Зарарли ҳасва



Download 397,58 Kb.
bet2/2
Sana12.01.2022
Hajmi397,58 Kb.
#337199
1   2
Bog'liq
Зарарли хасва

Зарарли ҳасва: 1,2 – етук зотлари буғдой бошоғида, 3 – далани назорат қилиш, 4- ҳаво ёрдамида ишлайдиган моторлик осма пуркагичлар билан самарали ишлов бериш, 5 – ишловнинг самараси.
171

Qalqonining tubida ikkita oqish dogʼi bor. Bu hasharot uchun qalqonining qorni oxirigacha yetib yaxshi rivojlan-ganligi xosdir. Qalqonining keyingi uchi oval shaklda, qanshari (qalqoni) boshining oldingi uchigacha yetib boradi. Boshining old tomoni toʼmtoq, boʼyi eniga teng. Urgʼochi zotla-rining qorin oxiridagi segmenti uch juft plastinkalardan, erkaklarida esa bitta yirik plastinkadan iborat. Tuxumlari bochkasimon boʼlib yashilroq rangda, kattaligi 1,0-1,1 mm keladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar deyarli yarim yumaloq shaklda, sargʼish-qoʼngʼir tusda boʼladi, ammo kattalashgan sari boʼyiga choʼzilib, rangi biroz oqaradi, qanoti boʼlmaydi. Ikkinchi yoshdan boshlab lichinkalarda sassiq hid chiqarish bezlari rivojlana boshlaydi. Beshinchi yoshga kelib xasvaning uzunligi 8-10, kengligi 6-6,5 mm ni tashkil qiladi, qanotla-ri rivojlana boshlaydi, yetuk zotga aylanishdan oldin ogʼir-ligi 97-110 mg ga yetadi.

Hayot kechirishi. Bu zararkunanda yetuk zot shaklida dala atroflaridagi uvatlar hamda qir, togʼ oldi sharoitida oʼsim-lik qoldiqlari, tosh, kesaklar ostida toʼplanib qishlab chiqadi.

Xasvaning uygʼonishi mart-aprel oylarida, oʼrtacha bir kechakunduzlik harorat 10-12° S ga yetganda boshlanadi. Qishlov joyining oʼrtacha havo harorati 15-20° S boʼlganda, xasva gʼallazorlar tomonga uchib, tarqala boshlaydi. Bu gʼalla-ning tuplanish davriga toʼgʼri keladi. Xasva tuxum qoʼyishga tayyor boʼlishi uchun uning qoʼshimcha oziqlanishi shart, shu sababli oʼsimlikning shirasi bilan qoʼshimcha oziqlanadi. Bahorda ob-havo noqulay kelib, harorat keskin pasaysa yoki yogʼingarchilik koʼp boʼlsa, xasvaning tarqalishi hamda oziqla-nishi toʼxtaydi, ular oʼsimlikning ostki qismiga yashirinib oladilar. Faqatgina harorat koʼtarilishi bilan ular oziqla-nishni davom ettiradilar. Yoppasiga gʼallazorlarga uchib oʼtishi boshlangandan 7-15 kun oʼtgach, urgʼochilari tuxum qoʼya boshlaydilar (mart oyining oxiri-aprelning boshi). Havo haroratining oʼzgarishiga qarab, 15-20 kun ichida tuxum

172

qoʼyishni tugallaydilar. Havo harorati past yoki yogʼingar-chilik koʼp boʼlsa, tuxum qoʼyish 40 kungacha davom etishi mumkin. Urgʼochilari tuxumni gʼalla bargining ostki qismiga hamda oʼsimlikning tanasiga qoʼyadi. Tuxumlarni odatda 7 donadan ikki qator qilib joylashtiradi. Bitta urgʼochisi 35-42, ayrim vaqtlarda 150 tagacha tuxum qoʼyadi.



