Ilova Reyting nazoratlari va baholash meezonlari Reyting nazorati jadvali
№
Reyting nazorati shakliG’Maksimal ballari
1-JB
2-JB
ON
YaN
Ballar yig’indisi
1
Maksimal ball
20
20
30
30
100
2
Shakli
Og’zaki
Og’zaki
Yozma
Yozma
3
Muddati (haftalarda)
12
17
15
20
Joriy nazoratni baholash mezonlari Joriy nazorat bir semestrda 2 marta og’zaki tarzda o’tkazilish ko’zda tutilgan. Har bir joriy nazorat uchun maksimal 20 ball qo’yiladi. Jami 40 balni tashkil etadi.
1) 35-40 ball olishning tartibi quyidagicha:
Talaba ko’zda tutilgan 2 joriy nazoratning barchasiga qatnashsa.
Talaba o’z vaqtida mustaqil ta’limda o’zlashtirishi kerak bo’lgan adabiyotlarni topshirsa.
Ko’zda tutilgan barcha amaliy mashg’ulotlarda berilgan savollarga batafsil, to’liq javob bersa.
Talaba berilgan adabiyotlarni o’zlashtirishda va amaliy mashg’ulotlardagi savollarga javob berishda shaxsiy fikr va mulohazalarga ega bo’lsa.
2) 28-34 ball olishning tartibi quyidagicha:
Talaba ko’zda tutilgan 2 joriy nazoratning barchasiga qatnashsa.
To’rt joriy nazorat savollarining ayrimlariga etarlicha javob bersa.
Talaba o’z vaqtida mustaqil ta’limda o’zlashtirishi kerak bo’lgan adabiyotdan 3 tasini topshirsa.
Ko’zda tutilgan barcha amaliy mashg’ulotlarda berilgan savollarga etarlicha javob bersa.
Talaba berilgan adabiyotlarni o’zlashtirishda va amaliy mashg’ulotlardagi savollarga javob berishda faol ishtirok etsa.
3) 22-27 ball olishning tartibi quyidagicha:
Talaba ko’zda tutilgan 2 joriy nazoratning bittasiga qatnashsa.
Uch joriy nazorat savollarining ayrimlariga qisman javob bersa.
Talaba o’z vaqtida mustaqil ta’limda o’zlashtirishi kerak bo’lgan adabiyotlarni qisman topshirsa.
Ko’zda tutilgan barcha amaliy mashg’ulotlarda berilgan savollarning ayrimlarigagina javob bersa.
Talaba berilgan adabiyotlarni o’zlashtirishda va amaliy mashg’ulotlardagi savollarga javob berishda etarlicha ishtirok etmasa.
Ko’zda tutilgan 2 joriy nazorat topshiriqlaridan o’z vaqtida 1 tasini topshirmasa.
4)Quyidagi hollarda talabaning joriy nazorati 0-21 ball bilan baholanishi mumkin: - qo’yilgan masala haqida tasavvurning mavjudligi;
- savollarga javob yozish hamda referat mavzusini yoritishda ilmiy-nazariy qoidalarga rioya qilmaslik;
- berilgan matnni tahlil qila olmaslik;
- fikrning nazariy adabiyotlar yordamida etarlicha asoslanmaganligi;
- tizimli yondashuv va uzviylik tamoyillariga amal qilinmaganligi;
- ishda imloviy, uslubiy, punktuatsion xatolarga yo’l qo’yish (yozma bo’lganda);
- og’zaki bayonda ravonlikning yo’qligi(og’zaki bo’lganda);
- xulosalarda yondashuvning yuzaki ekanligi.