Zatilishi mumkin. Ayrim bolalar mustaqil o‘tira olishadi



Download 45,83 Kb.
bet4/5
Sana23.04.2022
Hajmi45,83 Kb.
#576789
1   2   3   4   5
Bog'liq
BAXTIGUL

Qo`shimcha adabiyotlar
1. Raxmanova V.S. “Maxsus pedagogika”.-T.,”G‘afur G‘ulom”, 2004.
2. Engagig Deaf and Hard of Hearing Students in the School Librury: A Handbook for Teacher- Librarians NADENE EISNER. 2012 5-10.


3. Embracing Diversity: Toolkit for Creating Inclusive, Learning-Friendly Environments Specialized Booklet 3 Teaching Children with Disabilities in Inclusive Settings Published in 2015 by the United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization 7, place de Fontenoy, 75352 Paris 07 SP, France.
MA’RUZA MASHG’ULOTLARI
7-Mavzu


REJA

  1. Aqliy rivojlanish haqida umumiy ma’lumot


  2. Aqliy rivojlanishida nuqsoni b’olgan bolalar va ularning darajalari


  3. Aqliy rivojlanishida nuqsoni b’olgan bolalar bilan ishlash metodikasi




Tayanch so’zlar va iboralar : aqli zaiflik ijtimoiy mashqlar, asosiy vazifalar, korreksion pedagogik ishlar, harakatlarning rivojlanishi.
Rivojlanishning susayishi o‘zida tug‘ma yoki erta-orttirilgan bilishning susayishini namoyon etadi. Rivojlanishning susayishi jamiyat ichida o‘rganish va kurashishga bo‘lgan qobiliyatning yomonlashgan turli holat va tashxislar uchun umumlashtiruvchi atamadir.
AQShda “rivojlanishning susayishi” aqliy pasayish, serebral falajlik, autizm, turli genetik va xromosom kasalliklar (Daun sindromini o‘z ichiga oladi) kabilarni tasvirlash uchun foydalaniladi.
Birlashgan Qirollikda bu atama ,,bilishning buzilishi’’ atamasi bilan ma’nodosh sifatida qo‘llaniladi.
Boshqa joylarda bu atama xuddi biz ushbu manbada “Rivojlanishning susayishi” atamasini qo‘llaganimizdek, ko‘proq “aqli zaiflik” deb tilga olinadi.
Rivojlanishning susayishi bolalar populyatsiyasining qariyb 1%ida uchraydigan zaiflashuvlarning bir ko‘rinishi.
Ko‘pchilik davlatlarda rivojlanishi sust bolalar aqliy ko‘rsatkichlariga (IQ) ko‘ra qat’iy guruhlanishadi. Biz ushbu manbada IQga izoh berishdan chetlandik, chunki biz ko‘plab IQ standart test materiallari va ularning natijalari yaroqliligini tekshirdik. AQShda IQ testlarining irqiy va madaniy yondoshilishi uzoq o‘rganilgan. IQ testlari tug‘ma qobiliyatdan farqli o‘laroq, madaniy, ijtimoiy, diniy va iqtisodiy faktorlar orqali rivojlantiriluvchi qobiliyat ekanligi topilgan. Boshqa davlatlarda qo‘llaniluvchi testlar ham kelib chiqishiga ko‘ra kamchilik odamlar tomonidan boshqa yo‘nalishlarda ta’sir etilgan. Ushbu taxminiy yo‘nalish AQShda yaratilgan testlarning yo‘naltirilganligiga teskari natija beradi. Buning ustiga, IQ testlarning keng qo‘llanilishi belgilangan bolalar guruhining ma’lum kasallik belgilarining aniqlanishiga yo‘l boshlaydi. Avval bu ba’zi bolalarning uquvsiz va barcha turdagi bilim olishlardan mahrum bo‘lishini muhokama qilishga sabab bo‘lgan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bu bolalar jamiyatda o‘rinsiz va barcha rasmiy ilm olishlardan mahrum holda umr kechirishadi. Bu amaliyot BMT bola huquqlari konvensiyasi (1990) va BMT qobiliyatsiz kishilar huquqlari konvensiyasi (2006)ning eng katta muammolaridandir.
Rivojlanishning susayishi 4 ta umumiy darajaga bo‘linadi:

  • Sokin rivojlanishning susayishi – bola eshita va gapira oladi, lekin ma’lum fikrlarni tushunish ba’zi qiyinchiliklar va talaffuzida ba’zi chegaralarga duch kelishi mumkin. U ijtimoiy jihatdan kirishib keta oladi va o‘qishini tugallagach mustaqil hayot kechiradi.


  • O‘zini tutgan holda rivojlanishning susayishi – bola sinf mashg‘ulotlarida gapira, qatnasha va faol muloqot qila oladi. Uning shuningdek kundalik yoki mustaqil yashash malakalarni, ayniqsa, ijtimoiy malakalarni o‘rganishi foydalidir12.


  • Qat’iy rivojlanishning susayishi: bola belgilar va mimikali oddiy muloqotni tushuna oladi, ammo fikrini og‘zaki ifodalashda chegaralanadi. Garchi ko‘pchilik bolalar mustaqil hayotda katta muammolarga duch kelishgan bo‘lsalarda, muammolarning ba’zilari yengib o‘tilgan.


  • Favqulodda rivojlanishning susayishi: muloqot ko‘nikmalari juda cheklangan. Aloqa ko‘pincha turli tovushlar orqali amlga oshiriladi. Qolaversa, ba’zi bolalar gapirish qobiliyatidan cheklanishgan bo‘ladi. Ko‘pchilik bolalar kecha va kunduz g‘amxo‘rlik va e’tiborga muhtoj bo‘ladilar (24 soat).




Hamma bolalar o‘rgana olishlari (agar o‘rganish so‘zi o‘qish, yozish va arifmetikadan kengroq qbul qilinsa) va o‘rtoqlik va inkluziv tizimda bilim olish, g‘amxo‘rlik ko‘rish va himoyalanish huquqiga ega ekanliklarini esda tutish muhimdir.
Nerv jarayonlari muvozanati, bilish faoliyatining buzilganligi natijasida aqli zaiflikning yengil darajasidagi bolalarning hulq-atvorida ham bir qator kamchiliklar kuzatiladi.Qo‘zg‘alish va tormozlanish o‘rtasidagi muvozanat buzilganligi tufayli ayrim oligofren bolalar haddan tashqari jonsarak, serharakat, sho‘x bo‘ladilar va tormozlanish jarayoni ustun turgan bolalarda esa, aksincha, passivlik, bo‘shanglik, beparvolik, hech narsaga qiziqmaslik kuzatiladi va hokazo.
Aqli zaif bolalar vaziyatni yetarli darajada anglay olmaydilar, hatti-harakatlarni vaziyatga qarab, adekvat o‘zgartira olmaydilar. Ularda o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan tanqidiy munosabat birmuncha sust bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan bir qator kamchiliklarga qaramay, Aqli zaif bolalar bilan to‘g‘ri tashkil etilgan maxsus ta’lim-tarbiya ishlari natijasida korreksion pedagoglar ularni mustaqil hayotga tayyorlash, kasb-hunarga o‘rgatish borasida katta yutuqlarga erishmoqdalar. Maxsus yordamchi maktablarida ta’lim-tarbiya olib chiqqan bolalar hayotda o‘z o‘rnini topib, sanoat hamda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning turli sohalarida, maishiy hizmat sohasida faol mehnat qilib yashamoqdalar.Tarbiyachi va o‘qituvchilarning muhim vazifasi oligofren bolalarni boshqa aloxida yordamga muxtoj bolalardan ajratib, ularni iloji boricha ertaroq tegishli muassasalarda ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlab berishadi.

Horijda aqli zaif bolalarga ko‘rsatiladigan yordam
XX asrning so‘ngi o‘n yilliklarida (60 – yillar oxiridan 70 – yillar boshlarigacha) jamiyatning gumanizatsiyalashishi oqibatida, inson shaxsining so‘zsiz qadrli deb topilishi G‘arbiy Yevropa vaAQSh da umumiy va maxsus ta’lim, hamma bolalarni ta’limini rivojlanish muammosining demokratlashishiga sabab bo‘lgan jarayonlarga turtki bo‘ldi. Aqli zaif bolalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular uchun turli korreksion muassasalar yaratildi, ularni umumta’lim muhitiga integratsiya qilish jarayonlari rivojlandi. Bunga turli xalqaro tashkilotlar faoliyati muvaffaqqiyatga erishish uchun yordam beradi, masalan, YuNESCO, BMT, Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti, aqli zaiflikni ilmiy o‘rganish xalqaro assotsiatsiyasi, aqli zaiflarga ko‘maklashish jamiyatlari xalqaro ittifoq va boshqalar.
Og‘ir darajadagi aqli zaif bolalarni maxsus o‘qitish turli tashkiliy shakllarga ega va har bir davlatning madaniyati va iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog‘liq. Bir necha davlatlar misolida bunday bolalarga yordam tizimini ko‘rib chiqamiz.
Angliyada og‘ir darajadagi bolalar 1970 yildan beri maxsus ta’lim tizimiga kiritilganlar. Ular uchun maxsus maktablar, sinflar, mashq markazlari mavjud. Xususan, aqli zaiflikning og‘ir ko‘rinishidagi bolalar yopiq muassasalarga joylashtiriladi, bunday muassasalarning bir qismi shaxsiy va pullik.
Maxsus muassasalarga bolalar 5 yoshligida joylashtiriladi va individual dastur asosida o‘qitiladi. Kichik yoshda asosiy e’tibor sensor va nutqiy rivojlanishga, o‘ziga o‘zi xizmat qilish ko‘nikmalarini hosil qilish va predmetlar bilan turli harakatlarni amalga oshirishga qaratiladi. Katta yoshda esa tarbiyalanuvchilar turli mehnat operatsiyalariga o‘rgatiladi. Ular karton qutilar yig‘ishadi, avtomobil lampochkalarini qutichalarga joylash bilan shug‘ullanishadi, maktab dalasida mehnat qilishadi va hokazo.
Ta’lim dasturida bolalarga ijtimoiy xulq – atvor formalarini hosil qilish alohida o‘ringa ega. Haftada kamida bir marta o‘qituvchi bolalarni sayrga olib chiqadi va sayr davomida bolalar yo‘l belgilari bilan tanishishni, yer osti yo‘lidan foydalanishni, turli transport vositalaridan foydalanishni o‘rganadi. Bolalar o‘zini turli holatlarda qanday tutishni bilishlari kerak: masalan, do‘stinikida mehmonda, kutubxonada, tibbiyot mussasasida va hokazo. Ularni unchalik qiyin bo‘lmagan topshiriqlarni bajarishga o‘rgatishadi: pochta qutisiga xatni solish, kir yuvish xonasiga kiyimlarni olib boorish, mayda xaridlarni amalga oshirish. Barcha amaliy topshiriqlar bolalrni jamiyatga moslashtirishga qaratilgan.
18 yoshli o‘smirlar maxsus boallar mussasasidan kattalarni kasbiy tayyorlash kunduzgi markazlariga o‘tkaziladi.U yerda ma’lum ko‘nikma va bilimlarni (yog‘ochga ishlov berish, metallga bosma, yig‘ish ishlari) hosil qilgach, ular shu markazlarda mavjud ustaxonalarda ishlashlari va uyda yashashlari mumkin. Mahalliy hokimyat moliyaviy ko‘magiga tayanga nogironlar uchun ustaxonalar – “hokimlik ustaxonalari” tizimi keng quloch yoygan. Bunday ustaxonalar turli sohalarga xizmat qiladi. Ularda o‘yinchoqlar tayyorlanadi, yig‘ish ishlari amalga oshiriladi va hokazo.
Ba’zi yoshlar keyinchalik kurer, kafe yoki do‘konlarda yordamchi, e’lonlar yopishtiruvchi sifatida ishlashadi. Tarbiyalanuvchilarning bir qismi qishloq joylarga yuboriladi, ular u yerda ferma va bog‘larda ishlashadi.
Germaniyada bunday bolalarga ta’lim berish bir necha turdagi reabilitatsion – pedagogic muassasalarda amalga oshiriladi, bular; maxsus maktablar, tarbiyalanuvchilar uzoq vaqt turadigan turar joylar.
Maxsus maktab va kunduzgi maktablarda doimiy vrach nazorati va davolashiga ehtiyoj sezmaydigan bolalar ta’lim olishadi. Bu muassasalar uzaytirilgan kunlik maktablar kabi faoliyat yuritadi. Bu yerga kelgan bolalar yura olishlari, o‘ziga – o‘zi xizmat qilishlari va gigienik qoidalarni bilishlari shart. Psixik kasalliklar jidddiy tus olgan bolalar bu muassasalarga qabul qilinmaydi.
Maxsus muassasalardagi o‘qituvchilar umumpedagogik ma’lumotdan tashqari maxsus defektologik ma’lu motga ham ega bo‘lishlari shart.
Kunduzgi reabilitatsion markazlar korreksion – tarbiyaviy ishlardan tashqari diagnostika bilan ham shug‘ullanishadi. Bu maqsadda ular zamonaviy texnika bilan jihozlangan.
Tarbiyalanuvchilar uzoq vaqt davomida saqlanadigan uylarga og‘ir psixik holatdagi bolalar yuboriladi. Bundan tashqari bu muassasalarda u yoki bu sabablarga ko‘ra oilasidagn izolyatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan bolalar ham bo‘lishadi.
Bu mamlakatda anomal bolalar uchun patronaj13 amaliyoti ham keng qo‘llaniladi. Ularga vasiylik qiluvchi shaxslar davlatdan nafaqa olishadi.
Germaniyada aqli zaif kishilarni ishga joylashtirish va ularni huquqlarini himoya qilish haqida qonun mavjud, og‘ir ahvoldagi tarbiyalanuvchilar uchun aqli zaif shaxslarga ko‘maklashish jamiyatlari vasiyligi va nazorati ostidagi davolash – mehnat ustaxonalari tashkil etilgan va faoliyat yuritib keladi. Nogironlar ularni samaradorligiga muvofiq ish haqi olishadi, shuningdek rag‘batlantirish maqsadida mukofot pullari ham berib boriladi. Ulardan ba’zilarini, agar lozim topilsa, boshqa tashkilotlarga ishga o‘tkazishadi. Ular eloktro – montaj ishlari, ba’zi sodda detallar qolipi, tayyor mahsulotni qadoqlash bilan shug‘ullanishadi.
AQSh da 1975 – yilda qabul qilingan rivojlanishda nuqsonlari bor bolalarga ta’lim berish haqidagi qonun hamma bolalarni ta’limga layoqatli deb topdi.
Aqli zaif bolalar uchun maxsus maktablar, rvojlanish markazlari va xususiy maktablar tashkil etilgan. Bunday muassasalar uzaytirilgan kunlik maktablar kabi ish yuritadi. Ta’lim bola 5 – 7 yoshligida boshlanib, tarbiyalanuvchi 21 – 23 yoshiga yetganda nihoyasiga yetadi. Og‘ir ahvoldagi bolalar oilaviy tipdagi muassasalarga joylashtiriladi.
Bolalar bilan ishlash maxsus dastur asosida tashkil etiladi va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: sensomotor rivojlanish, ijtimoiy mashg‘ulotlar, o‘ziga o‘zi xaizmat ko‘rsatish, xo‘jalik – maishiy mehnat, musiqa, nutqni rivojlnatirish, yozuv va hisob. Dasturning har bir bo‘limi uchun qanaqa bilimlar va amaliy ko‘nikmalar o‘rganilishi aniq belgilanadi.
Masalan, “Xo‘jalik – maishiy mehnat” bo‘limi uchun dastur quyidagi amaliy ko‘nikmalarni belgilaydi: oddiy ovqatlarni tayyorlash, xona va hovlini yig‘ishtirish, tugma tikish, bolg‘a va otvyorka bilan ishlash va hokazo.
“Ijtimoiy mashg‘ulotlar bo‘limi” bolalarda jamiyatda o‘zini tutish ko‘nikmalarni tarbiyalashga, muloqot darajasi va faolligini oshirishga yo‘naltirilgan. Bolalar yo‘l harakati qoidalarini o‘rganishadi, jamiyatda o‘zini tutish bo‘yicha mashq qilishadi, shaharda joylashgan muassasalar bilan tanishishadi. Pedagog bilan do‘konlar, dorixonalar, kioskalar bilan tanishshadi, kichik xaridlar qilib ularni to‘lashni o‘rganishadi. Ular militsiya, tez yordam va o‘t o‘ciruvchilar telefon raqamlarini bilishlari shart. Bolalarni ijtimoiy moslashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlarga ota – onalarni jalb etish kata ahamiyatga ega.
Aqli zaif bolalarni ijtimoiy mehnat moslashuviga to‘xtaladigan bo‘lsak, mavjud qonunchilikka asosan bunday shaxslar ish joylari bilan to‘liq ta’minlanishlari shart. Ular bog‘bon, mashina yuvuvchi, omborxonalarda qadoq ishlari va hokazo sohalarda ishlashadi. Nogironlarni ishga olishni rag‘batlantirish maqsadida davlat ish beruvchilarga federal byudjetga to‘lanadigan soliqlarni kamaytiradi va boshqa bir qator imtiyozlar yaratadi.
Skandinavaya mamlakatlarida, xususan Shvesiyada bunday shaxslarga davlat yordami yuqori darajada amalga oshiriladi. Mamlakatda 1968 – yilda qabul qilingan aqli zaif kishilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonun aqli zaif kishilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonun aqliy rivojlanishda ortda qolgan bolalarni himoya qilib ularni ta’limga layoqtli deb topdi. Bolalar maxsus muassasalarga; maktablarga, rebilitatsion markazlarga, kunduzgi markazlarga yuboriladi.
Bu bolalar uchun maktab yoshi 6 dan 21 yoshgacha qilib belgilangan. Maxsus muassasalar pedagog – defektologlari va tibbiy xodimlari zarur tibbiy kuzatuv va korreksion ishlarni amalga oshirishadi, sog‘lomlashtirish metodlarini aniqlashadi (massaj, LFK, fizioterapiya, medikomentoz davolov), pedagoglar esa ular uchun individual o‘qitish dasturlari ishlab chiqardi. 18 yoshga yetgach o‘smirlar shu muassasalarda mavjud ustaxonalarga o‘tkaziladi, u yerda ular turli ishlar bilan shug‘ullanishadi, masalan: rangli mato bo‘laklarini turlarga ajratish, metalldan maishiy turmush uchun turli buyum va uskunalar yasash.
Shvesiyada reabilitatsiya xizmati turli tashkiliy shakllarga ega. Ba’zi shakllarda aqli zaif bolalar ijtimoiy xodimlar yordamida ijtimoiy maishiy ko‘nikmalarni o‘rganishadi, boshqa holatda esa qishloq joylarida bo‘lib qishloq ishlari bilan shug‘ullanishadi.
Niderlandiya maxsus ta’lim tizimi muammoli bolalarni ajratadi. Birinchi guruhga yengil darajadagi intellectual kamchiligi mavjud bolalar kiradi. Jiddiy muammoli bolalarga to‘htaladigan bo‘lsak, intellektning qo‘pol va yaqqol ifodalangan buzilishlari nazarda tutiladi. Jiddiy muammoli bolalar alohida maktab va sinflarda o‘qitiladi.
Vengriya va Polshada aqli zaif bolalr uchun turli tarmoqli muassasalar yaratilgan. Og‘ir va mujassam nuqsonli bolalar ijtimoiy ta’minot va sogliqni saqlash maktab – internatlariga joylashtiriladi. Yengil darjadagi rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar esa maxsus – maktab va sinflarda o‘qitiladi.
Maktab – internatlarda bolalar 3 – yoshdan 18 – 20 yoshgacha tarbiyalanidar. Tarbiyalanuvchilar bilan ishlash uchun turli dasturlar ishlab chiqarilgan. Kichik yoshlarda asosiy e’tibor nutqni rivojlantirishga, jismoniy tarbiyaga va o‘ziga o‘zi xizmat qilishga qaratiladi. Katta yoshlarda esa tarbiyalanuvchilarni asosan mehnat qilishga tayyorlashadi.
Bolalarning maxsus muassasada yashashi davomida ijtimoiy pedagog tomonidan tashkillashtirilgan kata ish olib boriladi. U ota – onalarga bolalarning o‘qishdagi va mehnat tayyorgarligi haqida siljishlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Agar sharoitlar yo‘l qo‘ysa va ota – onalar buni xohlashsa bolalar dam olish, bayram kunlari, qishki va yozgi ta’tillarni uyda o‘tkazishadi.
Maktab internatlaridan tarbiyalanuvchilarni kattalarga mo‘ljallangan psixonevrologik muassasalarga yoki rebilitatsion ustaxonalarga jo‘natishadi. U yerda ularni sanoat sharoitlari yengillashtirilgan korxonalarda ishlashga tayyorlashadi. Mehnat samaradorligidan qat’iy nazar nogironlarga maosh va nafaqa tayinlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan. Bu bolalarni tarbiyalashni asosiy vazifalari atrof – muhit haqidagi tushunchalarini kengaytirish, nutqni rivojlantirish, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘nikmalarini hosil qilish, jismoniy tarbiya.
Maktab yoshidagi bolalar o‘z o‘quv rejasi va dasturiga ega bo‘lgan maxsus maktablarda ta’lim olishadi.
9 yilga mo‘ljallangan ta’lim jarayoni uch bosqichdan iborat va har bir bosqich uch o‘quv yilini o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda nutqni rivojlantirish, sensorika, o‘yin, predmet amaliy faoliyat, jismoniy tarbiya ustidan ish olib boriladi.
Ikkinchi bosqich davomida asosiy e’tibor o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishga ko‘nikmalarga va xo‘jalik – maishiy mehnatga asosiy e’tibor qaratilgan. Shu bilan birgalikda bolalarga elementar yozuv va hisobni o‘qitish bo‘yicha ish olib boriladi va u qat’iy amaliy xarakterga ega. Bu bosqichda o‘quvchi umum ta’lim bilimlarini o‘zlashtirishga moyilliklari aniqlandi, yoki bola bilan faqat mehnat mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilanadi.
Uchinchi bosqichda hamma o‘quvchilar o‘zlarini psixo – fizik imkoniyatlariga qarab A, B guruhlariga ajratiladi.
A guruhdagi o‘quchilar bilan yozuv va hisob ta’limi davom ettiriladi.
B guruhdagi bolalar esa amaliy ko‘nikmalar hosil qilishadi. Ikkala guruh bilan ishlashda ham asosiy e’tibor o‘quvchilarni samarali mehnatga tayyorlashga qaratiladi.
Maxsus ta’lim tugallangach o‘smirlar himoyalangan ish o‘rinlariga ega alohida ishlab chiqarish korxonalariga yuboriladi.
Hozirgi vaqtda Yaponiyada maxsus ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri og‘ir va ko‘plab nuqsonli bolalarni o‘qitishni yanada mukammallashtirish hisoblanadi. Bu vazifani hal etish uchun maxsus ta’lim Milliy institutida ushbu muammo yechimiga qaratilgan izlanishlar olib borilmoqda, o‘qituvchilar uchun kurslar o‘tkazilmoqda.
Ushbu maktablarda aqli zaif bolalarni o‘qitish maxsus maktablarda, kunduzgi reabilitatsion markazlarda amalga oshiriladi. Ko‘pgina maxsus maktablar maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga, o‘rta va yuqori sinflarga ega. Maktabning asosiy maqsadi – bolalarni hayotga va mehnatga moslashtirish, shuning uchun yaxshi jihozlangan va nurli sohalarda tayyorlashga mo‘ljallangan ustaxonalarda ishlashga katta ahamiyat beriladi. Agar o‘qish tugagach, tarbiyalanuvchi ishga joylasha olmasa, u ushbu ustaxonalarda ishlashga qoladi.
Ta’kidalb o‘tilganidek, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda og‘ir aqliy yetishmovchilikka ega bolalar umumta’lim tizimiga jalb etilgan. “Umumiy oqimga jalb etish” masalalari bu bolalarni tarbiyalash va o‘qitishni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Germaniyada chuqur darajadagi aqli zaif maktabgacha yoshdagi bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida bo‘lishadi. Bu maktabgacha ta’lim muassasalari tibbiy – reabilitatsion yo‘nalishli maxsus muassasalar, shuningdek oila va bolalik muammolari bo‘yicha masalahatchilar bilan yaqin hamkorlikda ish olib boriladi. Maktab yoshiga yetgach, bolalar ikkinchi pedagog – defektolog mavjud oddiy sinflarda, yoki umumta’lim maktabining maxsus sinfida o‘qish imkoniga ega.
Angliyada ta’lim haqidagi aktga asosan (1981) asosan imkoniyatlari cheklangan bolalar umumta’lim muhitiga jalb etilgan. Xususan, ko‘pgina grafiklarda og‘ir aqli zaif bolalar oddiy maktablarning alohida dasturli maxsus sinflarida ta’lim ola boshlashadi.
Skandinaviya mamlakatlari, masalan Shvesiyada daun – bolalar boshqa sog‘lom bolalar bilan birgalikda bog‘cha va yaslilarga berishadi. Keyinchalik ularning ko‘pchiligi pedagog – defektologlar bor oddiy sinflarda o‘qishadi. Daun sindromli katta kishilar kur’er, bog‘bon yordamchisi bo‘lib ishlashadi.
AQSh da aqli zaif bolalarni ta’lim tizimiga jalb qilish jarayonlarining rivojlanishi 1990 – yillarga to‘g‘ri keladi va bu quyidagi qonunlar bilan bog‘liq:
“Aqliy rivojlanmaganlikni Amerikaliklar”, “Rivojlanishda buzilishlarga ega shaxslarga yordam berish haqida” va boshqa hukumat hujjatlari. Bular bilan birgalikda maxsus sinflarda ishlovchi mutaxassislarni tayyorlashga mablag‘ ajratila boshladi.
Ko‘pgina shtatlarda amaldagi qonunchilikka asosan aqliy kamchiligi bor bolalar oddiy sinflarda, yoki umumta’lim maktablarning maxsus sinflarida o‘qish huquqiga ega. Maxsus dastur asosida shug‘ullanar ekan, bu bolalar shuningdek, sog‘lom tengdoshlari bilan tasviriy san’at, musiqa, jismoniy tarbiya, mehnat darslariga jalb etiladi.
Integratsiyalangan ta’limning ijobiy tomonlari haqida muyaxasis fikrlari bir – biriga mos keladi. Rivojlanishda nuqsoni bor bolalar uchun uning asosiy qulayliklari, ular me’yorda rivojlanayotgan tengdoshlari bilan ijtimoiy aloqada bo‘lishadi. Sog‘lom bolalarga keladigan bo‘lsak, bunday ta’lim tizimi tolerantlik, hamdardlik va yordamga muhtoj bolalarga yordam berish tuyg‘usini tarbiyalashga qaratilgan.
Shunga qaramasdan integratsiya masalasining salbiy tomonlari ham bor. Umumta’lim maktab o‘quvchilari aqli zaif bolalarni sog‘lom bolalar bilan o‘qishiga qarshi fikr bildirishyapti. Shuningdek, sog‘lom bolalarniing ota – onalari ham bunga qarshi va buni me’yorda rivojlanayotgan bolalar o‘quv dasturini to‘liq hajmda o‘zlashtirmaganliklari bilan izohlashmoqda.
Ko‘pgina davlatlarda aqli zaif o‘quvchilarga yordam beruvchi ijtimoiy qo‘mitalar va assotsiatsiyalar tashkil etilgan, ular asosiy e’tiborni bunday shaxslarni ijtimoiy va mehnat adaptatsiyasiga qaratilgan. Xususan, AQSh da “Daun sindromi” milliy jamiyati tashkil etilgan. Yevropada esa “Daun sindormi” Yevropa assotsiatsiyasi tashkil etilgan. Bunday bolalar ota – onalari uchun ko‘plab adabiyotlar chop etilmoqda. Masalan; Italiyada “Daun sindromi” jurnali, Angilyada “Ota onalar” jurnallari chop etilmoqda, ularda bunday bolalar o‘ziga xos jihatlari va ular bilan ishlash metodlari bayon etilgan.
Defektolog mutaxassislar va ota – onalar o‘rtasidagi aloqa ijtimoiy pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘pgina maktablarda uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun ularni psixofizik rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqarilgan va ota – onalar bola hayotining dastlbaki kunlaridanoq shu dastur asosida ish olib borishadi.
Shu tariqa aqli zaif bolalarni o‘qitish va tarbiyalash masalasi turli shakllarda o‘z yechimini topadi, buning uchun ko‘p tarmoqli datur tashkil etiladi. Bular maxsus maktablar, sinflar va kunduzgi markazlar. Bunday muassasalar o‘ziga xos jihatlaridan biri bola va oila bilan doimiy aloqani saqlab qolish. Bolalarni ma’lum qismi asosan og‘ir psixik buzilishli bolalar, oilaviy tundagi uylarda tarbiyalanadi.



Download 45,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish