Ўзбек тилини изоҳли луғати 5-том 249 бет Tillar tasnifi


Tillarning geneologik tasnifi



Download 18,51 Kb.
bet2/2
Sana23.07.2022
Hajmi18,51 Kb.
#845576
1   2
Bog'liq
qarindosh tillar

Tillarning geneologik tasnifi
Geneologik tasnif tilshunoslikda tillarni tarixiy-qiyosiy usul bilan tekshirishning mahsuli bo`lib maydonga keldi. Bu tasnifga ko`ra, tillar bir umumiy manbadan kelib chiqqanligi, materiali (so`z, undagi tovushlar, o`zak va qo`shimchalar) jihatidan yaqinligi, o`xshashligiga asoslanib guruhlarga ajratiladi. Bir umumiy manbadan kelib chiqqan tillar qarindosh tillar oilasini tashkil qiladi.
Tillar oilasi qarindosh tillarning juda yirik guruhi hisoblanadi. Tilshunoslik tomonidan tekshirib aniqlangan til oilalari quyidagilardan iborat: 1) hind-evropa tillari; 2) semit tillar; 3) xamit tillar; 4) dravid tillari; 5) ugor-fin tillari; 6) xitoy-tibet tillari; 7) iberiy-kavkaz tillari; 8) oltoy tillari; 9) avstroneziya tillari; 10) yapon tili; 11) koreys tili va boshqalar.
Bular o`z navbatida yana shaxobchalarga bo`linadi.
Masalan, eng yirik tillar oilasi sanalmish hind-evropa tillar oilasi quyidagi tillar guruhlariga ajratiladi:
1. Hind tillari. 2. Eron tillari. 3. German tillari. 4. Roman tillari. 5. Slavyan tillari. 6. Kelt tillari. 7. Boltiq tillari. 8. Grek tili.
9. Alban tili. 10. Arman tili.
1. Hind tillariga qadimiy hind, yoki sanskrit tili (o`lik til), o`rta hind tili, hozirgi hind tillari (panjob tili, gujarat tili, bengal tili) kiradi.
2.Eron tillariga tojik tili, afg`on (yoki pushtu) tili, osetin tili, kurd tili, so`g`d tili (o`lik til), qadimgi fors tili, o`rta fors (yoki pahlaviy) tili, yangi fors tili kiradi.
3. German tillariga got tili (o`lik til), shved, daniya, norveg, island tillari (shimoliy german tillari), ingliz, nemis, golland, flamand, friz tillari (g`arbiy german tillari) kiradi.
4. Roman tillariga italyan, frantsuz, ispan, portugal, rumin, moldavan, provansal, katalan, sardiniya tillari kiradi. Roman tillari tarixan lotin tilidan kelib chiqqan. Bundan ikki ming yilcha oldin jonli til bo`lgan lotin tili hozir o`lik tilga aylangan.
5. Slavyan tillariga rus, belorus, ukrain tillari (sharqiy slavyan tillari), polyak, slovak, chex, lujik tillari (g`arbiy slavyan tillari), bolgar, makedon, serb, xorvat, sloven tillari (janubiy slavyan tillari) kiradi.
6. Kelt tillariga irland, shotland, ueylz, breton tillari kiradi.
7. Boltiq tillariga qadimgi prus tili (o`lik til), litva tili, latish tili, latgal tili kiradi.
Grek, alban, arman tillari biror guruhga kiritilmaydi, ularning har biri yakka-yakka holda olinadi.
O`zbek tili oltoy tillar oilasiga mansub bo`lib, uning turkiy tillar guruhiga kiradi. Oltoy tillar oilasi quyidagi tillar guruhlariga bo`linadi:
1. Turkiy tillar. 2. Mo`g`ul tillari. 3. Tungus-manchjur tillari.
Turkiy tillar oltoy tillar oilasining ko`p sonli va rang-barang guruhidir. Turkiy tillar ikki guruhga ajratiladi: 1) g`arbiy turkiy tillari; 2) sharqiy turkiy tillari.
G`arbiy turkiy tillari tarmog`i o`z navbatida yana to`rt guruhga bo`linadi: a) bulg`or tillari (chuvash tili), b) o`g`uz tillari (gagauz, turkman, turk, ozarbayjon tillari), v) qipchoq tillari (tatar, boshqird, qumiq, no`g`ay, qoraqalpoq, qozoq tillari), g) qorluq tillari (o`zbek, uyg`ur tillari).
Sharqiy turkiy tillari tarmog`i ikki guruhga bo`linadi: a) uyg`ur-to`kyuy tillari (tuva, yoqut, shor, xakas tillari), b) qirg`iz-qipchoq tillari (qirg`iz, oltoy tillari).
Mo`g`ul tillariga mo`g`ul, buryat, qalmiq tillari (shimoliy mo`g`ul tillari guruhi), dagur, dunsyan, mengir tillari (janubiy-sharqiy mo`g`ul tillari guruhi) kiradi.
Tungus-manchjur tillariga evenk, even, negidal tillari (tungus guruhi) va manchjur, nanay, udegey, ulch, oroch tillari (manchjur guruhi) kiradi.
Download 18,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish