Qiyosiy deprivatsiya - o‘z holatini boshqalarning holatiga nisbatan yomonroq deb idrok qilishdir.
II.Bob. SHaxsning refleksiv xususiyatlari va agressiyaga moyilligi diagnostikasi
II.Bob. SHaxsning refleksiv xususiyatlari va agressiyaga moyilligi diagnostikasi
2.1. SHaxsning muloqot jarayonida refleksiv xususiyatlari diagnostikasi Muloqot shaxsning eng muhim ijtimoiy-psixologik xususiyati xisoblanadi. CHunki, muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to‘g‘riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog‘liqdir.
Rus psixologi A.A.Bodalev muloqot jarayonida insonni inson tomonidan idrok etish mexanizmlarga identifikatsiya, refleksiya va stereotipizatsiyani kiritadi. Ularning xar biri muloqotdoshlarni turli omillar bilan bog‘lab bir birlarini idrok etishlarini anglatadi.
Refleksiyani aniqlaydigan testdan foydalandik.Ushbu test 20 ta savoldan iborat bo‘lib, snaluvchilar savollarga “Ha” yoki “Yo‘q” deb javob berishlari so‘raladi.
Quyida test tarkibiga kiritilgan savollarini ketiramiz;
1. Inson hayotda faqat o‘z fikri bilan yashashi lozim deb o‘ylayman.
2. Tanishlarimning men haqimda qanday fikrlashlari men uchun muhim emas.
3. Qanchalik harakat qilmang boshqalar diqqat e’tiboriga tushish qiyin.
4. Odamlar meni qanday odam deb o‘ylashlarini bilishni istar edim.
5. Boshqalarnng tashvishlari menikidan ha ko‘pligini tasavvur qilaman.
6. “Pichoqni avval o‘zingga ur, og‘rimasa boshqaga ur” degan mavol mening fikrim bilan bir xil.
7. Do‘stimning boshiga tushgan tashvish meni bezovta qilmaydi.
8. Imtihondan qoniqarsiz baho olganlarning xafagarchiliklari kuchli.
9. Tengdoshlarimni ranjitib qo‘ymaslikka harakat qilaman.
10. Jonivorlarni qiynagan kishilarni hissiz odamlar deb hisoblayman.
11. Odamlar bir-birlarini qo‘llab quvvatlashlari kerak deb o‘ylayman.
12. Mening boshimga tushgan tashvish boshqalarni tashvishlantirmasligiga ishonchim komil.
.
13. Boshqalarning kayfiyati menga tezda ta’sir ko‘rsatadi.
14. Ba’zi odamlarning taqdiri ayanchli.
15. Befarq kishilar hayotda ko‘proq foyda ko‘radilar.
16. Yig‘layotgan kishini ko‘rsam ko‘nglim buzilib ketadi.
17. Odamlarga yoqadigan ishlarni qilish shart emas deb o‘ylayman.
18. YOmon gap hammaga bir ta’sir qiladi.
19. Omadli kishilarga havasim keladi.
20. Mening xursandchiligim tanishlarimni qiziqtirmaydi.