Lichinkalarning 2-4-yoshlarga oʼtishi bugʼdoyning sut pishish davriga toʼgʼri keladi. Shu sababli, ular boshoqqa chiqib uni soʼrib zarar keltiradi. Kunning issiq vaqtlari, hamda bir yoshdan ikkinchi yoshga poʼst tashlab oʼtishda ular boshoqdan oʼsimlikning ostki qismiga tushadilar. Bu holat xasvaning zichligini aniqlash va unga qarshi kimyoviy kurash choralarini olib borish davrida muhim ahamiyatga ega. Havo haroratiga qarab lichinkalarning rivojlanishi 25 kundan 50 kungacha davom etishi mumkin. Beshinchi marta poʼst tashlagan-dan keyin yosh xasvadan voyaga yetgan yetuk zotlar paydo boʼladi. Bu zotlar qishlovga ketish maqsadida tanasiga yetarli miq-dorda yogʼ moddasini toʼplash uchun don shirasi bilan uzoq vaqt oziqlanadilar. Shuning uchun ham yetilgan bugʼdoyni oʼz vaqti-dan kechiktirmay qisqa muddatlarda yigʼib-terib olish xasva-ni yetarlicha toʼyinmay qishlovga ketishini va qishlov davrida koʼplab qirilib ketishini taʼminlaydi.

Bir yilda bir marta koʼpayadi. Tabiatda zararli xasva-ning bir necha turdagi kushandalari mavjud. Bularning ichida pardaqanotli parazit kushandalardan Scelionidae oilasiga mansub telenomusning (Telenomus chloropus Thoms.) ahamiyati kattadir. Telenomuslar xasva tuxumini qidirib topib, uning ichiga oʼz tuxumini qoʼyib ketadi. Bunday xasva tuxu-midan zararkunanda chiqmaydi. Аyrim yillari hatto 35-40% gacha xasva tuxumlari shu kushanda bilan zararlanganligi maʼlum (Jumanov, 1989). Bundan tashqari, tabiatda zararli xasva tuxumlari va kichik yoshdagi lichinkalari bilan hamma-xoʼr foydali hasharotlardan «xonqizi» ning lichinka va qoʼngʼizlari hamda oltinkoʼzning lichinkalari oziqlanadi.

Shuning uchun, ilmiy nuqtai nazardan tasdiqlangan tizim
173

asosida, bahorda (mart oyining oxiri – aprel oyining bosh-larida) oʼrtacha bir kecha-kunduzlik harorat 13° S ga yetganda, oldini olish hamda tabiatni boyitish maqsadida dala atrof-lariga va bugʼdoyzorlarga oltinkoʼzni tarqatish lozim. Bunda, bahorda qoʼyilgan oltinkoʼz zararli xasvaning koʼpayish davrigacha, tabiatdagi boshqa soʼruvchi zararkunandalar sonini kamaytirib turadi.

Zarari. Zararli xasvaning bugʼdoyga yetkazadigan zarari hosildorlik va gʼalla sifati bilan belgilanadi. Bu esa zararkunandaning zichligiga bogʼliq boʼladi. Qishlovdan chiq-qan xasva bugʼdoyning hamma ustki qismlariga, ayniqsa poya va boshoqqa zarar keltiradi. Xasva asosan oʼsimlikning yuqori qismini va boshoqning oʼsayotgan mayin toʼqimalarini sanchib, unga kelayotgan oziqa moddalarini soʼrib oziqlanadi. Аgarda oʼsimlik rivojlanishining erta fazalarida (tuplanishnaycha chiqarish) zarar keltirilgan boʼlsa, poyaning sanchilgan yeridan yuqorisi qingʼir-qiyshiq boʼlib, barglari sargʼayib ketadi. Boshoq asosini yoki biror qismini sanchsa, hosil boʼlayotgan don rivojlanishdan toʼxtab, boshoq qisman yoki butunlay oqarib qoladi. Xasva bilan zararlangan oʼsimlikda hasharot zichligiga koʼra 30-40% gacha hosildorlik kamayadi, yangi don – urugʼning unuvchangligi esa 50% gacha pasayishi qayd qilin-gan. Xasvaning qishlab chiqqan boʼgʼiniga qarshi kimyoviy kurash bugʼdoyning tuplanish paytida har 1 m2 maydonga oʼrtacha 1-2 va undan koʼp yetuk zot (IZMM) toʼgʼri kelsa oʼtkaziladi. Yangi boʼgʼiniga qarshi esa gʼalla boshoqlashi bilan har 1 m2 yerga 5-10 ta xasva lichinkalari toʼgʼri kelsa oʼtkazi-ladi.
Kurash choralari. Zararli xasvaga qarshi agrotexnik, selektsiya, biologik hamda kimyoviy kurash tizimi tavsiya etilgan.

1. Xasvaga qarshi kurashda agrotexnik tadbirlar alohida oʼrin tutadi. Bunga eng avvalo hosil yigʼilgandan keyin birinchi galda xasva bilan zararlangan dalalarni shudgorlash kiradi. Zudlik bilan oʼtkazilgan bu tadbir natijasida xasva

174

uchun qoʼshimcha yem boʼlishi mumkin boʼlgan toʼkilgan don va qoʼshimcha oziqlanayotgan xasvalar yerga koʼmilib nobud boʼladi. Erta bahorda kuzda ekilgan gʼalla ekinlarini mineral oʼgʼit-lar bilan oziqlantirib boronalash, bahorgi donlilarni ekishdan oldin yuqori saviyada agrotexnik tadbirlarni oʼtka-zish - yerga ishlov berish, oʼgʼitlash, yuqori sifatli urugʼni erta muddatlarda ekish ham xasva zararini birmuncha kamaytiradi.



2. Chidamli navlar tanlash. Ertapishar navlar ekilganda xasva ularda toʼliq rivojlanib ulgurmaydi. Hozirgi davrda xasva zarariga bardosh beradigan hamda zararkunanda rivoj-lanishi uchun yoqimsiz navlar yaratilgan, bularni ekish qoʼshimcha mablagʼ sarfisiz ekinlarni himoya qilishni taʼmin-laydi (I.D. Shapiro). Shunday navlar ham mavjudki, ular xasva soʼlagidagi ferment taʼsiriga uchramaydi va iztirob chekmaydi (D.M. Paykin, L.E. Stepanenko).

3. Yigʼim-terimni kechiktirmay oʼtkazish. Bu tadbir shun-dan iboratki, agarda gʼalla yigʼimini boshoqlar sutmum davri-da ayrim qilib, yaʼni oldin oʼrib, keyin yanchilsa, zararkunan-da toʼliq oziqlanishga ulgurmaydi va fiziologik zaif boʼlib, koʼplab qiriladi. Bundan tashqari, koʼpgina xasva lichinkala-ri mexanik ravishda ezilib oʼladi.

4. Biologik usul. Xasvaga qarshi kurashda tuxumxoʼr telenomuslarning ahamiyati kattadir. Shuning uchun ularning rivojlanishi uchun kuzda dala atrofida toʼp-toʼp poxol qoldirib sharoit yaratilishi kerak. Don ekiladigan xoʼjalik-larda biolaboratoriyalar tashkil etib, ularda boshqa kushan-dalar qatorida telenomusni ham maxsus usul boʼyicha koʼpaytirib, dalaga olib chiqish mumkin.

5. Zararkunandalarning zichligi yuqori boʼladigan dala-larni kimyoviy usulda himoya qilishni rejalashtirib qoʼyish lozim. Buning uchun quyidagi ishlarni oʼtkazish tavsiya etila-di. Zararli xasva va bir qator boshqa hasharotlarning asosiy qishlab chiqadigan joyi dala chetidagi uvatlar hisoblanadi. Hasharotlar aniqlangan uvatlarda havo harorati 10-12° dan oshgandan keyin (mart oyining I-II oʼn kunligi), gʼalla ekilgan



175

paykalning 20-30 m chetiga va uvatlarga har ikkala tomonidan quyidagi preparatlar bilan OVX traktor purkagichini bir taraflama ishlatib yoki motorli qoʼl apparati bilan ishlov berish zarur: BI-58, (danadim), 40% em.k. – 1,5 l/ga, fufanon, 57% em.k. – 1,2-2,0 l/ga, siperfos (nurell-D), 55% em.k.- 0,5 l/ga, detsis, 2,5% em.k. – 0,25 l/ga, karate, 5% em.k. – 0,15-0,2 l/ga, sumi-alьfa, 5% em.k. – 0,2-0,25 l/ga, sipermetrin, 25% em.k. – 0,2 l/ga, kinmiks, 5% em.k. – 0,2 l/ga.



Yuqoridagi preparatlar bugʼdoyzorlarda qoʼllanilgan muddat bilan dala atrofidagi tutlarning bargini kesib olishgacha boʼlgan vaqt 45-50 kunni tashkil etishi lozim.

Keyinchalik bugʼdoy hosilga kirganda xasva koʼpayib ho-silga xavf tugʼdirsa, yuqorida qayd etib oʼtilgan insektitsid-larni qayta qoʼllash mumkin. Bunda birinchidan, ushbu dala chetidan tut daraxtlari 400-500 m va undan ortiq masofada boʼlishi kerak, ikkinchidan OVX-28 purkagichi emas, balki shtangali traktor purkagichlari hamda qoʼl apparati boʼlishi shart (samolyot, yoki delьtaplanlarni ishlatish umuman mum-kin emas).
Download 397,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish