8
Bunda o„qituvchining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirishning
yuqori darajasi quyidagilarda namoyon bo„ladi:
- ta‟lim jarayonining ijobiy yo„nalishga egaligi vamanipulyasiya hamda
e‟tiborsizlik reaksiyasining mavjud emasligi,shuningdek, o„zaro muloqotlarda
dialogik shakllarning(boshqa insonga muloqotda unga qadriyat sifatda qarash
nazarda tutiladi) va ta‟limga yordam berishning umumiy strategiyasi ustunlik
qilishida;
- o„qituvchi tomonidan pedagogik muloqotda suhbatdoshidan yoki butun
auditoriyadan umumiy qanoatlanganligi o„zining huquqiy holat (status)iga o„z-
o„ziga baho berishning yuqori darajasida;
- foydalanayotgan kommunikativ usullarning variantliligida va o„qitishning
tanlangan uslubida aynan bir xilligida, shuningdek, pedagogik muloqotning butun
vaziyatida.
Test, shaxsni guruh bo„lib baholash, ekspert baholashi, sotsiometriya kabi
ko„plab metodlarni qo„llash, bizga nafaqat umumiy darajani, dinamikani ham,shu
bilan birga bo„lajak o„qituvchilar shaxsining kommunikativ kompetentliligini oliy
o„quv yurtida o„qish jarayonida rivojlanish omillarini aniqlash imkonini beradi.
Talabalarda shaxsning kommunikativ kompetentliligini butun integratsiyalangan
qurilish dinamikasining yuzaga kelishi va rivojlanishini tavsiflovchi ruhiy-
pedagogik mayl, asta-sekinlik bilan ijtimoiy-ruhiy kompetensiyalarni o„zlashtirib,
atrofdagilarni bilish asoslarini shakllantirishga o„tishni, shuningdek, buning
asosida o„zini individual ijtimoiy-perseptiv idealini va pedagogik muloqotda o„z-
o„zini idora qilishni bildiradi.
Xulosa sifatida bo„lajak o„qituvchida kommunikativ kompetentlikning mavjud
bo„lishi, nafaqat biror bir ma‟lumotni etkazish samaradorligi, boy lug„at zaxirasi,
nutq madaniyati, til vositalarining to„g„ri tanlaganligini belgilashi mumkinligini,
shu bilan birga turli-tuman ijtimoiy vaziyatlarda muloqotni, shuningdek boshqa
insonlar bilan muloqot jarayonida, o„z shaxsiy ma‟naviy-axloqiy holatini tartibga
solishni boshqarish mahoratini ta‟kidlash mumkin.
O„qituvchining kasbiy tayyorgarligi qanday bo„lishidan qat‟i nazar, u avvalo,
o„ziga xos xususiyati, fazilatlari, ya‟ni qiziqishlari, muloqotning ustun bo„lgan
uslubi, qadriyatlari, dasturi va shu kabilarga egainson hisoblanadi. Bularning
barchasi uning kasbiy faoliyatining o„ziga xos xarakterini belgilaydi, u pedagogik
ta‟sir ob‟ektining boshqa xususiyatlariga mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin.
(ham yakka, ham hamkorlikda). Ta‟sirning natijasi shunga bog„liq ravishda bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: