‘zbek ist n respublikasi


O ‘zbekiston Respublikasi



Download 26,01 Mb.
bet132/134
Sana18.01.2022
Hajmi26,01 Mb.
#384136
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   134
Bog'liq
Pul, kredit va banklar (1)

. O ‘zbekiston Respublikasi sug‘urta qonunchiligi


Sug'urta huquqini maxsus manbaalaridan bo'lib O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan maxsus «Sug'urta to‘g‘risida» gi qonuni hisoblanadi. Ushbu qonunda umumiy qoidalar, sug'urta shartnomasi, sug'urtalovchilarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, sug'urta faoliyati ustidan davlat idoralarini nazorat qilish, sug'urtaga oid nizolarni lial qilishga oid qoidalar belgilangan. Sug'urta faoliyatini tartibga solish va ular ustidan davlat nazorati asosan ushbu qonunga tayanilgan holda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, O 'zbe­ kiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi ham sug'urta huquqining muhim manbalaridan hisoblanadi. Unda barcha bitimlar va shartnomalarga taalluqli bo'lgan asosiy qoidalar belgilangan. Fuqarolik kodeksining 914—962-moddalarida sug'urta shartnomalash, lining turlari ishtirok- chilari o'rtasidagi, sug'urtalovchi va sug'urtalanuvchi huquqlari hamda javobgarliklarining eng muhim qoidalari belgilangan. Sug'urta huquqi manbalari qoidalarida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, boshqa davlat boshqaruv organlarining idoraviy m e’voriy hujjatlari muhim o'rin tutadi.

Ushbu m e’yoriy hujjatlar «Sug'urta» to'g'risidagi qonun talablarini, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va huquqiy qoidalarida belgilangan vazifalarning bajarilishining ta’minlashda, sug'urta faoliyatiga oid davlat siyosatini ro'yobga chiqarilishida alohida kasb etadi. Sug'urta moliyaviy mablag'lar eng ko'p qo'llanadigan, munosabat ishtirokchi- larining huquq va manfaatlari to'qnashadigan shu tufayli bu huquq va majburiyatlar tez-tez risk ostida qolishi mumkin bo'lgan sohalardan biridir.

Shu sababli sug'urta sohasidagi munosabatlar davlatning diqqat e’tiborida bo'lib, bu munosabat ishtirokchilarining huquqlari, maj- buriyatlari, javobgarliklari doirasida davlat tomonidan belgiianadi. Sug'urtaga oid hukumat munosabat obyektlari bo'lib, sug'urta tashkiloti va sug'urta qildiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs o'rtasida sug'urta shartnoma aloqalari kelib chiqishiga sabab bo'iayotgan predrnetlar hisoblanadi. «Sug'urta to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi qo-



nunining 3-moddasida ko‘rsatilishicha «Fuqarolarning hayoti, sog'lig'i, mehnat qilish qobiliyati, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, moddiy boyliklari, javobgarlik majburiyatlari, mulkiy ham da mulkka oid b o ‘lmagan huquqlarni yoki m anfaatlarni sug'urta obyektlari hisoblanadi». Biroq sug'urta obyektlari tushunchasi bilan sug'urta munosabatlari obyektlari ayni bir narsa einas. Sug'urta munosabati obyektlari o 'z mazmuniga ko'ra sug'urta obyektlaridan ancha keng tushuncha bo'lib, boshqa ko'plab yuridik omillarni ham qamrab oladi. Sug'urta munosabatlari subyektlari o'zlarining sug'urta sohasidagi subyektiv huquqlari va majburiyatlarini bemalol amalga oshirishlari uchun zamr huquq lavoqati hamda muomala layoqatiga ega bo'lishlari lozim». Sug'urta to'g'risida» gi qonunni 6-moddasida aytilishicha :

  1. Sug'urtalanuvchilar va sug'urtalovchilar sug'urta munosabat- larining subyektlari hisoblanadi.

  2. O'zbekiston Respublikasi hududida turgan bo'lib, sug'urta to'lovlarini to'layotgan va sug'urtalovchilar bilan muayyan sug'urta munosabatiga kirishayotgan fuqarolik salohiyatiga to'liq ega bo'lgan jism oniy shaxslar yoki yuridik shaxslar su g 'u r ta lanuvchilar deb hisoblanadi.

  3. Chet ellik fuqarolarni fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va chet ellik yuridik shaxslari O'zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari bilan teng ravishda sug'urtalanish huquqiga egadir. Bular- dan tashqari sug'urta tashkilotlari faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish, tegishli tashkiliy choralar qo'llash huquqi berilgan davlat tashki­ lotlari ham sug'urtaga oid huquqiy munosabat subyektlari sifatida qabul qilinishlari lozim.

