Mustaqil ta’lim mavzulari Turkistonda matbaachilik tarixi tarixi.
Xiva xonligidagi kutubxonalar.
Jadidlarning matnshunoslik faoliyati.
Matnshunoslik muammolari.
Glossariylar Piktografik yozuv – o’z ramziy timsoliga ega har bir so’zning predmetni to’g’ridan-to’g’ri rasm orqali ko’rsatishi.
Ideografik yozuv – so’zning ma’nosining tushuncha orqali ifodalanishi. Ieroglifik yozuv – logografik yozuvning rivojlangan, mukammal ko’rinishi.
Litografiya (toshbosma) – yassi chop etish, ya’ni matn oldindan qog’oz varag’iga bitilgan va tosh shaklga teskarisi tushirilgan aksdan nusxa ko’chirish usuli. Toshbosma usulda dastlabki, asosiy ishni xattot bajargan. Xattot bosiladigan kitobning matnini maxsus qog’ozga ko’chirgan. Bu qog’ozdagi matn tosh qolip sirtiga o’tkazilgan va unga kimyoviy ishlov berilgan. So’ngra ana shu tosh qoliplardan nusxalar olingan. Xattot toshbosmaga matn ko’chirganda asosan nasta’liq xatidan foydalangan.
Mixbosma (tipografik) – mix shaklidagi metall harflarni qo’lda terish orqali kitob bosilishi. Bunda arab yozuvining nasx yozuvidan keng foydalanilgan.
Epitafiya – qabrtoshga yozilgan bitik (adabiyotda to’plamdan joy olgan mo’’jaz she’r).
NAZORAT SAVOLLARI Matbaachilik deganda nimani tushunasiz?
Toshbosma kitob jarayonida kotib ishtirok qiladimi?
Jadidlarning matnshunoslaridan kimlarni bilasiz?
Matnshunoslik muammolari nimalardan iborat?
TEST SAVOLLARI 1. Ifoda yo’llari haqidagi ilm:
a) bayon ilmi;
b) so’z yasalishi haqidagi ilm;
v) she’r vaznlari haqidagi ilm;
g) misralarni hamohang tugatish haqidagi ilm.
2. “Sirojul muslimin” kimning asari:
a) Bobur;
b) Fuzuliy;
v) Navoiy;
g) Mashrab.
3. Adabiy ilmlar tasnifi A.Rustamiy variantida:
a) 12 ta; b) 10 ta; v) 8 ta; g) 4 ta.
4. Kalom(gap)ning hol talabiga mosligi haqidagi ilm:
a) maoniy; b) sarf; v) naxv; g) derivatsiya.
5.Navoiyning “Erur orifqa ganji fayz etsa” misrasi qaysi janrda
yozilgan:
a) qit’a; b) g’azal; v) tuyuq; g) fard.
6. Tarbiya adabiyotning ... ga xos xususiyat:
a) shakliga;
b) ruhiga;
v) mazmuniga;
g) tiliga.
7. Asarning badiiy saviyasini belgilovchi sabab – bu:
a) tab’i nazm;
b) adabiy ta’lim;
v) qofiyadoshlik;
g) ma’no uyg’unligi.
8. Adab ilmlarining amaliy tarmog’i:
a) furu’;
b) asl;
v) muhozara;
g) rivoyat.