Ўзбек хонликларининг россия империяси томонидан босиб олиниши. Мустамлакачилик зулмига қарши миллий озодлик ҳаракати. Жадидчилик.” мавзуси бўйича талабаларга
“ЎЗБЕК ХОНЛИКЛАРИНИНГ РОССИЯ ИМПЕРИЯСИ ТОМОНИДАН БОСИБ ОЛИНИШИ. МУСТАМЛАКАЧИЛИК ЗУЛМИГА ҚАРШИ МИЛЛИЙ ОЗОДЛИК ҲАРАКАТИ. ЖАДИДЧИЛИК.” мавзуси бўйича талабаларга
ТОПШИРИҚ
Туркистонда Россия империясининг мустамлакачилик сиёсати.
Bosib olingan hududlarda imperiya hukmronligini o‘matish, mustahkam o‘rnashib olish, istilo qilingan joylami qo’ldan chiqarmaslik uchun, eng avvalo, mustamlakachilar o‘zlariga mos boshqaruv tartiblarini ishlab chiqishi va uni o’lkada joriy qilishi kerak edi. Mustamlakachilik siyosatining to’liq amalga oshirilishida boshqaruv tartiblari asosiy tayanch hisoblangan. Boshqaruv tartiblari istilochilik yurishlari bilan birga turli ko‘rinishlarda tashkil qilinib, tajriba-sinovlardan o‘tkazilgan holda o‘zgartirib borilgan.
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosatining davom ettirilishi natijasida mustamlakaga aylantirilgan hududlar kengayib borgan. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so‘ng, 1865-yil 6-avgustda Aleksandr II «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom»ni tasdiqlaydi. Boshqaruv harbiy zobitlar qo’liga o‘tadi. Ushbu nizomda boshqaruv tizimi «harbiy-xalq boshqaruvi» nomi bilan gubernator qo’lida harbiy va fuqarolik ishlari mujassamlashtiriladi.
O'rta Osiyoda Rossiya imperiyasi hukumatining yana bir asosiy maqsadi — bu imperiyaning markaziy rayonlaridan bu yerlarga aholini ko‘chirib keltirib joylashtirish bo’lgan. O’lka ma’muriyati ko‘chirib keltirilgan aholiga erkin yashashi va xavfsiz turmush kechirishi uchun yetarli imkoniyatlar yaratib berishga harakat qildi. Ko‘chirib keltirilganlar yerlar va kerakli mablag’lar bilan ta’minlangan. Aholini ko‘chirib keltirib joylashtirishdan yana bir maqsad bu o’lkada mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishda qo‘shimcha tayanch kuchlarga ega bo’lish edi. Bu siyosat mahalliy aholini ruslashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tadbir bo’ldi.
Империянинг мустамлакачилик зулмига қарши миллий-озодлик ҳаракатлари.
Rossiya imperiyasi Turkiston o’lkasini bosib olgach, mahalliy aholining milliy davlatchilik, ozodlik tuyg‘ularini so‘ndirishni asosiy vazifa deb hisoblagan.
XIX asr oxirida iqtisodiy qiyinchiliklar va xalqning ma’naviy jihatdan kamsitilishi, mahalliy urf-odatlarga zid bo‘lgan qarorlaming qabul qilinishi natijasida Turkiston Rossiya imperiyasining milliy-ozodlik harakatlari avj olgan markazlaridan biriga aylandi. O‘lkaning turli joylarida ko‘tarilib kelayotgan bu qo‘zg‘olonlaming harakatlantiruvchi kuchi, asosan, dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblardan iborat aholining kambag‘al qismi bo‘ldi. Bu harakatlarda vatanparvar mhoniylar, milliy g‘ururini yo‘qotmagan mulkdorlar, savdogarlar ham ishtirok etdilar. Mustamlakachilikka qarshi o‘lkaning turli joylarida norozilik chiqishlari bo‘lib turdi. Jumladan, 1878-yili Mingtepada (hozirgi Marhamat tumani) mustamlakachilaming siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi Yetimxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. 1879-yilning kuzida mahalliy aholi Farg‘ona viloyat boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig‘ildi. Ular Marg‘ilon uyezdida soliq to‘plash noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqib, soliqlaming kamaytirilishini qat’iy talab qildilar.
1880-yilning noyabrida aholi hamma soliqlarni to’laganligiga qaramay, Xo’jand uyezdining boshlig‘i Xo’jand va O‘ratepa tumanlaridagi aholidan qo‘shimcha yer solig‘i olinishini e’lon qildi. Buning oqibatida sabr kosasi to’lgan aholi Rahmonqulihoji, Mirkarimboylar boshchiligida odamlar uyezd boshlig‘ining mahkamasiga borib, adolatsiz soliqni bekor qilishni talab qildi.
Talonchilik, soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli 1882-yilning boshlarida Namangan aholisi ma’murlarga qarshi bosh ko‘tarib chiqdi. 1885-yilning yozida Farg‘ona vodiysida xalq qo‘zgolonlari qaytadan avj olib, Andijonda Darvishxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Endi qo‘zg‘olonchilar kurash usullarini o‘zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar. 1896-yilda Namangan uyezdining Oqsuv—Shahrixon volostidagi Nayman- chi, Ko‘hna mozor, Langarbob qishloqlarida aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo‘zg‘olonga aylanib ketdi.
3. Туркистонда жадидчилик ҳаракатининг вужудга келиши ва жадидларнинг фаолияти.
O‘lka milliy ziyolilarining jamiyatni yangilashga va isloh qilishga qaratilgan harakati jadidchilik nomi bilan maydonga chiqdi.Ziyolilar jamiy atdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolami hal qilish yo‘llarini topishga harakat qiladi. Xuddi shunday jarayon XIX asming ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan Qrim, Kavkazorti, Turkiston, protektoratga aylantirilgan Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham ro‘y berdi. Qrim-tatar ma’rifatparvari bo‘lgan Ismoil G ‘aspirali (1851—1914) butun turkiy xalqlar o‘rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisi hisoblanadi.
Turkiston o’lkasida millat istiqbolini o‘ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari — hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Jadidchilik g‘oyalarining keng yoyilishida «Tarjimon» gazetasi muhim o‘rin tutdi. Ismoil G‘aspiralining 1893-yilda Toshkent, Samarqand va Buxoroga tashrifi ma’rifatparvarlik g’oyalarming keyingi rivojiga turtki bo’ldi. O‘rta Osiyo jadidlari ma’rifatparvarlik yo’lida qrim ziyolilari tajribalarini о‘rganish bilan birga boshqa mamlakatlardagi taraqqiyparvarlaming ilg‘or g‘oyalaridan ham foydalandilar
O‘rta Osiyodagi milliy taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlariga ko‘ra Turkiston, Buxoro va Xiva jadidlariga bo’linadi. Turkiston jadidchiligining asosiy tarkibini ziyolilar tashkil qilib, ular Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashning oldingi saflarida turdilar. Ular podsho hukumatining xomashyo manbayiga aylantirilgan Turkistonning kelajagini mustaqil, rivojlangan davlat sifatida ko‘rishni orzu qilganlar. XX asming boshlarida shakllangan taraqqiyparvarlik kuchlari davlatning boshqaruv tizimi zamon talablariga javob bermasligini, xalqning turmush darajasi past ekanligini va uni o‘zgartirish lozimligini chuqur angladilar.
ИЗОҲ:Хурматли талабалар! ушбу саволларга платформадаги pdf адабиётлар ва маъруза мантларидан фойдаланган ҳолда жавоб беришингиз мумкин. Ҳар бир саволга ўзингиз тушунган ҳолатда камида 80-100 сўздан иборат тартибда жавоб беринг. Китобни ва маъруза мантларни шундай кўчириб қўйманг.