  4. Sug'urtalovchining faoliyatini himoya qilish maqsadida uning moliya mablag'lari tashkil etiladi. Sug'urtalovchi m anba sug'urta fondi hisobidan o 'z xarajatlarini qoplaydi h a m d a sug'u r ta lan u v ch ig a yetkazilgan zararni ham qoplaydi. Bundan tashqari bozor munosa­ batlari sharoitida sug'urtalovchi investitsion faoliyat bilan ham shu- g'uilanadi. Buning uchun u o'z mablag'lari ham da sug'urta fondida jarng'arilgan mablag'lardan foydalaniladi. Sug'urtalovchining barqaror- ligi u tom ondan tashkil qilgan sug'urta fondini miqdoriga hamda sug'urtalovchilarning talablariga bog'liqdir. Sug'urta tashkilotining moliyaviy faoliyati birinchi navbatda sug'urta fondidagi mablag'larni aylanishi bilan bog'liq. Sug'urta tashkilotlarining asosiy daromadlari sug'urta to'lovlari hisobidan tashkil etiladi. Sug'urta to'lovlari, sarmoya va bank mablag'laridan keladigan daromadlardan tashqari sug'urta

tashkiloti boshqa yo'llar bilan daromad olishi mumkin. 0 ‘zbekiston Respublikasi «Sug‘urta to‘g‘risida» gi qonunga ko‘ra sug'urtalovchilar faoliyatida ustav kapitali va zaxiralarning mavjud bo‘lishi, shuningdek qayta sug'urta qilish tizimi moliyaviy barqarorlik negizi b o ‘lib hisoblanadi. Sug‘urta tashkilotining moliyaviy holati to ‘g‘risidagi m a ’lumotlar buxgalteriya hisobi va boshqa hisobot materiallarida aks etadi. Sug‘urta kompaniyalarining asosiy kreditorlari uning mijozlari

-sug‘urtalanuvchilardir. Ular sug'urta tashkiloti faoliyatining nazorat qilish imkoniyatiga ega emaslar. Sug‘urta tashkilotlarining sug'urta zaxiralari va fondlari faoliyatini yuritish va rivojlantirish uchun tashkil etiladi. Sug'urta tashkilotlarining moliyaviy faoliyatida sug'urta hodisalarining oldini olish borasidagi tadbirlar ham muhim ahamiyatga ega.

Sug‘urta kompaniyalari fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilishni ta ’ininlaydigan shart-sharoit yaratishga yoki sug'urta hodi­ salarining oldini olishga qaratilgan ogohlantirish borasidagi tadbirlarni mablag1bilan ta ’minlashda qatnashish uchun maxsus fondlar yaratadi. Ogohlantirish b o ‘yicha tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ajratilgan majburiy sug‘urta ta ’riflarining miqdori 0 ‘zbekiston Res­ publikasi qonunlari asosida belgilanadi. Ixtiyoriy sug'urta ta’riflari esa ana shu tadbirlarga m o ‘ljallangan qismini sug'urta kompaniya­ larining o 'z i belgilaydi. Ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sug'urta kompaniyasining xarajatlariga kiritiladi. Sug'urta zaxiralari sug'urta tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan fondlar bo'lib, sug'urtachi va sug'urtalanuvchi o'rtasida tuzilgan shartnoma m ajburiyatining m iqdorini belgilab beradi. S u g 'u r ta zaxiralari sug'urtalovchi majburiyatlarini bajarishiga ko‘ra belgilanadi, chunki shartnom ada ko'rsatilgan sug'urta hodisasi yuz berganda sug'urta tashkilotini qoplash summasini to'lash shart bo‘lib hisoblanadi. Sug'urta zaxiralarining belgilanishi va yuzaga kelish tartibi turlicha bo'lishi mumkin, bu zaxiralar sug'urtalanuvchilar uchun mablag'lar sifatida ishtirok etadi va majburiyatlar bo'yicha sug'urta to'lovlari uchun

yo'naltiriladi.

Ularning miqdori tuzilgan shartnoma to'lovlarini to'la qoplashi lozim. Buning uchun maxsus hisob-kitoblar o'tkaziladi, shunga ko‘ra to'lovlar summasi belgilanadi. Sug'urta tashkilotining ustav kapitali mavjud.

