Maydonni doim ko‘rinadigan holga keltirish
Maydonlari ko‘p jadvallar bilan ishlash (ma’lumot kiritish, tahrirlash va h.k.) jarayonida bir maydondan ikkinchi maydonga o'tishda maydonlar ekxandan yo'qolib boradi va ma’lum qiy- inchiliklar tu g ‘iladi. Masalan, biror talabaga tegishli ma’lumotlarni kiritish jarayonida talaba familiyasi ko'rsatilgan maydon ekrandan yo'qoladi va siz bir zumda qaysi talaba haqida ma’lumot kiritayot- ganingizni unutib qo'ylshingiz tabiiydir. Siz yana orqaga qaytib, talabaning familiyasini ko'rib olasiz va ortiqcha vaqt yo'qotasiz. Bu jarayon bir necha bor takrorlansa, asabingizga tegadi. Bu vaziyat- dan chiqish uchun Access da ayrim maydonlarni doimo ekranda ko'rinib turadigan qilish imkoniyati kiritilgan (yodingizda bo'lsa, bu Excel da ham bor edi). Siz, masalan, 3.20-rasmda «F_I_Sh» nomli maydonni ekranda doimo ko'rinadigan qilmoqchisiz. Buning uchun quyidagi ishlarni bajaring:
«F_I_Sh» nomli maydonni belgilang.
Menyu satridan Format => Закрепить столбцы ni tanlang.
Natijada, siz tanlagan maydon birinchi ustun bo'ladi va doim ekranda ko'rinib turadi. Bu holatdan chiqish uchun menyu satridan Format => Освободить все столбцы ni tanlang. Bir paytda bir nechta maydonlarni ham ekranda doimo ko'rinib turadigan qilish
- 70 -
M A’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH SISTEMASI (ACCESS W IND O W S-9 X/2000 UCHUN)
mumkin. Maydonni o‘z joyiga qaytarish uchun yuqoridagi usullar- dan birini tanlang.
Jadval maydonlarida foydalaniladigan ma’lumotlar
Maydonda foydalaniladigan ma’lumotlarning turini tanlashda quyidagilarni e ’tiborga olish zarur:
Maydonda qanday qiymatlar aks ettirilishi kerak? Masalan, maydonga berilgan ma’lumotlar turi raqamli bo'lsa, unga matn kiritish mumkin emas.
Maydonda qiymatlarni saqlash uchun qancha joy kerak?
Maydonda qiymatlar ustida qanday amallar bajarilishi kerak. Masalan, sonli va pul formatlari berilgan maydonlarda qiymatlarni qo'shish mumkin, lekin OLE obyektlari va matnli maydonlarda mumkin emas.
Maydonni indekslash yoki saralash kerakmi? MEMO may- donlarini saralash va indekslash mumkin emas, xuddi shuningdek, OLE obyektlari va gipermurojaatlar uchun ham mumkin emas.
So‘rov yoki hisobotlardagi yozuvlarni guruhlashda may- donlardan foydalanish zarurmi? Yozuvlarni guruhlashda MEMO maydonlari, OLE obyektlari va gipermurojaatlardan foydalanish mumkin emas.
Maydondagi qiymatlar qay tartibda saralanishi kerak? Matnli maydonlardagi sonlar sonli qiymatlar sifatida emas, balki sonli qa- torlar sifatida saralanadi (1, 10, 100, 2, 20, 200 va h.k.). Sonlarni sonli qiymatlar sifatida saralash uchun sonli yoki pul formatli may- donlardan foydalaning. Shuningdek, matn maydonlariga kiritilgan ko'pgina sana formatlarini kerakli darajada saralash mumkin emas. Saralashni amalga oshirish uchun «Дата/время» turidagi maydon- dan foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |