‘zbek ist n respublikasi



Download 26,01 Mb.
bet117/134
Sana18.01.2022
Hajmi26,01 Mb.
#384136
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   134
Bog'liq
Pul, kredit va banklar (1)

Baho valutasi va to ‘lov valutasi. Baho valutasi va to‘lov valutasi tanloviga (baho darajasi, kredit bo'yicha foiz stavkasi katta-kichik- ligidan farqli o ‘laroq) m a ’lum bir darajada bitim ning valuta samaradorligi bog‘liqdir.

Eksport va import shartnoma baholari turlichadir hamda ular ushbu shartnomalarga kiritiladigan, tovarlarni eksportyordan importyorga yetkazib berilishi bilan bog‘liq (eksportyor mamlakat om borida saqlanishi, portgacha bo‘lgan yo‘l va portdagi saqlanish, chet eldagi y o ‘1, xorijdagi o m bor ham da im portyorga tovarlarni yetkazish xarajatlari) qo'shim cha xarajatlarga bog'liqdir. Tovarlar baholarini aniqlashning quyidagi besh asosiy tamoyili mavjud:



  1. Shartnomani tuzayotgan paytda baholar qat’iy belgilanadi hamda ushbu shartnoma ijrosi mobaynida belgilangan baholar o‘zgarmaydi. Ushbu uslubjahon bozorida baholarning pasayishi tendensiyasi mavjud bo'lgan paytda q o ‘llaniladi.

  2. Shartnomaga qo‘l qo‘yilayotgan paytda bahoni (tovar yetkazilish kuniga bo‘lgan u yoki bu tovar bozorining kotirovkalari asosida) belgilash tamoyili qayd etiladi, bahoning o'zi esa bitimning ijrosi mobaynida belgilanadi. Ushbu uslub odatda, bozor baholarining ko‘tarilishi tendensiyasida qo‘llaniladi.

  3. Shartnoma tuzilayotgan paytda baho qat’iy belgilanadi, ammo bozor bahosi shartnomadagi bahoga nisbatan, aytaylik, 5%dan ortiqroq hajmga o'zgarsa, u o ‘zgarishi mumkin.

  4. Xarajatlarni tashkil etuvchi elementlar hajrnini o'zgarishiga bog‘liq bo‘lgan sirpanuvchan baho. Masalan, jihoz (asbob-uskuna)lar

yetkazib berilishiga buyurtm a berilganda, yuqori k o n y u n k tu ra sharoitlarida buyurtmachi manfaatlarida cheklovlar kiritiladi (baho o‘zgarishining umumiy chegarasi yoki baho «sirpanishi»ni xarajatlarning bir qismiga va qisqa muddatga tarqalishini).

  1. Aralash shakli: bahoning bir qismi qat’iy belgilanadi, bir qismi esa sirpanuvchan shaklda o‘rnatiladi.

Baho valutasi bu, tovarga b o ‘lgan baho ifodalanadigan valyutadir. Tovarning bahosi qat’iy belgilanadigan valutani tanlashda tovarning turi va yuqorida aytib o ‘tilgan xalqaro hisob-kitoblarga ta’sir etuvchi omillar, ayniqsa hukumatlararo kelishuvlarning shartlari hamda Xalqaro udumlar katta ahamiyat kasb etadi. Ba’zida shartnomaning bahosi, valuta xavf-xatarlarini sug'urtalash maqsadida bir nechta (ikki va undan ko‘p) valutada yoki standart (SDR, EKYu- 1999-yilda «Yevro»ga o ‘zgartirilgan) valuta savatida ko'rsatiladi.

To‘lov valutasi bu, importyor (yoki qarz oluvchi) majburiyatlari so‘ndirilishi kerak b o ig an valyutadir. Valuta kursining barqarorsizligi sharoitida baholar nisbatan barqaror bo'lgan valutada, to ‘lov esa odatda, importyor mamlakat valutasida belgilanadi. Agarda baho valutasi va to'lov valutasi o ‘zaro muvofiq kelmasa, unda shartnomada bir valutani ikkinchi valutaga qayta hisoblanish kursi o ‘zaro kelishiladi (yoki XVF SDR negizida qayd etiladigan pariteti, yoki valutalarning bozor kursi b o ‘yicha). Shartnom ada qayta hisoblanish shartlari belgilanadi:



  1. m a’lum bir turdagi to'lov vositasining kursi — trattasiz to'lovlar vuzasidan telegraf pul o ‘tkazmasi yoki kredit bilan bog‘liq hisob- kitoblar bo'yicha vekselni;

  2. m a’lum bir valuta bozorida (sotuvchi, sotib oluvchi yoki uchinchi tarafning) tuzatish va muvofiqlashtirishlar vaqti aniqlab olinadi (masalan, to‘lov amalga oshirilishidan bir kun aw al yoki to'lov kuni);

  3. qayta hisoblash amalga oshiriladigan kurs kelishib olinadi: odatda, o‘rtacha kurs, ba’zida valuta bozorini ochilishiga, yopilishiga bo ‘lgan sotuvchi yoki sotib oluvchi kurslari, yoki kunning o'rtacha kursi.

To'lov shartlari tashqi iqtisodiy bitimlarning muhim elementidir. Ularning ichida quyidagilar farqlanadi: naqdli to ‘lovlar, kredit taqdim etilishi bilan hisob-kitoblar, naqdli to ‘lov bo'yicha opsionli kredit (tanlov huquqi bilan).

Xalqaro hisob-kitoblardagi naqdli to'lov tushunchasi deganda eksport tovarlari sotib oluvchiga yetkazib berilganidan so‘ng ularga pul toManishi yoki tovarlar shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib

berilganligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi hujjatlarga qarshi bo'lgan to ‘lov ko‘zda tutiladi. Biroq zamonaviy sharoitlarda tovar importyor mamlakatiga ko'p holatlarda to‘lov amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlardan awal yetib keladi va sotib oluvchi tovarlarni ularga haq toianishidan awal saqlash (trast) tilxati, bank kafolati evaziga olishi mumkin. Shunday qilib, tovarlar so‘nggi manzil portiga yetkazib berilganidan so'ng to‘lov amalga oshiriladi, tovarlar jo'natilganligi to'g'risidagi ogohnomaga qarshi amalga oshiriladigan to‘lovlar bundan mustasno. Kontragentlar kelishuviga hamda sotilayotgan tovarlar xususiyatlariga bog‘liq bo'lgan holda importyor m a’lum bir bosqichda to'lovni amalga oshiradi: jo'natilish portida tovarlarni yuklash ishlari tugaganligi tasdig‘ini olgandan so‘ng; tovar hujjatlarining komplekti (schyot-faktura, konosament, sug'urta polisi va boshqalar)ga qarshi; ba’zida to'lovni 5—7 kunga, neft yetkazib berish bo‘yicha esa 30 kunga kechiktirish bilan; so'nggi manzil bo'lgan portda importyor tomonidan tovarni qabul qilib olinib bo'lgandan so'ng. Tovarning turiga bog‘liq bo'lgan holda ba’zi holatlarda hisob-kitoblarning aralash shartlaridan foydalaniladi: qisman h iso b - k i to b - to v a r hujjatlari topshirilganidan so'ng amalga oshadigan to'lov; yakuniy hisob-kitob- tovarlar qabul qilib olinganidan so'ng (tovarlar so'nggi manzil portiga yetib kelganidan so'ng sotib oluvchi tomonidan qabul qilib olinadi va ularning sifat xarakteristikalari tekshiriladi, chunki transportirovka davrida ularning sifati buzilgan bo'lishi mumkin).

Xalqaro to'lovlar valutalar o'zaro almashuvi hamda tashqi savdo ishtirokchilari tomonidan bir-biriga kreditlar taqdim etish jarayonlari bilan chambarchas bog'lanib ketadi. Xalqaro valuta-kredit va hisob- kitob operatsiyalarining o'zaro bog'liqligi ushbuda o'z ifodasini topadi. Sotilayotgan tovarning turiga (masalan, mashinalar vajihozlar) hamda sotuvchilar bozorida raqobatning kuchayishi va yangi mahsulot iste’mol bozorlarini kengaytirish maqsadida ularning kreditdan foydalanishga qaratilgan intilishlariga qarab tashqi savdo operatsiyalari bo'yicha liisob- kitoblar tijorat kreditidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Tijorat krediti tovar sotuvchisi tomonidan sotib oluvchiga bir necha oydan 5—8 yilgacha, alohida holatlarda esa bundan ham katta muddatlarga taqdim etiladi. Tashqi savdo operatsiyalarida importyor tijorat krediti evaziga uni so'ndirishga qaratilgan, oddiy veksel shaklidagi qarz m ajburiyatini yozib beradi yoki eksportyor tom onidan berilgan o'tkaziladigan veksellar-trattalarda to'lovni amalga oshirishga yozma tarzdagi rozilik (aksept) beradi.

Tovar qiymatining m a’lum bir qismiga tijorat hujjatlari taqdim etilganidan so‘ng, qolgan qismiga esa sh a r tn o m ad a belgilangan davrdan so‘ng haq to ‘langanda tijorat krediti shaklidagi tovarlar uchun hisob-kitoblar naqdli to'lovlar bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin. Tashqi savdo shartnomai ijrosining m a’lum bir bosqichida shartnom adagi taraflar, tijorat kreditidan tashqari, bir- birlarini majburan kreditlashlari mumkin. Masalan, bo‘nak shaklidagi to'lovlarda importyor eksportyorni, ochiq hisob-varaq b o ‘yicha hisob-kitoblarda esa sotuvchi sotib oluvchini kreditlaydi.

Hisob-kitoblar shartlarining muqobil shakli naqdli to ‘lovning opsionli kreditidir. Agarda importyor sotib olingan tovar uchun to ‘lovni kechiktirish huquqidan foydalansa, unda u naqdli to ‘lovda taqdim etiladigan diskont (skidka)dan mahrum bo‘ladi. Hisob-kitoblar xalqaro muomalada ishlatiladigan turli xil to‘lov vositalari, ya’ni veksellar, t o ‘lov topshiriqnomalari, bank o'tkazmalari ( pochta va telegraf), cheklar, plastik kartochkalari yordamida amalga oshiriladi. Xorijiy instrumentlar (Foreignitems, ingl.) — boshqa mamlakatda deponentga olingan hamda ushbu mamlakatda toManishi lozim bo‘lgan cheklar, veksellar (oddiy va o ‘tkaziladigan) va m uomalaning boshqa kredit vositalari. Shartnoma to‘lov shartlarining eng murakkab qismi bo‘lib hisob-kitob turini tanlash hamda ushbu hisob-kitoblami amalga oshirish ikir-chikirlarini shakllantirib izohlash hisoblanadi. Kontragentlarning bir-biriga qaram a-qarshi boMgan m anfaatlarini xalqaro iqtisodiy munosabatlarda o ‘zaro bog'lash va ularning to'lov munosabatlarini tashkil etish hisob-kitoblarning turli shakllaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.


Download 26,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish