Yangibozor tumanidagi 1-son umumiy o`rta ta’lim maktabining tarix fani o`qituvchisi Ashirov Bog`ibekning “Zardushtiylik dini” mavzusida o`tkazgan ochiq darsi bo`yicha yig`ilish
Bayonnomasi
21.11.2021 Yangibozor shaharchasi
Yig`ilish raisi: Z. Masharipova
Kotibi: M. Tukliyeva
Qatnashdi: ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
G. Panayeva, matematika fani o`qituvchisi N. Rahimova, R.Tojiboyev, rus tili fani o`qituvchisi J.Sodiqova, tarix fani o`qituvchisi N.Xolmetova va boshqalar
Kun tartibida
Yangibozor tumanidagi 1-son umumiy o`rta ta’lim maktabining tarix fani o`qituvchisi Ashirov Bog`ibekning “Zardushtiylik dini” mavzusida o`tkazgan ochiq darsi haqida
Eshitildi
Kun tartibidagi masala yuzasidan Yangibozor tumanidagi 1-son umumiy o`rta ta’lim maktabining O`TIBDO` Z.Masharipova so`zga chiqib, tarix fani o`qituvchisi Ashirov Bog`ibekning “Zardushtiylik dini” mavzusida o`tkazgan ochiq darsi haqida gapirdi. Dars to`g`ri tashkil qilindi.O`quvchilarning darsga qiziqishi, o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi munosabatlar yaxshi. Guruhlar o`rtasidagi musobaqa qiziqarli bo`lib o`tdi. Dars o`tish vaqti to`g`ri taqsimlangan. Mavzuga oid ko`rgazmali qurollar va video materilallardan foydalandi. Dars mazmunli bo`lib o`tdi. Guruhlar Zardushtiylik dini haqida ma’lumotlar berib bordilar. Sardorlar bahsi ham yaxshi tashkil etildi.
Zardushtiylik dini tarixi haqida faqat o`quvchilar emas, o`qituvchilar ham ma’lumotlarga ega bo`lishdi.
Muzokaradagi fikr:
Dars mobaynida guruhlar o`rtasidagi musobaqa orqali o`quvchilar zukkolikka undaldi. Darsda mavzuga doir foto va video materiallari mavjud. O`quvchilar uch guruhga bo`linishdi.
Darsda o`quvchilar faolligi yaxshi. Guruhlarga berilgan mustaqil ish hamda test topshiriqlari darsni yanada mazmunli bo’lishiga xizmat qildi.
“Hikoya”, “ Blits savollar”, “ Test”, “Debat” kabi metodlar darsni mazmunli va yanada tushunarli bo`lishiga xizmat qildi.
Shuningdek, Zardushtiylik dini, marosimlari, muqaddas kitobi urf-odatlari haqidagi ma’lumotlar o`quvchilar hamda o`qituvchilar uchun qimmatli bilimlarini yanada oshirishga zamin yaratdi. Yuqoridagilarni inobatga olib
YIG`ILISH QAROR QILADI:
Yangibozor tumanidagi 1-son umumiy o`rta ta’lim maktabining tarix fani o`qituvchisi Ashirov Bog`ibekning “Zardushtiylik dini” mavzusida o`tkazgan ochiq darsi na’munali deb topilsin.
O`quvchilarni vatanparvar, shuningdek, ma’nan yetuk hamda sog`lom dunyoqarashga ega bo`lgan, tarix saboqlaridan zarur xulosalarni chiqara oladigan bilimli shaxs sifatida tarbiyalash, fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirish vazifalari tarix fani o`qituvchisi Ashirov Bog`ibek zimmasiga yuklatilsin.
Yig`ilish raisi: Z. Masharipova
Kotibi: M.Tukliyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |