xususiyatini saqlab qolgan sifatlovchi aniqlovchili ajratilgan bo‘laklami toping.
1
. K o‘kdagi oy tanhodir, yakka-yu yolg‘iz.
2. Shoyon mehnatingning nishonasi bu —
Qora qoshlaringga qo'ngan chang, g‘ubor.
Suvori ekansan — zahmating ezgu,
Zam ona Barchini — mehnatkash, dildor.
3. Y o‘lim boshladi to kezdim dala-tog‘,
Kezdim ne yurtlarni — chiroyi tengsiz.
4. Qozoq sahrosi — bu beadad sahro,
Xayolday bepoyon, cheksiz va yiroq.
5. Bir zum dengizga ham boqqil betuyg'u,
Dema, o ‘ylarimday u teran tengsiz.
6
. Angladimki, olamda
Yurt tanho, Vatan tanho,
Nokaslar emas, yo‘q, yo‘q,
Yolg‘iz sen baland, tanho.
7. Ba’zan o‘ylab deyman, ne bo‘larda gar
Qudratni ko‘rgazsa tabiat hassos.
8
. Qo‘llarim ko‘ksimda, betinch, betoqat
T a’zimlar qilurman senga ushbu dam.
U
— menmi, u — senmi, kim bo‘lma, faqat
Senga insof bersin, uchinchi odam!
(A. Oripov)
514
www.ziyouz.com kutubxonasi
21-DARS.
IZOHLASH ORQALI GAP
BO'LAKLARIM AJRATISH
Darsning maqsadi:
izohlash yo'li bilan ajratilgan gap bo ‘laklaridan
nutqda о ‘rinli faydalanish ко ‘nikmasini shakllantirish.
R E J A:
1. Izohlash orqali gap bo'laklarini ajratish haqida m a’lumot.
2. Bir tushunchaning ikki nomi va uyushiq bo ‘laklarning o ‘zaro farqi.
3. Ajratilgan bo‘laklarda tinish belgilarining ishlatilishi.
/
1-topshiriq.
M a’lum lotincha atam a bilan uning o ‘zbekcha
muqobilini yonma-yon qo‘yib, gap ichida keltiring. Bir tushunchaning
bu ikki xil nom i o ‘rtasidagi m a’no munosabati va ohang haqida
m a’lum ot bering.
2-topshiriq.
Gap ichida
daraxt
so‘zini keltirib, uning yonida
daraxt sinfiga mansub so‘zlarni
(olma, о ‘rile, shaftoli)
keltiring. Ular
o'rtasidagi m a’no munosabati va ohang tom oni haqida m a’lumot
bering.
N utq jarayonida ko‘pchilikka nom a’lum bo‘lgan so‘zni qo'llasangiz,
tinglovchiga tushunarli bo‘lish uchun uning yoniga m a’lum bo'lgan so‘zni
qo‘yib bayon qilasiz. Masalan,
Lingvistika
—
tilshunoslik, mening sevgan
fanim bo‘ladi.
Ba’zan m a’nosi um umiyroq bo'lgan so‘zning m a’nosini aniqlashtirish
uchun uning yoniga konkretroq, aniqroq m a’no bildiruvchi so‘zni keltirasiz.
M asalan,
Bog'chadagi do'stimni — Qodirni к о ‘rib qoldim.
Ayrim
hollarda esa m a’lum bir narsani boshqa narsaga o ‘xshatib, ularning nomini
yonm a-yon ishlatamiz. M asalan,
Shu farzandimni — k o ‘zim qorasini
—
elning ardog ‘ida bo ‘lishini xohlayman.
N atijada, bir tushunchaning ikkita nomi vujudga keladi. Tkkita nom
bo‘lishi, har ikki nom ning bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi, har ikkisining
ham bir xil grammatik shaklda bo'lishi bilan bunday ajratilgan bo‘laklar
uyushgan bo'laklarga o ‘xshaydi.
Solishtiring:
Unda, Halimning ukasida, qiziqarli kitoblar k o ‘p.
Bu
gapdagi
unda, Halimning ukasida
bo'laklari ikki kishini bildirsa va sanash
ohangi bilan talaffuz qilinsa, uyushgan bo‘lak, bir kishini bildirib, ikkinchisi
birinchisidan biroz to'xtam dan so'ng pastroq ohang bilan talaffuz qilinsa,
ajratilgan bo‘lak bo'ladi.
•
J u d a muhim:
B unday ajratilgan bo ‘la kla r gapning boshqa
^
b o ‘laklaridan vergul, b a ’zan tire bilan ajratiladi. Gapning hamma
bo'laklari ajratilishi mumkin. Qaysi gap b o ‘lagining s o ‘rog‘iga javob
bo ‘Isa, ajratilgan bo ‘lak о ‘sha gap bo ‘lagining nomi bilan yuritiladi.
515
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘ylang: M a’nosini izohlash orqali gap bo‘laklarini ajratishning fikr
ifodalash uchun qanday ahamiyati borligini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |