Bog'liq ‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi X.
4.12. Tranzistor teshilishi va uning barqaror ishlash sohasini kengaytirish usullari BTlarda ikki turdagi elektr teshilishlar kuzatiladi: birlamchi va
ikkilamchi.
Birlamchi teshilish odatda tranzistor kuchaytirgich rejimida
ishlaganda kuzatiladi va kollektor-baza yoki kollektor-em itter
kuchlanish ma’lum bo‘sag‘aviy kuchlanishdan ortganda, kollektor
(emitter) tokining keskin ortishi bilan belgilanadi.
Ikkilamchi teshilish tranzistorning impuls yoki kalit rejimida
kuzatiladi va o‘zini kollektor-emitter kuchlanish bir vaqtda keskin
pasayganda kollektor toki keskin oshishi bilan namoyon qiladi. Bunday
teshilish natijasida tranzistor asosidagi elektron kalit boshqarilmaydigan
bo‘lib qoladi va uni bu holatdan chiqarib bo‘lmaydi.
UE ulangan tranzistorning statik chiqish xarakteristikalarida
birlamchi va ikkilamchi teshilish sohalari 4.24-rasmda ko‘rsatilgan.
Birlamchi teshilish sodirbo‘lish mexanizmi va rivojlanishi yetarlicha
sodda. U boshlanishining birinchi sababi, teskari siljitilgan KO‘da
zaryad tashuvchilarning k o ‘chkili k o ‘payishi b ilan b o g ‘liq.
Zaryadlarning ko‘chkili ko‘payishi, kollektorga berilgan teskari
kuchlanish qiymati, bo‘sag‘aviy kuchlanishdan katta b o ‘lganda
boshlanadi. Teshilishning rivojlanishiga kollektoming xususiy toki bilan
emitter toki orasida musbat teskari aloqa mavjudligi yordam beradi.
KO‘da kuchlanish (kollektor zanjiridagi qarshilikda kuchlanish tushishi
natijasida) kam ayishiga qaram asdan kollektor toki (chiqishwww.ziyouz.com
kutubxonasi
xarakteristikalarda manfiy differensial qarshilikli sohalar) ortib boradi.
4.24-rasm. Tranzistorning chiqish xarakteristikalarida birlamchi va
ikkilamchi teshilish sohalari.
UB ulangan sxemani ko‘rib chiqamiz va boshida emitter kirish
uzilgan (/£=0) deb faraz qilamiz. Bu holatda KO‘ izolatsiyalangan
bo‘lib qoladi va uning teshilishi, sharoitiga muvofiq, alohida olingan
teskari siljitilgan p-n o'tishning teshilishiga o‘xshaydi.
p-n o‘tishda zaryad tashuvchilar ko‘payish koeffitsientini M bilan
belgilaymiz. Unda ko‘chkili ko‘payish sharoitida K 0 ‘ xususiy toki
qiymati quyidagicha bo'ladi:
^KB0 ~~ M • IKQ >
bu yerda: lKH — berilgan UKH kuchlanishda zaryad tashuvchilaming
faqat termik generatsiyasi va ekstraksiyasi bilan belgilangan xususiy
toki qiymati.
Elektr teshilish lKg-+oo ni bildiradi. Demak, elektr teshilishi UKB ning shunday qiymatida yuzaga keladiki, unda M >00. Ushbu qiymatni
UKm deb belgilaymiz.
Ko'payish koeffitsienti M ning 0‘tishdagi kuchlanishga bog‘liqligi
quyidagi empirik ifoda bilan yetarlicha aniqlikda ifodalanadi:www.ziyouz.com
kutubxonasi
м =------