ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek,
ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan
talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash
tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash
jarayonining qatnashchisi»2.
Uzluksiz ta ’lim tizimi - yagona ta’lim tizimi, ta’limni
shaxs
ijodiy
imkoniyatlarining muntazam rivojlanishini
ta’minlovchi bir umrlik jarayon sifatida talqin etiladi va uning
m a’naviy dunyosini har tomonlama boyitadi. Tizim shaxsning
2
Barkamol avlod - O ’zbekiston taraqqiyotining poydevori. K adrlar
tayyorlash Milliy dasturi. «Sharq» nashriyoti, Toshkent, 1 9 9 7 ,42-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
rivojlanish jarayonini, «pillapoya» tarzida uning qaror
topishining imkonini beradi, «pillapoya»ning har bir pog‘onasi
insonning o‘z ta’lim jarayonida yanada yuqori darajada
erishishga tomon tadrijiy harakatini anglatadi.