Ustav kapitali kompaniyaning dastlabki faoliyatini ta ’minlash ham da sug'urta to'lovlari xarajatlarini qoplash uchun sarflanadi. Ustav

kapitali amal qilinayotgan qonu n g a va t a ’sis hujjatlariga k o ‘ra shakllanadi. Zaxiralar foydadan ajratma ko‘rinishida ham yuzaga keladi. Foydadan ajratma sug'urtaiovchining o ‘z faoliyati natijasida olingan va soliqlar toMangandan keyingi qolgan mablagMarining bir qismidir. Foydadan ajratma uchta ko'rinishda aks etishi mumkin: qonun bo'yicha ko'rsatilgan, ustavda ko‘rsatilgan hamda erkin pul mablag'lari. Sug‘urta tashkilotlarining daromadlari bilan birga xarajatlari ham turli maqsadlar uchun yo'naltiriladi.

Xarajatlarning tarkibi asosan ikkita yo'nalish bo'yicha belgilanadi:

    1. sug‘urtalanuvchilarning majburiyatini bajarish,

    2. sug'urta kompaniyasining faoliyatini moliyalashtirish,

  1. Bozor iqtisodiyoti chuqurlashganida sug'urta munosabatlari ham chuqurlashadi. Sug‘urta bozori sug‘urta xizm atining oldi-sotdisi

bo'yicha iqtisodiy munosabatlar yig'indisini aks ettiradi va sug‘urta mahsulotining bir qismini sotish bo'yicha sug'urtalovchi va sug‘urtala- nuvchi o ‘rtasidagi aloqani ta’minlab beradi. Mamlakatda faoliyat olib borayotgan sug‘urta kompaniyalari sug'urta bozorining asosi bo‘lib hisoblanadi. Ular moliyaviy jihatdan sug'urta fondining yuzaga kelish shakli bo‘lib, sug'urta fondida to'plangan mablag'lar esa, uzoq muddatli kreditlarning manbayi bo‘lib hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalarining ichida aksioner sug'urta kompaniyalari asosiy o ‘rin tutadi. Sug‘urta tizimida sug'urtalash maqsadini aniqlab olish uchun aw alo sug‘urta turlarini aniqlab olish, uning obyektlari va subyektlarini o ‘rganib chiqish katta ahamiyatga egadir. Mol-mulkni sug‘urtalash uchun aw alo mulk- lar xo'jalik yuritish subyektlari bo‘yicha turkumlanishi kerak bo‘ladi.

Buning uchun awalo mulkning egasini, ya’ni mulk kimga taalluq- liligini aniqlash lozim. 0 ‘zbekiston Respublikasi «Sug‘urta to ‘g‘risida» gi qonunning 9-moddasining 2 -bandida ko‘rsatilishicha «Mol-mulk sug'urta qilinganda sug'urta puli mol-mulkning shartnoma tuzilayotgan paytdagi haqiqiy qiymatidan oshmasligi lozim» deb aytilgan.

Mulkni sug‘urtalashda sanoat korxonalari bo'yicha korxonaning binolari, kurilish obyektlari, transport vositalari, mashina -uskunalar, tovar zaxiralari, ishlab chiqarish vositalari, eksport-import m unosa­ batlari, umuman korxonaning barcha mol-mulki sug‘urtalanadi. Qishloq xo'jaligi sohasida quyidagi mulklar sug‘urtalanadi:

  1. qishloq xo'jaligida yetishtiriladigan hosil (paxta, bugdoy va

hokazo);

  1. Chorva mollari, uy parandalari, xonaki asalarilar, binolar, in- shootlar, ishchi va boshqa turdagi mashinalar, transport vositalari,

inventariar, xomashyo zaxiralari, ko‘p yillik daraxtlar. qishloq xo'jalik sohasida sug‘urta hodisalariga qurgoqchilik natijasida ekinlarning nobud bo'lishi, issiqlikning yetarli bo‘lmasligi, muzlashi, yashin urishi, shamol, dovul, do‘l, sel, suv toshqini, zararkunandalar va yong‘inlar bo‘lishi kiradi. Qishloq xo ‘jaligida asosiy va aylanma mablag'lar ham turli hodisalardan sug‘urtalanadi. Sug'urta qoplash summalari mulklari zarar ko‘rgan hamda dehqon va fermer xo ‘jaliklariga beriladi. Aholi mulkini sug‘urtalashda uy-joylar, dala xovlilar, qurilish uchastkalari, mollar va boshqa uy hayvonlari, otlar sug‘urtalanadi. Fuqarolarning mulklari tabiiy ofat, baxtsiz hodisalar va boshqa turli hodisalardan sug‘urta qilinadi. Shaxsning sug'urtalanadigan mulldariga uy-ro‘zgor buyumlari, iste’mol tovarlari, shaxsiy xo ‘jalikda qo‘llanadigan buyumlar, shaxsiy mulk va boshqa oila a ’zolarining mulklari kiradi. Fuqarolarning transport vositalari to'satdan baxtsiz hodisaga uchrash yoki transport halokatining yuz berishi, transport vositalari bilan to'qnashishi yoki bir-biriga o ‘rnashib ketish, yo‘l b o ‘yidagi to'siqlarga urinish, mashina oynalariga tosh tegishi va zarar ko‘rishi va boshqa hodisalardan sug‘urtalanadi.

Fuqarolarning mulki ularning yashash joylari bo'yicha, ya’ni uy- joylari, dala xovlilar sug‘urta guvohnomasida ko‘rsatilgan manzillar bo‘yicha sug‘urtalash amalga oshiriladi. Fuqarolarning shaxsiy transport vositalarini sug‘urtalash ikki to m o n n in g roziligi bilan sug'urta shartnomasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Sug‘urta amaliyotida yuklarning transport sug'urtalash shartnomalari quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:

  • barcha tavakkalliklar uchun javobgarligi, bunda har qanday sababga ko ‘ra, barcha turdagi zararlarning sug'urta himoyasi tu- shuniladi;

  • xususiy avariyalar uchun javobgarlik, bunda yukning to ‘la yoki qisman avariyadan ko'rgan zarari qoplanadi. Qurilish va boshqa mulklarni sug'urta qilish jarayoni quyidagi bosqichlarni o ‘z ichiga oladi;

  • mulkning zarar ko'rishi hodisasining dalilini belgilash;

  • qurilgan zarar sabablarini aniqlash va nodisani sug‘urtalash yoki nosug‘urtali hodisa ekanligini hal etish;

  • zarar ko'rgan mulklarni va obyektlarni aniqlash;

  • zarar summasi va sug'urta qoplash summasini hisoblab chiqish.

Fuqarolar xo'jaligida qurilish zarar ko'rganda sug'urta tashkiloti qurilishning tarkibini va mavjud ekanligini tekshiradi hamda qurilish

barcha materiallarining sug‘urta baholash varaqalarida aks etgan va etmaganligini aniqlaydi. Shularga asosan qoplash summasi to'lanadi. Uy mulklarini sug‘urtalashda uydagi barcha mulklar hisobga olinadi. Ko‘rilgan zarar summasi mulk zarar ko'rganda sug'urtachi tomonidan to'lanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida beriladigan moliyaviy kafolatlar asosan tuziladigan moliyaviy bitimlar, ya’ni bank depozitlari bilan, qim m atli qog'ozlar, sarmoya q o ‘yilm alari, ijara m ajburiyatlari, kreditlar, ipoteka, o'tkaziladigan turli tavakkalchilik jarayonlari, valuta kursidagi o‘zgarishlar, mavjud miqdorlar va boshqa tijorat xizmatlari bolyicha umuman olganda namuna bo‘yicha sug'urta kompaniyasining portfelida mavjud bo‘lgan aktivlar b o i ib hisoblanadi. Yuqoridagilardan tashqari birja faoliyatini ham sug'urta qilish zarur. Birjadagi moliyaviy operatsivalarni himoya qilish shakllaridan biri birjalarm sug‘urtalashdir. Sug‘urtaning bu turi 0 ‘zbekistonda endi shakllanmoqda. Valuta riskini sug‘urtalash asosan tashqi iqtisodiy aloqalarda qo'llaniladi. Valuta riski bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy riskning muhim elementi bo'lib hisoblanadi.

Xorij mamlakatlarning valutasi (masalan, AQSH dollari) kursi so'mga nisbatan o ‘zgarib turishi, kredit va valuta operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar shu sug'urta turini qoplash summasi hisobidan qoplanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarida qatnashuvchilar xizmat uchun belgilangan narxlar bilan bog'liq bo'lgan turlicha risklarga duch keladi:



  • Risklarni sug‘urtalash tizimida banklar sug'urtasi alohida o ‘rinni egallaydi. Banklar krediti va ularning sug'urtasi mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga umumiy ta’sir ko'rsatadi. Aylanma mablag'lar va sarmoya zaxiralarining yetishmasligi natijasida iqtisodiyot subyektlari qisqa

muddatli, o ‘rta muddatli va uzoq muddatli kreditlar olishga maj- burdirlar. Shuning uchun ham berilayotgan kreditlarni sug'urta qilish shart. Shartnoma sug'urta kompaniyasi va banklar yoki boshqa kredit muassasalari o'rtasida tuziladi. Bunday kredit sug‘urtasida sug'ur- talanuvchining kreditni to'lash qobiliyati, ya’ni kredit riski darajasini hisobga olish kerak.

Download 26,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish