fjtimoiylashuv jarayonida shaxs faoliyatini yunaltirib turadigan
va real vaziyatlarga nisbatan turg‘un, barqaror motivlar majmuiga
ega b o ‘lishlik shaxsning yo'nalganligi deb aíaladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yo‘nalganlikning eng muhim tarkibiy qismlarini quyidagilar tashkil
etadi:
Quyidagi 13-rasmda shaxs yo‘nalishlarining sxematik ko‘rinishi
bayon etilgan.
13-rasm. Shaxsning yo‘nalishlarining eng muhim tarkibiy qismlari
M as’uliyat. Bu ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning etukligini
belgilovchi muhim ko‘rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda G ‘arb va
rus psixologiyasida nazorat lokusi nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya)
keng tarqaldiki, unga ko‘ra, har bir insonda ikki tipli mas’uliyat
kuzatiladi.
Birinchi tipli m as’uliyat shundayki, shaxs o ‘zining hayotida ro‘y
berayotgan barcha hodisalaming sababchisi, mas’uli sifatida faqat o‘zini
tan oladi. („M en o ‘zim barcha narsalarga mas’ulman. Mening hayotim
va yutuqlarim faqat o‘zimga bog'liq, shuning uchun o‘zim uchun
ham, oilam uchun ham o ‘zim javob beram an“ ).
Mas’uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro‘y bergan
va beradigan voqea, hodisalaming sababchisi tashqi omillar, boshqa
odamlar (ota-ona, o ‘qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar
va boshqalar).
Maqsadlar va ideallar. Maqsad va rejasiz inson — m a’naviyatsiz
pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o‘zining anglanganligi va shaxs real
imkoniyatlariga bog‘liqligi bilan xarakteralanadi. Ulam ing shakllanishi
va ongda o ‘mashishida m a’lum ma’noda ideallar ham roi o‘ynaydi.
Ideallar — shaxsning hozirgi real im k o n iy atlari chegarasidan
tashqaridagi orzu-umidlari bo‘lib, ongda mavjudligi va har doim ham
amalga oshmasligi bilan xarakterlanadi. Chunki ulaming paydo bo‘lishiga
sabab bevosita tashqi muhit bo‘Iib, o‘sha ideallar ob’ekti bilan shaxs
imkoniyatlari o ‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. M asalan, o‘smiming
ideali otasi, u otasiday mashhur va el suygan yozuvchi bo‘Imoqchi.
Bu orzuga yaqin kelajakda erishib bo'lmaydi, leldn aynan ana shunday
www.ziyouz.com kutubxonasi
ideallar odam ga maqsadlar qo‘yib, unga erishish yo‘lidagi qiyin-
chiliklami yengishga irodani safarbar qilishga yordam beradi.
Qiziqishlar va e ’tiqod. Qiziqishlar ham anglangan motivlardan
bo‘lib, ular shaxsni atrofida ro‘y berayotgan barcha hodisalar, olamlar,
ulaming o ‘zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to ‘plash,
ulami o‘rganishga imkon beruvchi omildir. Qiziqishlar mazmunan
keng yoki tor, m aqsad jihatidan professional, bevosita yoki bilvosita
bo‘lishi, vaqt tom ondan barqaror, doimiy yoki vaqtinchalik boiishi
mumkin. qiziqishlam ing eng muhim tom oni shundaki, ular shaxs
dunyoqarashi va e ’tiqodini shakllantirishga asos bo‘ladi. Chunki e’tiqod
shaxsning shunday ongli yo‘nalishiki, u insonga o ‘z qarashlari,
prinsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq
doimo e’tiqodli insonlam i hurmat qiladi. E’tiqodning predmeti turlicha
bo‘lishi m um -kin — Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy
normalarga, oilaga, go‘zallikka va shunga o ‘xshash.
Insonning insonligi, uning jamiyatdagi mavqei va nufuzi m a iu m
m a’noda undagi e ’tiqodlilik darajasi bilan belgilanadi. Ayrim insonlar
butun umri m obaynida faqat bitta narsaga e ’tiqod qiladilar. Masalan,
Mir Alisher N avoiyning butun hayoti xalqqa va millatga fidoiylikning
namunasi sifatida, turkiy xalqlar adabiyotiga asos solishga bag'ish-
langanligi, Im om Buxoriy, Ibn Sino singan buyuk allomalaming turli
tazyiqlarga qaram ay ilm va ijod yo‘lidagi qat’iyatlari, erishgan yutuqlari
e’tiqodlilikning yorqin namunasidir.
Demak, agar insonda biror narsaga e’tiqod shakllangan b o isa,
undan yaxshi inson b o iib , odamlarga nafi tegishiga umid qilish mumkin.
Lekin e ’tiqodsizlikdan qo‘rqish kerak. Agar atrofimizda biror bir
narsaga aniq ishonmaydigan, maqsad-maslagi yo‘q kishini ko‘rsangiz,
unga yordam b e rish y o iin i izlash kerak, chunki bu odam dagi
e ’tiqodsizlik nafaqat uning o‘ziga, balki atrofdagilarga ham faqat salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. E ’tiqodli inson aw alo o ‘zgalarga ziyon keltiruvchi
amallardan o ‘zini tiyadi, yolg‘on gapirmaydi. Unda har doim o lafz
b o ia d i, ya’ni b ir nrasani qilaman, deb ahd qilsa, albatta, butun
kuchi va iqtidorini safarbar qilib, uni bajaradi, boshlagan ishini oxiriga
yetkazadi. E’tiqodli inson nima qilayotganini, nima uchun aynan shu
ishni qilayotganligini ju d a yaxshi anglaydi. Shu tufayli haqiqiy e’tiqodli
inson ilmga intiladi, o ‘z hayotining mazmun-mohiyatini tushunishga
intiladi, go‘zallik yaratish, har tomonlama barkamol bo‘lishga tirishadi,
yaxshilarga oshno b o iish , buyuklikka havas uning hayotiy shioriga
aylanadi. Haqiqiy e ’tiqod sohibida sog‘lom fikr bo‘lib, bu fikr orqali
u in so n iy a tn in g um rboqiyligini idrok etad i, o ‘zidan oilasiga,
178
www.ziyouz.com kutubxonasi
farzandlariga nimadir qoldirib ketishni istab yashaydi. Shuning uchun
ham e ’tiqodlilik — shaxsdagi ju r’at, mardlik, fidoiylik, iroda, vijdon,
qat’iyat, halollik, isnonparvarlik, vatanparvarlik kabi qator ijobiy
sifatlar bilan bog‘liqdir.
Iymon. („Iymon“ arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy m a’nosi „ishon-
chdir“ . Haqiqiy e’tiqodli odam da iymon ham bo‘Iadi.)
Iymon keltirish yoki ishonch shunday psixologik holatki, unda
shaxsning e’tiqodiga mos keladigan, biror konkret narsa va hodisalar
ta ’sirida ongda o‘mashib qoladigan tasavvurlar majmui etakchi rol
o ‘ynaydi. Iymon ob’ekti ko‘pincha shaxs tom onidan chuqur tahlil
qilinmaydi, tekshirilmaydi, chunki unda insoniyat tajribasi, shaxs
e ’tiqod qilgan ijtimoiy guruhning qarashlari mujassam bo‘ladi.
Iymon tushunchasiga faqat diniy tushuncha sifatida qarash to ‘g‘ri
emas. Chunki har kungi faoliyatida insonlarga nafi tegadigan amallar,
savob ishlar qilish, solih xulq sohibi bo‘Iish, oilasi, yaqinlariga m ehr-
muhabatini ayamaslik, jamiyatdagi xulq normalarini qalban his qilib,
ulami buzmaslikka intilish ham iymondan ekanligini unutmaslik kerak.
Agar bola yoshlikdan go‘zal xulqlarga ergashsa, m usulm onchilik
odatlari, xushxulqlilik tamoyillarini o‘zlashtirib borishga ruhan tayyor
bo‘lsa, uni iymonli bo‘lib tarbiya topayapti, deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |