2. Arxitektorlar usuli
Arxitektorlar bu usuldan o‘zlarining faoliyatlarida keng foydala-
nadilar. Arxitektorlar usulida perspektiv tasvir o‘zaro parallel bo‘l-
gan gorizontal to‘g‘ri chiziqlarning uchrashish nuqtalari orqali yasa
ladi. Shuningdek, ushbu usul yordamida yuqori grafik aniqlik ta’-
minlanadi. Arxitektorlar usulidan unumli foydalanish uchun chizma
qog'ozi chegarasida o‘zaro parallel to‘g‘ri chiziqlarning kamida bit-
ta uchrashish nuqtasi bo‘lishi kerak.
Bu usulning asosiy mohiyati 5.1 va 5.2-rasmlarda ko‘rsatilgan. U
yerda ko‘p qavatli binoning korobkasi sifatida obyekt deb parallele
piped olingan.
5.3-rasmda ko‘p qavatli binoning korobkasi berilgan. Uning pers
pektivasi quyidagi tartibda yasaladi.
Bino oldida pastroq qurilma mavjud. Oldin asosiy bino pers
pektivasi yasab olinadi. Keyin qo‘shimcha qurilma yasaladi.
81
Do'stlaringiz bilan baham: |