Odamlar go’yo konga o’xshaydilar. Ularning johiliyatdagi yaxshilari, agar dinni to’g’ri tushunsalar, islomda ham yaxshi inson bo’ladilar. - Odamlar go’yo konga o’xshaydilar. Ularning johiliyatdagi yaxshilari, agar dinni to’g’ri tushunsalar, islomda ham yaxshi inson bo’ladilar.
- Sizning e’tiboringizga sodiq sahobalardan birining hayotidan ikki lavhani havola qilamiz. Avvalgi manzarani johiliyat qo’li chizgan bo’lsa, keyingisi islom barmoqlari ila vujudga kelgan. Bu sahobiyni johiliyat odamlari "Zaydul Хoyl" (Otlarning Zaydi) deb atashardi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni "Zaydul Хoyr" (Yaxshilik Zaydi) deb nomladilar.
- Birinchi voqea adabiyot kitoblarida mavjud. Ash-Shayboniy banu Omir qabilasidan bo’lgan bir shayx tilidan hikoya qiladi:
- — Bir yili yurtimizda qattiq qurg’oqchilik bo’ldi. Ekin-tikin qurib-qovjirab, chorvalar qirilib ketdi.
Ocharchilik ommaviy tus oldi. Qabiladoshlarimizdan bir kishi oilasi bilan Hiyraga (Iroqdagi Najaf va Ko’fa o’rtasidagi shahar) ko’chib, ketdi. Shaharga kirib kelgach, xotin bola-chaqasiga: - Ocharchilik ommaviy tus oldi. Qabiladoshlarimizdan bir kishi oilasi bilan Hiyraga (Iroqdagi Najaf va Ko’fa o’rtasidagi shahar) ko’chib, ketdi. Shaharga kirib kelgach, xotin bola-chaqasiga:
- - Meni shu yerla kuting. Qaytgunimcha hech qayoqqa jilmang, — deb tayinladi.
- O’zi esa yoki oilasiga oziq-ovqat topib kelishga, yoki shu yo’lda o’lib ketishga ahd qildi. So’ng qolgan-qutgan non burdalaridan olib, shahardan chiqib ketdi. Kun bo’yi yo’l yurib, qorong’u tushganda bir chaylaga ko’zi tushdi. Chaylaning yonida toy bog’lanib turardi. Kishi o’zicha "Bu mening birinchi o’ljam", deb qo’ydi. Sekin borib, arqonni yecha boshladi. Тoyni endi minmoqchi bo’lib turganda, "Unga tegma, joningdan umiding bo’lsa, tuyog’ingni shiqillat", degan yo’g’on ovozni eshitdi. O’takasi yorilayozgan kishi juftakni rostlab qoldi.
Musofir yetti kun yo’l yurib, quyosh botar zamon kattakon marohni (tuyalar turadigai joy) va uning yonida bu yerda yashovchilar boy-badavlat ekanini ko’rsatib turuvchi gumbazli chodirni ro’parasidan chiqdi. U "Marohda tuya, chodirda odam bo’lishi kerak", deb fikr yuritdi. Asta kelib, chodir ichiga mo’raladi. Ichkarida munkillagan chol o’tirardi. Musofir sezdirmasdan bir chetga yashirinib oldi. Quyosh botib, ozgina vaqt o’tgandan so’ng oyoqlari uzun, zotdor otga mingan qad-qomati kelishgan, basavlat bir chavandoz ikki xizmatkori bilan tuyalar uyurini haydab keldi. - Musofir yetti kun yo’l yurib, quyosh botar zamon kattakon marohni (tuyalar turadigai joy) va uning yonida bu yerda yashovchilar boy-badavlat ekanini ko’rsatib turuvchi gumbazli chodirni ro’parasidan chiqdi. U "Marohda tuya, chodirda odam bo’lishi kerak", deb fikr yuritdi. Asta kelib, chodir ichiga mo’raladi. Ichkarida munkillagan chol o’tirardi. Musofir sezdirmasdan bir chetga yashirinib oldi. Quyosh botib, ozgina vaqt o’tgandan so’ng oyoqlari uzun, zotdor otga mingan qad-qomati kelishgan, basavlat bir chavandoz ikki xizmatkori bilan tuyalar uyurini haydab keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |