m o suvni bemalol isrof qilish — oqizish m um kinm i? Suv-
o ‘tkazgich jo ‘mraklaridan suv to ‘xtamay oqib yotsa ham: «Hoy, suvni
bekordan bekorga sarflama. Uvol qilma, to ‘xtatib qo ‘y!» deb aytmaymiz.
Vaholanki, ana shu suv bo‘lmasa bug‘doy qayda, un qayda, non qayda?!
Tejashni suvdan, suv qatrasidan boshlam oq kerak. U volni, savobni
izlamoq kerak. «Qatra-qatra yig'ilib daryo bo‘lur» yoki «Toma-toma k o i
b o‘lur», deb ona xalqimiz bejiz avtm agan. N onning uvog‘i ham non
b o‘lganidek, suvning tomchisi ham suvdir. G ohida suv uvolini o ‘ylab
hayron qolam an. Agar bizni uvoli tutsa, faqat suvning uvoli tutadi.
K o'pincha ko‘ch a-k o ‘yni to ‘ldirib ibodat u ch u n masjidga o ‘tib
ketayotgan m ahalladoshlarim izni ko‘rib xayolga cho‘mam an. Ha, ular
savob uchun namoz o ‘qishi ibodat. Zakot berish ibodat. Odamlarning
joniga oro kirib og‘ir yumushini yengil qilish ham ibodat, savob, lekin
ibodatning kattasi, savoblaming ulug‘i ham bor. Suvni tejash, pokligini,
sofligini, tozaligini, sifatini saqlash, uvol qilmaslik savoblarning eng
kattasidir, ibodatlarning eng ulug'idir, amallarning eng chirovlisidir.
Faxriddin Turgoniy o ‘z davridayoq suvlarni iflos qilmaslik haqida
o ‘ta ta ’sirli, foydali fikrlar bildirib. shunday she’rlarni yozib qoldirgan
edi:
Bugun chashm a suvin qilsang agar xor,
Boshqa icholmassan bu suvdan zinhor.
Bolalar! Ona-Vatanga, o ‘zimizga, avlodlarimizga zarar keltirayot-
ganimizni, iste’mol qilinadigan oziq-ovqatlarga og‘u — zahar solayot-
185
www.ziyouz.com kutubxonasi
ganim izni, qolaversa, o ‘zim izni o ‘zimiz zaharlayotganim izni bilyap-
mizmi? Sezyapmizmi? 0 ‘z rizq-ro‘zimizni qismaylik, o ‘z umrimizga,
bola-chaqalarimiz umriga o'zim iz zomin bo'lmaylik.
Oxir-oqibatda biz oqar suvlarga tashlab yuborgan oqovalar, axlat va
kimyoviy chiaindilar Oral dengiziga yetib borguncha achib-sasib, qurib,
zahar-zaqqum ga aylanib, havoga ko‘tarilib, shamollar bilan qaytib yana
boshimizga yog‘ilyapti. «Qaytar dunyo», deb shuni aytsalar kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |