Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti talabasi Shoniyeva Oyjamol G’ayrat qizi.
"Òzbek tilida jins tushunchasi "
Annotatsiya : Ushbu maqolada òzbek tilida jins tushunchasi mavjudmi, va u haqida qaysi olimlar fikr muloxazalar aytishgani keltirib òtiladi. Aniq javobi hali aytilmagan muammolar sirasiga jins tushunchasi ham kiradimi? Shu xususida òz fikrlarimizni atroflicha yoritib beramiz.
Kalit so’zlar :jins, qòshimcha, mohiyat, leksema, òzlashgan qatlam, mazmun, òz qatlam, vazifa.
.
.
Kirish : Òzbek tilida jins tushunchasi mavjudmi degan savolga hali hech kim tòliq javob bermadi. Aslida ham o'zbek tilida jins tushunchasi mavjudmi? Agar mavjud bòlsa u qaysi morfema va leksemalarda namoyon bòladi. Bu hodisa òzlashgan qatlamda kechadimi , yoki sof òzbek sòzlarda? Aslida har bir tilda jins mavjud. Biroq bazi bir tillarda bu katigoriya uchun leksemalar juda kam, va shuning evaziga jins tushunchasi u qadar sezilmaydi. Bugungacha filolog olimlar turli fikrlarni berishgan.
Asosiy qism: Biz bilgan arab, ingliz, rus tillarida jins tushunchasi yaqqol sezilib turadi. Buni taxlil qilish shart emas, negaki aniq bir qoida mavjud . Òzbek tiliga ham asosan sòzlar arab tilidan, bir muddat òtib rus tilidan òzlashdi. Birida mavjud bòlgan birida esa yòq deb qaraladigan qoida haqida nima deb xulosa qilindi? u sòzlar òz xolicha òtib boshqa bir tilda yangi bir katigoriya paydo qilaoldimi? yoki azaldan bizda bòlgan tushunchani kòproq sezilarli qildimi?
"Gender milliy dunyoqarashning kòrinishi sifatida "( Abdusamotova N. Ergashova G.) I.I. Xaleevaga kòra " Jamoatchilik ongining jins ròllari tushunchasi qadimgi Xitoy falsafasi va uning asosiy tushunchalari "yan " "in "dan boshlanadi. Bularda yoruģlik va qoronģulik, salqin va quyoshli, bulutli va quyoshli ob-havo qiyosi ayollik va erkaklikning ibtidosiga qaratilgan.
"Jinsni ifodalovchi ayrim affikslar xususida "( Yodgorov X. Dotsent. Guliston DU) Òzbek tilida jins tushunchasi ifodalanishi uzoq òtmishga borib taqaladi. Buni qadimgi Turkiy, eski Turkiy til materiallari misolida kòrish mumkin. Nafaqat òzbek tilida, balki dunyoning barcha tillarida jins tushunchasi lisoniy ifoda etiladi. Faqat ularning ifodalanish usullarida hamda ushbu usullarning u yoki bu tilda qay darajada aks etishida farqlanishlar mavjud xolos. Òzbek tilida jins ifodalanishining grammatik, sintaktik va leksik usullari qayd etiladi. Ayrim òrinlarda jinsni ifodalashda bu usullaring qorishiq shakllarini ham kòrish mumkin. Òzbek tilining luģat boyligida "quda " "qudaģay "leksemalari mavjud bòlib, ular tilda qarindoshlikni ifodalashga xizmat qiladi. Har ikki leksemaga "o'zbek tilining izohli luģati" (1981) shunday izoh berilgan 1: Quda - kelin va kuyovning ota-onalari bir biriga nisbatan. ( E bòlmaģur gapni qòying quda!- deb ģudrandi otam. ) 2: Qudaģay- xotin quda ( Qiz bilan yigitni kòrgan qudaģaylar gap-sòz chuvalashmasligi uchun, tez orada unashib qòyishga erkaklarni qistay boshladilar.) Mazkur leksemalarning izohidan ma'lum bo'lmoqdaki erkak jinsiga nisbatan "quda " ayol jinsiga nisbatan "qudaģay " terminlari ishlatib kelinmoqda. Aytish mumkunki "quda "leksemasi tub "qudaģay " leksemasi yasama. Uning tarkibida-ģay sòz yasovchi affiksi ishtirok etmoqda. Mazkur affiks yangi sòz ifodalab qolmay jinsni ham ajratishga yordam bermoqda. Ushbu affiks qipchoq lahjasida -giy tarzda qòllaniladi. Hozirda bu qòshimcha kammahsul qòshimcha hisoblanadi, shu bilan birga jinsni ifodalovchi affiks sifatida qaraladi." Bizda leksemalarga nisbatan affikslar kòproq jins ajratishga yordam beradi. Hususan Azamat Òrolov "Òzbek tili va adabiyoti jurnalida " ( 2016-yil 2-sonida ) shunday izoh beradi. "Oy" affiksi jins ajratish xususiyatiga ham ega ya'ni faqatgina qizlar ismiga qòshilib keladi. Lekin tarixda sòz ham yasagan ( Oybek, Oyjamol.) Yoki bòlmasa "xon "morfemasi "oy "morfemasidan farqli òlaroq "xon "morfemasi jins ajratishga xizmat qilmaydi. "Oy"morfemasi faqat qizlar ismiga qòshilsa ( Dilbaroy, Barnooy, Gòzaloy) "xon "morfemasi har ikkala jins ismlariga qòshiladi ( Tursunxon, Turdixon. ) "jon" morfemasi turli jins vakillari orasida ommalashgan ( Murodjon, Norjon, Jonmurod. ) "oy, gul" affikslari qizlar ismiga "bek, boy, toy" morfemalari yigitlar ismiga qòshib aytilsa, "jon, xon "har ikkala jins vakillariga qòllaniladi.
Jins tushunchasi turli LMG orqali ifodalanishiga nazar tashlasak.
Shaxs otlari LMG tarkibida.
Xotin - erkak
Buvi - bobo
Ota - ona
Amma - amaki
Xola - toģa
Qiz - òģil
Opa - aka
Singil - uka
Parranda nomlari LMG tarkibida.
Sigir - hòkiz
Tuya - nor
Biya - ayģir
Qattiq - arslon
Parranda nomlari LMG tarkibida
Tovuq - xòroz
Moda - nor
Kòrinish nomlari LMG tarkibida
( Erkaklarga nisbatan )
Kòsa
Baquvvat
Bangi
( Ayollarga nisbatan)
Gòzal
Sohibjamol
Parivash
Hurliqo
Xomilador
Sunbul
Gul
Lola
Nargiz
Arab tilidan òzlashgan sòzlar
Shoir - shoira
Olim - olima
Kotib - kotiba
Muallim - muallima
Xakim - xakima
Adib - adiba
Raqqos - raqqosa
Nutqimizda kòp uchraydigan sòzlar
Qirol - qirolicha
Shahzoda - malika
Kelin - kuyov
Yanga - pochcha
Qaynona - qaynota
- Gay sòz yasovchi affiksi Turkiy va Muģul tillarida uchun umumiy bòlib ayol jinsini ifodalashga xizmat qiladi. - Oģa singilga nisbatan qòllaniladi ( Qashqadaryo: Shahrisabz) Yokida bòlmasa "Opoqi" sòzini misol qilib oladigan bòlsak bu sòz ayrim shevalarda ayol jinsiga nisbatan va ayrim shevalarda erkak jinsiga nisbatan qòllaniladi. "Devonu luģatit turk" da shunday yoziladi. Jinju - kanizaklarga nisbatan ishlatiladi. - Jurch xotinning ukasi. Erning aka-ukasi bilan xotinning aka - ukasini farq qilib shunday deyiladi. Erning kichik ukasiga - ini deyiladi , yoshi katta bòlsa - ichi deyiladi. Xotinning òzidan kichik qiz birodariga - baldiz deyilib , òzidan kattasiga - aka deyiladi. Yuqoridagi malumotlarga tayangan holda aytishimiz mumkinki òzbek tilida jins tushunchasi mavjud, keling sòzimizni izohlaymiz.
Sigir - xòkiz so'zlari sof òzbekcha sòz hisoblanadi. Ammo jins tushunchasi òzlashgan sòzlarda ko'proq uchraydi, shuning evaziga ham òzbek tilida jins tushunchasi yòq deb qaraladi ba'zi òrinlara. Tillar agglyutinativ va flektiv tillarga bòlinadi. Turkiy tillar xususan òzbek tili ham agglyutinativ tillar oilasiga mansub. Flektiv tillarda jins yaqqol namoyon bòladi. Bu ham ikki turli tilning bir biridan farqlash uchun xizmat qiladi. Flektiv tillarda olmoshlar ham jins ajratish uchun katta xizmat qiladi. Masalan ingliz tilini oladigan bòlsak bu tilda kòrsatish olmoshi jins katigoriyasini yaqqol Barchaga tushinarli tarzda namoyon qiladi.
He - u ( erkak jinsiga nisbatan)
She - u ( ayol jinsiga nisbatan) U - ( har ikkala jins vakillariga )
It - u ( narsa buyumga nisbatan)
Do'stlaringiz bilan baham: |