(3-kurs, 6-semestr)
Kirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to’g’risidagi farmonida o’zligimiz asosi bo’lgan ma’naviy merosimiz ildizlarini chuqurroq o’rganish adabiyotshunos va tilshunos olimlarimiz oldida turgan muhim ishlardan biri ekani ta’kidlangan. Shunga ko’ra, o’zbek mumtoz adabiyoti namunalarini asliyat asosida o’rganish, talabalarni qadim adabiy manbalardan har tomonlama xabardor mutaxassis sifatida tayyorlash universitet ta’lim-tarbiya tizimida madaniy-ma’rifiy saviyaningoshishiga sabab bo’ladi. Qadim adabiy manbalarni qo’lyozma nusxalar asosida nashr etish, ularning mukammal ilmiy izohlar,ko’rsatkichlar bilan ta’minlangan tanqidiy matnini tayyorlash, adabiy manbashunoslik va matnshunoslik yo’nalishida yangi ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish har qachongidan ham dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi. Fondlarda mavjud qo’lyozma va toshbosma matnlarni o’qish va tadqiq etish malakasiga ega bo’lish bo’lajak filologlar uchun muhim vazifadir.
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi – muayyan malakaga ega matnshunos mutaxassislar tayyorlash, talabalarda “Matnshunoslik” fani bo’yicha etarli bilim, malaka va ko’nikma hosil qilish, ularni qadimiy merosimizga hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda kelajakda ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishlari uchun zamin hozirlashdan iborat.
“Matnshunoslik” fanining vazifalari – talabalarda shu fanning asosiy masalalari, mavzulari, xulosalari, umumlashmalari haqida tasavvur tug’dirish, eski o’zbek yozuvidagi manbalarni o’qish, uqish, tahlil va talqin qilishga o’rgatish. qadimiy matn adabiy-badiiy asar tahliliga o’rgatishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va
malakalariga qo’yiladigan talablar
“Matnshunoslik” fani bo’yicha talaba matnshunoslikda va tilshunoslikdagi matn tushunchasining farqi, arab yozuvi tarixi, matnshunoslikning dolzarb muammolari, tabdil,transkripsiya, transliteratsiya, mumtoz matnlarni tushunishda lug’at ilmining o’rni haqida tasavvurga ega bo’lishi, eski o’zbeek yozuvini, qo’lyozma kitobda unvonning ahamiyatini, mumtoz matnda ilmiy ko’rsatkich imkoniyatini, qo’lyozma turlarini, katologlardagi ilmiy tavsif tuzilishini bilishi va ulardan foydalana olishi, nasta’liq xatidagi toshbosma va qo’lyozma kitoblarni o’qiy olish, XX asr boshi isloh qilingan alifboni o’qib tushunish, nazmni nasriy bayon qilish, mumtoz matnni muxtasar va to’la sharhlash, adabiy manbani tasniflash ko’nikmalariga ega bo’lishikerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |