Zardushtiylikning vujudga kelishi. Avesto zardushtiylikning muqaddas kitobi Reja



Download 20,96 Kb.
Sana13.04.2020
Hajmi20,96 Kb.
#44303
Bog'liq
zardushtiylik

Zardushtiylikning vujudga kelishi. Avesto zardushtiylikning muqaddas kitobi

Reja:

  1. ZARDUSHTIYLIK DININING PAYDO BO’LISHI

  2. «AVESTO- ZARDUSHTIYLIK DININING MUQADDAS KITOBI

  3. ZARDUSHTIYLIK TA’LIMOTI


ZARDUSHTIYLIK DININING PAYDO BO’LISHI

Bundan qariyb 2600 yil muqaddam hozirgi Markaziy Osis hududida uluG’ tarixiy shaxs - ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim, jahon xalqlariga vatandoshimiz -Zardusht Sepitoma dunyoga kelgan edi (miloddan avval-gi 589—512 yillar).

Diniy rivoyatlarga qaraganda, Zardusht Navruz kunlarining birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik bulgan «Xaoma» tayyorlashga kirishgan. Erta tong pallasida u daryodan suv olish uchun qirg’oqqa tushgan. Suv olib bo’lgach, bir yo’la tahoratini yangilayotgan Zardushtning ko’ziga qirg’oqda turgan porloq xilqat -«Voxumana» kurinadi va uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, u ezgu va ulug’ xudo Axuramazda huzuriga boradi.

Axuramazda o’zining butun borliqni yaratgan xudo ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi. (Bu vaqtda Zardusht 40 yoshga tulgan yedi). Shu kundan boshlab Zardusht Axuramazda dinining payg’ambariga aylanadi. Endi u o’z qavmlari orasida Axuramzada dinini targ’ib eta boshlaydi. Buning uchun u «Gatlar» (Xatlar) deb atalgan, qo’shiq qilib aytishga muljallangan shs’rlar yaratadi.

40 yoshida Zardusht avvalgi ko’pxudochilik diniy tasavvurlariga hamda tabiat hodisalariga sig’inish e’tiqodlariga qarshi chiqib, yakkaxudochilikka asoslangan kitobiy din - Zardushtiylik dinini yaratgan. Zardusht dastlab mahalliy qabilaviy dinlarning rohiblaridan biri edi.

Ayni paytda, Zardusht yashagan zamon ibtidoiy munosabatlar o’rnini sinfiy jamiyat, qadimiy davlatchilik asoslari egallayotgan, biroq, mahalliy-qabilaviy dinlar jamiyat taraqqiyotining bu yangi bosqichiga to’sqinlik qiluvchi kuchga aylanib qolgan davr edi. Jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichi o’zining to’la shakllanishi uchun kuchli mafkuraga muhtoj edi. Bundan tashqari, bu murakkab davrda o’lkaning turli qabilalarini birlashtirish va ularni ilk markazlashgan davlatchilik g’oyasi atrofida uyushtirish zaruriyati ham tugilgan edi. Zardusht yashagan davr Janubi-G’arbiy va Markaziy Osiyoda ko’ch-manchilikka asoslangan turmush tarzi inqirozga uchrayotgani, u o’troqlik turmush tarzi qaror topayotgani, sug’oriladigan dshqonchilik hamda chorvachilik, hunarmandchilik keng taraqqiy yetayotgani, yangi shaharlar, qishloqlar bunyod bo’laytganligi, utroqlik turmush tarzi har jihatdan afzal kurinishi bilan ham xarakterli edi. Sundhay turmush tarzini barqaror qilish, odamlarga, xalqlarga g’oyatda kulfat keltirayotgan hamda aksariyat bosqinchilik tusini olgan kuchmanchilikka qarshi kurash habiy ehtiyojga aylangan edi. Bu ehtiyojni hammadan ko’p anglab yetgan donishmand Zardusht bo’ldi. U inqirozdan qutulish, xalqlar, qabilalarni birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning birdan-bir yo’li — bu yakkaxudolikka o’tishdan iborat deb bildi va butun ongli faoliyatini, hayotini ana shu muqaddas ishga bag’ishladi, shu muqaddas maqsad yo’lidagi kurashda halok buldi.

Yagona xudoga ishonishgina jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tara oladi, deb hisoblardi Zardusht.

Zardushtiylikning vatani Markaziy Osiyodir. Bu faktning tug’riligini bu dinning muqaddas kitobi

- «Avesto» ham isbotlaydi. Chunonchi, bu dinning muqaddas kitobi — «Avesto»da yakkayu-yagona xudo Axu-ramazda yaratgan 16 mamlakatdan 9 tasining nomi Janubi-G’arbiy va Markaziy Osiyodagi viloyat va shaharlardir. 2 tasi afsonaviy bo’lsa, qolgan 5 tasi Hindiston, Ozarbayjon va Armaniston hududlariga to’g’ri keladi.

«AVESTO- ZARDUSHTIYLIK DININING MUQADDAS KITOBI

Axuramazdaning rasmiy tus olishiga qadar uning Zardusht orqali vahiy qilingan ilohiy xabarlari Turon va Eron zamini xalqlari orasida asrlar davomida turli diniy marosimlar, duolar, madhlar, sura va oyatlar sifatida yig’ila boshlagan. Bular Zardushtning o’limidan keyin muqaddas kitobga to’plangan va bu kitob «Avesto» deb atalgan (o’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar)1.

«Avesto» haqida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy-ning «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli asarida yozib qoldirilgan. Jumladan, bu asardagi quyidagi fikrlar diqqatga sazovordir: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor yedi. Iskandar (A.Makedonskiy) otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat yetuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun Avestoning beshdan uchi yuqolib ketdi». Binobarin, «Avesto» A.Maksdonskiyning Osiyoga qilgan harbiy yurishlariga qadar mavjud edi. «Avesto» A.Makedonskiy hukmronligi tugagach, miloddan avvalgi 25Oyilda arshohiylar davrida yana tiklana boshlangan va yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Milodning PT asrida esa sosoniylar podshosi Shopur I davrida kitob holatiga keltiril-gan. «Avesto»ning tiklangan kitoblaridan 3 tasi asl tilida, bittasi eesa pahlaviy tilida tiklangan.

Ulkaning arab bosqinchilari tomonidan istilo etilishi va Islom dinining tarqalishi natijasida zardushtiylik dini, uning muqaddas kitobi «Avesto» qattiq ta’qibga olingan. Natijada Eron zardushtiylaridan bir qismi sharqiy o’lkalarga, xususan, Hindistonga ko’chib ketib jon saqlaganlar. Ularning avlodlari hozirgi kunda Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida zardushtiylikni saqlab kelayotirlar. Ular forslar (ba’zi adabiyotlarda parslar) deb ataladi. Ular nafaqat zardushtiylikni, ayni paytda uning muqaddas kitobi «Avesto»ni ham saqlab kelmoqdalar. Biroq, «Avesto» to’la saqlanmagan. Uning 21 kitobidan diniy marosimlar uchun eng zarur deb hisoblangan, odatda, asosan, diniy jamoalarda yod olinadigan qismlarigina saqlangan, xolos.

Biz yuqorida Avestoning tiklangan kitoblari haqida qayd yetib o’tgan edik. Bu tiklangan (4 ta kitob) kitoblarning birinchisi «Vadovdot» (Devlarga qarshi qonun) deb ataladi. U 22 bob bo’lib, asosan Zardusht bilan Axuramazdaning savol-javoblari va muloqotlaridan iborat. Ikkinchi kitob «Yosin» deb ataladi va uning mazmunini asosan Zardushtning xatlari (nomalari) yoki gatlari tashkil etadi. U 72 «Ha», ya’ni bashoratdan iboratdir. Birinchi bashoratda tabiat va halolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir Axuramazdaning vahiylari haqligiga iymon keltirishga doir duolar mavjuddir.

«Avesto»ning uchinchi kitobi «Visporat» deb nomlangan. U 24 bobdan iborat bulib, olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat nomozlari yig’indisi ham deyishadi. U ayni paytda «Yosin»ga qo’shimcha hisoblanadi.

To’rtinchi kitob «Bundaxash» deb atalib, u qadimiy eron tilida — pahlaviy tilida yozilgan. U xudoni zolim kuchlarga qarshi kurashda ulug’lovchi o’ziga xos qadimiy qo’shiqlardan iborat, qo’shiqlari 22 tadir.

«Avesto» haqida eng muhim manba IX asrga oid «Denkard (Din amallari) asaridir, Unda «Avesto»ning 21 kitobi to’la ta’riflab berilgan. Bu ta’ riflar: savobli ishlar yo’riqnomasi; diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik ta’-limoti asoslari; dunyoning Axuramazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning tug’ilishi va bolaligi; haq yo’lini tutishi; jamiyat a’zolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir.

Zardushtiylik dini haqida ingliz olimi Dj. Buger, fransuz olimi A.Dyupperon juda qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Masalan, A.Dyupperon 1755 yilda Hindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar orasida 3 yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o’rgangan va «Avesto»ni fransuz tiliga tarjima qilgan. 3 jildlik tarjima 1771 yilda nashr yetilgan. Ayni paytda shuni ham ta’kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, «Avesto» G’arbiy Evropa, Eron va Hindiston tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi nomlar, terminlar aksariyat hollarda asliga to’g’ri kelmaydi. «Avesto»dagi turkona jihatlar kam qolgan.

ZARDUSHTIYLIK TA’LIMOTI

Bu dinning ta’limotiga ko’ra, xudo Axuramazda «Oliy ibtido»dir. U hamma mavjudotni yaratuvchi va boshqaruvchi Oliy ruh. Uning na xotini, na farzand-lari bor. Axuramazdaning 6 nafar eng yaqin yordamchisi bo’lgan. Bular — Vohu Manah (ezgu fikr) poda va chorvani boshqargan; Asha Vahishta (yuksak haqiqat) olovni boshqargan; Xshatra Varьya (munosib qudrat, hokimiyat) ma’danlarni boshqargan; Siyenta Armati (muqaddas itoat) erni boshqargan; Xarvatat (salomat-lik) suvlarni boshqargan; Amyeryetat (mangulik) o’simliklar dunyosini boshqargan.

Axuramazda butun mavjudlikning ikki oliy ibtidosi — ezgulik va yovuzlik haqida vahiy qiladi. Bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan bu kuchlar har doim birgalikda mavjud bo’lib, ular hayot va o’lim, osmon va jahannam ma’nolarini anglatadi. Jahannam hayotning eng yomon onlaridir. Osmon esa ruhning eng yuksak holati sifatida gavdalanadi. Borliqdagi yovuzlik va nomukammallik narsalar va hodisalarning mohiyatidan kelib chiqadi. Ularni bartaraf etish esa, istiqboldagi ish bo’lib, imonli kishilar bu jarayonda faollik kursatishga da’vat etiladi. Ular Axuramazda yuborgan qonunlar, tartibotlar, o’git-nasihatlarga amal qilsalar, ezgulik, yovuzlik ustidan tantana qilib boraveradi.

Olam qarama-qarshilik kurashi asosida qurilgan. Bu hol jismoniy narsalarda yorug’lik va zulmat; tirik tabiatda hayot va o’lim; ma’naviy olamda ezgulik va yovuzlik; ijtimoiy hayotda esa adolatli qonunlar

bilan qonunsizliklar o’rtasidagi kurashlarda o’z ifodasini topgan, Din ezgulikni qaror toptirish ruhi bilan yovuzlik o’rtasidagi kurashga asoslanadi. Axuramazda ezgulikni vujudga keltiraveradi, yovuzlik ruhi bo’lgan Axriman esa unga qarshi kurashib odamlarni yomon ishlarga boshlayveradi.Ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi doimiy kurashda oraliq yo’l yo’q, shuning uchun har bir odam bu kurashning u yoki bu tomonida ishtirok etishga majbur. Shuning uchun dindorlikda iymon-e’tiqod barkamollik nishonasi sifatida muhim o’rin tutadi, u odamlarga ezgulikni yovuzlikdan farqlash imkonini beradi. Iymon-e’tiqodli odam albatta ezgulik tarafida turadi.

Zardushtiylik iymoni 3 tayanchga — fikrlar sofligaga; so’zning sobitligiga; amaldorlarning insoniyligiga asoslanadi.

Odamlar o’z istaklarida xolis bo’lishlari; bir-birlari bilan murosa qilib yashashlari; qonunsiz ishlardan uzlarini tiyishlari lozim.

Bergan so’zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiqda shartnomalariga qat’iy rioya qilish, qarzni vaqtida to’lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo’lish kabilar iymonlilik alomatlaridir.

Zardushtiylik ta’limotida tuproq, suv, havo va olov muqaddaslashtirilgan. Tuproq, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish eng og’ir gunohdir. SHuning uchun ham marhumlar erni, suvni, havoni zaharlab qo’ymasin deb, ularning jasadlari maxsus idishlarda ko’milgan.

yerga yaxshi. soglom urug’lar sepishdan ortiq savob ish yo’q. Ekin ekish yerdagi yovuzliklarga barham berish, demakdir.Zardushtiylik ta’limoticha, bu borliq, dunyo odam uchun sinov maydonidir. Zardushtiylik ta’limotida Odam Ato haqidagi fikrlar o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. U Iyim nomi bilan atalgan bu dinda. Insoniyat Iyim podsho bo’lgan davrlarda baxt-saodat makonida kasallik va o’lim ko’rmay yashagan. Iyim odamlarni, hayvon va qushlarni parvarishlagan, Yer yuzida qizil shu’lali olovni ko’paytirgan va 900 yil umr kurgan. Axuramazda Iyimga oltin nayza bilan oltin qamchi sovg’a qilgan. Yer odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganida, Iyim nayzani erga suqib, xudodan unikengaytirishni suragan va bunga erishgan. Axuramazda Iyimga muzlik davri kelayotganining xabarini bergan va bu ofatning oldini olishni aytgan. Iyim maxsus uy qurib, hamma hayvon va usimliklarning eng yaxshi: zoti hamda navidan bir juftdan saqlab qolgan.



Iyim qanchalik jasorat ko’rsatmasin, u o’z imkoniyatlariga ortiqcha baho beradi, mag’rurlanib ketadi: va xudo man etgan ne’mat — qoramol go’shtini yeb quyadi. Oqibatda u xudoning qarg’ishiga uchraydi, endi odamzot abadiylikdan mahrum bo’ladi. Endi odamzot tiriklik tavshishlariga, ya’ni yeb-ichish zaruriyatiga, kasallik va o’limga yuzma-yuz bo’ladi. Axriman Axuramazda tanidan ajralib chiqib yovuzliklar yaratishga tutinadi. Endi odamzot hayotining birinchi davri tugab, ikkinchi davri boshlanadi. Bu davrda dunyo azaliy ezgulik bag’riga qaytarilishi uchun kurash boshlanadi. Dunyoni azaliy ezgulik bag’riga qaytarishning birdan-bir yo’li esa pok hayot; halol mehnat; yaratuvchanlik; yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash; iymonli-e’tiqodli bo’lish; miskinlarga yordam berish; yaxshi niyat va yaxshi so’zdir.Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning diniy islohoti bilan bog’liq bo’lib, u din va iymon uchun beomon kurashdan iboratdir. 3000 yillik kurashdan so’ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda osoyishtalik va farovonlik davri yuzaga keladi, yovuzlik timsoli bo’lgan dev — Axriman yengiladi. Uchinchi davrda qiyomat-qoyim boshlanadi va uliklar tirilib, xudo huzuriga o’z qilmishlari haqida hisob bergani borishadi. Hamma ishlardan xabardor bulgan va hisob-kitob qilgan xudoni aldab bo’lmaydi.Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, odam o’lganidan so’ng, uning joni 3 kun davomida tanada turadi, 4-kuni o’z mahrami — go’zal qiz qiyofasidagi farishta yo’lboshchiligida narigi dunyodagi «Chinvot» (qil ko’prik) degan ko’prikdan o’tishi kerak. Ezgu ishlar qilgan odamlar uchun bu ko’prik kengaygan holda turadi, ular undan bemalol o’tib, jonlari abadiy rohat-farogatda ketadi va oxiratda, o’liklar tiriladigan kunda o’z tanalariga kirishni kutib yotadilar. yovuz ishlar bilan shug’ullanganlarga esa «Chinvot» ko’prigi qilday torayadi va ular jahannam azoblariga mahkum bo’ladilar. Yaxshilar yana o’z tanalaidda yashashni davom ettiradilar. Odamlar dunyoga har 3 ming yilda qaytib turadilar.


Bugungi kunda Zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi aholi Hindistonning Bombay, Gujarot shtatlarida, shuningdek, kam sonli bo’lsada Eronda yashaydi.
Download 20,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish