IS B N 9 7 8 -9943-375-00-0
© «V oris-nashriyot» M C hJ, 2009.
S O ‘ZBO SH I
Biz te v a ra k -a tro fim iz n i o ‘rab tu rg a n n a rsa la rn i o ng im izd a
doimiy saqlab qolish uchun turli usullardan foydalanamiz. Bu usul-
lard an eng sam aralisi narsalarning tekislikda perspektiv tasvirini
yasash hisoblanadi. C hunki narsaning perspektivasini yasashda uning
geom etrik elem entlari h ar tom on lam a tahlil qilinadi h am da shakli
to ‘liq o'rganiladi va ongli ravishda idrok qilinadi.
Shunday am allardan keyin inson o ‘zi ko‘rayotgan har bir narsa-
ni tahlil qilishga odatlanadi va esda saqlab qolish odati rivojlanadi.
Kuzatuvchi fazodagi narsalarni qayerdan k o ‘rayotganligiga qa
rab, ularni katta yoki kichik k o ‘rish orqali narsalarning o ‘zgarishini
ongli idrok qila boshlaydi.
Ikki o'lchovli tekislikda perspektiv tasvirlar yasash jarayonida
narsaning uchinchi o ‘lcham ini, qayerdan ko‘rishga qaram ay, to ‘g‘ri
va aniq bajarish imkoniga ega boMinadi.
D em ak, k o ‘rish orqali buyum ning fazoviy shaklini idrok qilish
im koniyatini beruvchi eng yaxshi vosita markaziy proyeksiyalash
usulida hosil qilingan kartina yoki chizm a tekisligidagi perspektiv
tasvir hisoblanar ekan.
Bu yerda К kartina tekisligi H gorizontal tekislikka nisbatan tik
(perpendikular yoki vertikal), b a ’zi hollarda qiya (og‘m a) boMishi
m umkin. Vertikal tekislikda hosil qilinadigan perspektiv tasvir, odat-
da, to ‘g ‘ri kartinadagi tasvir, qiya tekislikda bajarilgan perspektiv
tasvir esa og‘m a tekislikda (kartinada)gi tasvir deb qabul qilingan.
Ushbu kitobda, asosan, to ‘g ‘ri va qisman qiya tekislikda pers
pektiv tasvirlar bajarish to ‘g‘risidagi mukammal bihm lar berish bayon
qilinadi.
0 ‘quv q o ‘llanm ani tayyorlash jarayonida o ‘zlarining qim m atli
fik rlarin i bergan T o sh k e n t D a v la t pedagogika u n iv e rsite tin in g
«C hizm a geom etriya, ch izm ac h ilik va uni o ‘q itish m etodikasi»
kafedrasi professor-o‘qituvchilariga, xususan, ustozlarim professor
Sh.K. Murodov, dotsentlar I. R ahm onov va P. Odilovlarga samimiy
minnatdorchilik bildirib qolaman.
3
KIRISH
Tevarak-atrofimizda joylashgan narsalarning ko‘zimizga asl holi-
dan boshqacharoq ko‘rinishi va bu holatning sabablarini o ‘rgnish
perspektiva fanining shakllanishiga sabab b o ‘ldi. M asalan, turli
k o ‘za va chelaklarning aylana qism alari um um iy vaziyatda ellips
yoki to ‘g ‘ri chiziq holatida, o ‘zaro parallel b o ‘lgan tem iryo‘l rels-
lari esa bizdan uzoqlashgan sari bir nuqtada uchrashgandek b o ‘lib
ko ‘rinadi. Balandliklari bir xil b o ‘lgan sim yog'ochlarning uzoqda
joylashganlari boshidagilarga nisbatan kichik o ‘lcham da k o ‘rinadi.
Bunday hodisalar biror qonuniyatga asoslanishini «Perspektiva» fani
to ‘laqonli yoritib beradi. O na tabiatdagi narsalarning ko‘zimizga o ‘z
shakliga nisbatan biroz o ‘zgarib ko‘rinishi, rassomlarning yaratgan
realistik asarlaridagi chuqurlik fazosining ochib berilishi sabablari
bir necha asrlardan beri o'rganilib kelingan va perspektivaga asos
solingan.
Perspektiva fani tabiatdagi narsalarning ana shunday k o ‘rinishini
tekislik yoki biror sirt ustida tasvirlash usullarini o ‘rganadi.
Perspektiva fran su zch a so ‘z b o ‘lib, la perspektive — u zo q q a
qarash, yunonchasiga esa perspictor — oyna orqali to ‘g ‘ri va aniq
ko‘rayapm an degan m a ’noni bildiradi.
Agar markaziy proyeksiyalash insonning ko‘rish xususiyati talab-
lariga moslashtirilsa, yasalgan tasvir yaqqol va ishonchli chiqadi. Bu
talablar proyeksiyalanuvchi obyektlarning bir-biriga nisbatan o ‘zaro
joylashuvi va ular orasidagi m asofalar bilan bog‘liqdir. D em ak, in
sonning ko'rish xususiyatini hisobga olgan holda markaziy proyek
siyalash usulida bajarilgan tasvir perspektiva deb ataladi.
Perspektiva — tasviriy san’atning grammatikasidir, chunki yara-
tilgan har qanday realistik rassomlik asari perspektiva qonuniyatlari
asosida bajariladi yoki bajarilishi shart. Shundagina bu asarning
to ‘g‘ri qurilganligi yoki hayotiyligi ta ’minlanadi. Agar tasviriy san’at
asari bu qoidalarga amal qilinm asdan yaratilsa, ilmli kuzatuvchilar
«bu rasm da perspektiva y o ‘q», oddiy kuzatuvchilar «bu rasmdagi
narsalar o ‘ziga o ‘xshamabdi» deydilar. Perspektiva fani realistik
4
rasm yaratish uchu n ilmiy m anba vazifasini o ‘taydi va narsalarni
ko‘z o ‘ngimizda qanday ko'rsak, shunday tasvirlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |