‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/102
Sana29.08.2021
Hajmi6,78 Mb.
#159085
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   102
Bog'liq
Psixologiya (B.Umarov)

faoliyatningsubyekti bo‘Imish  individdir.  Shaxsga taalluqli b o ‘lgan  eng 
muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy  m unosabat-
www.ziyouz.com kutubxonasi


larga  bevosita  aloqadorlik,  ijtimoiy  faoliyatga  nisbatan  ham  ob’ekt, 
ham   subyekt b o ‘lishligidir.
Shaxsga  taalluqli  b o lg a n   fazilatlardan  eng  muhimi  shuki,  u  shu 
tashqi,  ijtimoiy ta’sirlami o‘z ongi va idroki hilan qabul qilib (ob’ekt- 
ni), so‘ngra shu ta ’sirlaming subyekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Oddiy 
qilib  aytganda,  inson  bolasi  ilk  yoshlikdanoq  „mening  hayotim “ , 
„bizning  dunyo“  degan  ijtimoiy muhitga tushadi.  Bu muhit  o‘sha biz 
bilgan  va  har  kuni  his  qiladigan  siyosat,  huquq,  axloq  olamidir.  Bu 
muhit  —  kelishuvlar,  tortishuvlar,  hamkorliklar,  an’analar,  udumlar, 
turli xil tillar olami bo‘lib,  undagi ko‘plab qoidalarga ko'pchilik mutloq 
qo‘shiladi, ba’zilar qisman qo‘shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar 
o la m ik i,  ularga  b o ‘ysunm aslik  jam iyat  tom onidan  q o ralanadi, 
ta ’qiblanadi.  Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki,  shaxsjamiyatga 
nisbatan  barcha  tartib-qoidalarni  qabul  qiluvchi  subyekt  bo‘lsa, j a ­
m iyat  —  ijtimoiy  intizom  va  tartibning,  madaniyatning  mufassai 
k o 4rinishidir.
Shaxs  ijtimoiy  xulqiga  turli  tashqi  kuchlar  ta’sir  qiladi:  siyosiy, 
mafkuraviy,  iqtisodiy,  m a’naviy,  axloqiy va boshqalar.  Bu  ta ’sirotlar 
m ohiyatan, aslida jam iyat a’zolari bo‘lmish shaxslar o‘rtasidagi o ’zaro 
m unosabatlam ing ayrim  alohida yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Shunday  qilib,  shaxs  turli  ijtimoiy  munosabatlar  tizimi  ta’sirida 
b o ‘ladi  va  ko‘plab  ijtimoiy  institutlar  (oila,  mahalla,  o ‘quv  maskan- 
lari,  m ehnat  kollektivlari,  norasmiy  tashkilotlar,  din,  san’at,  mada- 
niyat va boshq.) bilan bog‘liq bo‘ladi.  Masalan, shaxsdagi turli g‘oyalar, 
fikrlar va mafkura, mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, 
ular  bevosita  oila,  bog‘cha,  maktab,  boshqa  o‘quv  va  tarbiya  muas- 
sasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta’sir uning e’tiqodi darajasiga 
ko‘tarilsa,  va unda yana yangidan-yangi fikrlar va g‘oyalaming paydo 
b o ‘lishi,  o ‘sishiga  olib  kelsa,  shaxs  taraqqiyoti  jarayonida  shunday 
faoliyat sohasini tanlaydiki, o ‘z qobiliyatlari, malaka va ko‘nikmalarini 
rivojlantira borib,  ziyoli  sifatida yo  o‘qituvchi,  yoki  vrach,  yoki  o!im, 
kashfiyotchi,  m uhandis  bo‘lib,  elu  yurtiga  xizmat  qiladi.
Iq tiso d iy   m u n o sab atlar  ham   shaxs  ongi  va  un ing  insoniy 
xususiyatlari  shakllanishida  katta  rol  o ‘ynaydi.  Masalan,  bosqichma- 
bosqich  bozor  m unosabatlariga  o ‘tayotgan  0 ‘zbekiston  sharoitini 
oladigan  b o ‘lsak,  yangicha  iqtisodiy  o‘zgarishlar,  bozor,  raqobat, 
legalizasiya va  shunga  o‘xshash  yangiliklar  har bir shaxsning  moddiy 
boyliklar  va  ularga  bo'lgan  shaxsiy  munosabatlarida  aks  etib,  uning 
iqtisodiy  ongi,  tafakkuri  va  iqtisodiy  xulqi  normalarini  belgilaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ijtim oiy  norma  —  shaxs  h a y o tid a   shunday  k ategoriyaki,  u 
jamiyatning  o ‘z  a ’zolari  xulq-atvoriga  nisbatan  ishlab  chiqqan  va 
ko‘pchilik  tom onidan  e’tirof etilgan  harakatlar talablaridir.  M asalan, 
o‘zbeklar uchun  biror xonaga kirib  kelgan  insonning  kirn bo‘lishidan 
qat’iy nazar,  „Assalomu alaykum “ deb kelishi — norma; o'quvchining 
o‘qituvchi bergan topshiriqlami bajarishi lozimligi — norma; xotinning 
er hurmatini o ‘miga qo‘yishi,  qaynonaga gap qaytarmaslik —  norm a; 
avtobusda  yoki  boshqa  jam oat  transportida  kichikning  kattalarga, 
nogironlarga  o ‘rin  bo‘shatishi  —  norm a,  va  hakozo.  Bu  norm alam i 
ayrim - alohida odam ishlab chiqmaydi,  ular bir kun yoki bir vaziyatda 
ham  ishlab  chiqilmaydi.  U lam ing  paydo  bo‘Iishi  ijtimoiy  tajriba, 
hayotiy vaziyatlarda ko‘pchilik tom onidan e ’tirof etilganligi fakti bilan 
xarakterlanadi,  har bir jamiyat,  davr,  millat  va  ijtimoiy  guruh  psixo- 
logiyada muhrlanadi.
Ijtimoiy  normalaming  u  yoki  bu  davrda,  u  yoki  bu  toifa  vakili 
bo‘lmish  shaxs  tomonidan  qay  darajada  bajarilishi  yoki  unga  am al 
qilinayotganligi  ijtimoiy  sanksiyalar  orqali  nazorat  qilinadi.  Ijtimoiy 

Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish