Zangi-ota xotira majmuasi



Download 16,79 Kb.
Sana28.03.2022
Hajmi16,79 Kb.
#513817
Bog'liq
zangi ota


ZANGI-OTA XOTIRA MAJMUASI
2 iyun 2020. Muallif: Turizmni rivojlantirish instituti 
Toshkent markazidan 20 kilometr uzoqlikda, Ahmad Yassaviyning so'fiylik tariqati izdosh valiylaridan biri bilan bog'liq bo'lgan ziyoratgoh joylashgan. Zangi Ota hamda ularning xotinlari dafn etilgan qishloq ham, u yerdagi yodgorlik majmuasi ham Zangi ota nomi bilan atalgan.
XX asrda takroriy ta'mirlash ishlari olib borildi, ammo majmua 2014-yilda kapital ta'mirdan so'ng o'zining zamonaviy ko'rinishini oldi. Hozir ulkan majmua XIV - XIX - XXI asrlarga oid bir nechta diniy binolardan, keng mozordan, shayx Zangi ota rafiqasi - Anbar-bibi maqbarasi bilan bir qatorda joylashgan.
ZANGI-OTA MAQBARASI
Majmuaning hovlisining janubiy qismida shayx Oy-Xoji ibn Tojxo’ja yoki Zangi ota maqbarasi joylashgan. Maqbara to'rtburchak shaklda. Inshoot asosan pishiq g'ishtdan tashkil topgan. Ichki xonalar ikkita qismga bo'lingan: go'rxona (maqbara) va ziyoratxona (ibodat qilish joyi). Asosiy qismga markaziy jabha(fasad) tomondan eshik orqali o'tishingiz mumkin. Qurilish Amir Temur farmoyishi bilan XIV asrning 80-yillarida amalga oshirilgan. Majmua tarkibida olib borilgan ikkinchi qurilish davri, shu jumladan maqbarani kapital rekonstruktsiya qilish, Mirzo Ulug'bekning qurilish ishlari bilan bir vaqtga, ya’ni XV asrning 20-yillariga to'g'ri keladi.
1571-yilda maqbara katta talofat ko'rdi: portalning yuqori qismi hamda tashqi gumbazlari va yon xonalari qulab tushdi.
XVI asr oxiri hamda XVII asr boshlarida maqbaraning portali va gumbazlari qisman tiklandi, biroq, 1868-yildagi zilzila maqbarani yana vayron holga keltirdi.
Go’rxona ustida 12 tomonli barabanga o’tqizilgan ikki tomonlama gumbaz mavjud, ziyoratxona ustida esa silindrsimon gumbaz joylashgan. Bino pishiq g'ishtdan qurilgan bo’lib, maqbaraning o'lchami 18,5 x 13 metr, balandligi 19 metrni tashkil qiladi. Ziyoratxona go’rxonaga nisbatan kattaroq va balandroq. Xonaning g'arbiy qismida mozaykali mehrob joylashgan. Kichik bezak qoldiqlari maqbaraning oldingi bezaklarini namunasidir.
Oq marmarning noyob o'yma qabr toshlari saqlanib qolgan bo'lib, ular ko’rkam gulli va geometrik naqshlar bilan qoplangan. Qabr toshiga epigrafik o'yma yozuvlar tushurilgan bo'lib, uning yuqori qismida Zangi ota joylashganligi haqida yozilgan.
Zangi ota shaxsiyati haqida ko'plab afsonalar bizgacha yetib kelgan, ammo shu bilan birga Zangi ota tarixiy shaxs hisoblanadi. Zangi ota nomi "qora ota" degan ma'noni anglatadi, bu go’yo kun bo'yi ochiq osmon ostida yurgan cho'ponning, yuzi va tanasini quyosh o'z nurlari bilan qanchalik siylashi haqida guvohlik berishi mumkinligining bir timsoli. Ammo mahalliy lahjalarda "zangi" so'zining yana bir tarjimasi bo’lib, “Narvon” degan ma’noni anglatadi. U Ahmad Yassaviyning ustozi Arslon boboning chevarasi edi. Zangi ota Ahmad Yassaviyning izdoshi bo'lgan. Uning taqdiri, bolaligidayoq Ahmad Yassaviy oldiga olib borgan edi. O'sha paytda Zangi otaning ota-onasi uni shayx Ahmad Yassaviyning duosini olishi uchun olib borishgan.
Mo'g'ullar istilosidan keyin yuzaga kelgan notinch bir davrda, qonli adovatlar hamma joyda hukmronlik qilgan, hukmdorlar ko'pincha bir-birlari bilan qonli urushlar olib borayotgan, humkmdorlar yil fasllari kabi tez-tez almashayotgan, tashlandiq karvon yo’llarida turli qabilalarning shafqatsiz qaroqchilar to’dalari paydo bo’lgan, xarobalar hamda kultepalarga aylanib, tashlandiq holga kelib qolgan mahallalar daydi itlar va bo’rilarning o’laksaxonasiga aylangan, bir davrda Zangi ota ta’limoti vujudga keldi. Savdogarlar va shahar hunarmandlari uchun bu yillar shafqatsiz to’ntarishlar, cheksiz soliqlar va ayanchli xarobalarga boy davr bo’lgan. Ammo yoqib yuborilgan shaharlarning atrofida dehqonlar hosil yetishtirishda va chorva mollarini boqishda davom etishgan.
Afsonaga ko'ra, avliyo Zangi ota butun umrini jamoat podalarini boquvchi cho'pon sifatida o'tqazgan, yozda ularni G'arbiy Tyan-Shan tog'laridagi o'tloqli yaylovga haydab o'tqazgan va qishga yaqinroq Sirdaryo, Chirchiq va Solar sohillari qamishzorlarda o'tqazgan. Bundan tashqari, o'sha davrlarda cho’ponlik juda sharafli kasb deb hisoblangan. Ayniqsa, Oy Xo’ja o’zining cheksiz donoligi, sahiyligi va xayrli ishlar bilan juda katta hurmat-ehtiromga ega bo’lgan. U nafaqat o’z qabiladoshlarining - sigir va qo'y podalarini muvaffaqiyatli ravishda ko'paytirib moddiy boyliklarni oshirgan, balki insoniyat jamiyatining ruhiy cho'poni ham bo’lgan, ya’ni turli xil nizolarni hal qilgan, ko'ngillarni taskin topdirgan, insonlarni imonga chaqirgan, kasallarni davolagan va hatto mo'jizalar ko'rsatgan, natijada u avliyo deb tan olingan. Qoramol parvarish qilish (cho’ponlik) uning oddiy inson sifatidagi bir kasbi bo’lgan xolos.
Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, Zangi ota Islom g'oyalarini o'z mintaqasidan tashqarida ham tarqatgan. Uning sa'y-harakatlari bilan hozirgi Volga, Sibir va Dashti-Qipchoq xalqlari islomni qabul qilishgan. Zangi ota juda uzoq umr guzaronlik qilib milodiy 1258-yilda vafot etgan.
Anbar-bibi maqbarasi Zangi ota maqbarasidan sakson metr narida, qabristonning markaziy qismida joylashgan, devorlari pastki tomon kengayib boradigan to'rtburchak maqbara, pastdan tepaga tomon ingichkalashib boruvchi(trapezoydal) shaklga ega. Maqbaraning kattaligi Zangi ota maqbarasiga nisbatan kichkinaroq. Maqbara bir xonali bo'lib, quyidagi o'lchamlarga ega - 9 m x6,7 m va gumbaz balandligi 13,5 metr. Ikkala maqbara bir vaqtning o'zida bir xil ustalar tomonidan qurilgan.
Maqbara ustida juft(qo’sh) gumbaz barpo qilingan. Yigirmanchi asrgacha maqbara bezaksiz holda bo’lgan. Hozirgi kunda maqbaraning kirish portali va ichki qismini bezash ishlari olib borilgan.
Maqbara ichida ikkita qabr toshi joylashgan. Ulardan biri Anbar-bibi dafn qilingan joyga o’rnatilgan bo’lsa, ikkinchisi Sulaymonning onasi Baqirgani Ulug'podsho ona qabri ustiga o’rnatilgan.
Maqbaralarning teppa qismi, rangli sopol(mayolitik) plitalar bilan qoplangan. Ushbu maqbarada dafn etilganlar haqidagi ma’lumotlar mahalliy rivoyatlarida aks ettirilgan. Anbar-bibi, eri vafotidan keyin, uning talabasi Zangi-ota bilan turmush qurgan. U Zangi otaning barcha ishlarida sodiq sherik bo'lgan. U onasi Hakim ata bilan birgalikda ayollarga ko'p muammolarni hal qilishda yordam bergan. Anbar-bibi o'zining fidoyiligi bilan odamlar xotirasida abadiy qolgan. Mahalliy aholi orasida u unumdorlik va naslning timsoli “Anaxita” ma'budasi bilan solishtirilgan. O'limidan so'ng, Shayx Oyxo'ja barcha ziyoratchilarga uning qabrini ziyorat qilishni vasiyat qilgan.
MADRASA
Zangi ota maqbarasi chap tomonidan madrasaga tutashgan, ammo madrasalarning an'anaviy qurulish tamoyilidan, faqat kichik xujralar va kichik darsxonlarni guruhlash tamoyili ishlatilgan. Xujrar arkalar bilan qoplangan. Tuzilmalarning xarakteriga ko'ra, qurilish XVIII asrning oxiriga to'g'ri keladi. XVI asrda hovli madrasani qurshab olgan va uning yopiq rejasi bor bo’lgan.
Old eshiklardagi yozuvlar qurilishning turli bosqichlari va ob'ekt ustalarining ismlarini tasdiqlaydi. Asosiy bino kvadrat shakldagi pishiq g'isht(obig’isht)dan qurilgan. Faqat 1914-yilda ta'mirlash vaqtida g'ishtlar hozirgi kundagi kabi to'rtburchak shaklli g'ishlar bilan almashtirilgan. 2014-yilda madrasa majmuasi to'liq rekonstruktsiya qilindi
MINOR VA MASJID
2014-yilda eski minoraning o'rniga masjid yonida yangi balandligi 31 metrli minora barpo etildi.
Afsuski, buzilgan eski minora qiziqarli va g'ayrioddiy edi. Omon qolgan fotosuratlar orqali uning qanday ko'rinishga ega bo’lganligini tasavvur qilishingiz mumkin.
Tarkibi bo'yicha minora uch qavatdan iborat bo’lgan. Tepasida sakkizburchak prizma joylashgan, barrel esa silindrsimon bo’lgan. Va yuqorida aytilganlarning barchasi, temir panjara bilan qoplangan platformali g'ishtli to'siq bilan yakunlanadi. Gumbaz butunlay boshqacha edi – piramida sifat. O’lchamlari: fundamenti - 5 metr, balandligi - 24 metrni tashkil etgan.
Pastki bosqichda usta Xo'ja Rasul Muhammad Shoshiy tomonidan avtograflashtirilgan yozuv mavjud bo'lib, unda tugatish yili – 1913-yil deb ko'rsatilgan. Ammo turli manbalarda siz qurilishning tugallanganligi, turli sana - 1913-1915-yillari to'g'risida ham ma'lumotlarga duch kelishingiz mumkin. Ehtimol, minoraning har bir qismlarini qurilishi turli bosqichlarda amalga oshirilgan ham bo’lishi mumkin.
Minora shu tipdagi turkiy diniy binolar uslubida qurilgan. Bunga minora magistraliga kirish eshigi oldidagi ganch plitasiga o'yilgan asl bezak va epigrafiya guvohlik beradi. Ushbu minoraning o'ziga xos xususiyati shundaki, uning ikkita kirish joyi bor bo’lgan. Minora arab yozuvida bo'lib, u yerda "QUSTANTANIYYAH" so'zi yozilgan bo'lib, bu "Konstantinopol" degan ma'noni anglatadi. Ehtimol, ba'zi quruvchilar o’sha yerdan kelgan bo'lishi mumkin. Minaraning asosiy quruvchilari Volga viloyatidagi tatarlar bo’lgan.
2008-yilda gumbaz almashtirilgan, 2014-yilda esa majmua ta'mirlanayotganda minora buzilib, o’rniga an'anaviy uslubdagi minora barpo etilgan.
Maqbara yonida yodgorlik masjidi joylashgan. Masjidning paydo bo'lishi bilan hovli to’rtburchak (trapezoidal) shaklga ega bo'lgan. Ilgari eski masjid devoriga qo'qonlik usta Muhammad Qo'qondiyning ismi va qurilgan sana yozilgan edi. Masjid namozgoh masjidlar sirasiga kiruvchi masjidlarning bir turi bo'lgan. 1870-yil masjid, qadimgi XV asrda qurilgan masjidning o’rnida barpo etilgan. Masjidning o'lchami 41x11 metr bo'lgan to'rtburchak shaklga ega bo’lgan.
Ayni paytda masjid qayta qurilib, 1300 kishiga mo'ljallangandir. U asosiy namozxona(zal) va qo'shimcha galereyadan iborat. Masjid pishiq g'ishtdan qurilgan va gumbaz bilan to'silgan. Ayvon qoplamasi yog'och ustunlar bilan o’ralgan.
"Zangi ota" yodgorlik majmuasi katta tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo'lib, musulmonlar uchun muhim ziyoratgohlardan biri hisoblanadi.
USLUBIY TAVSIYALAR:
1. Sayyohlarni diniy joyda odob-axloq qoidalariga amal qilishlari haqida ogohlantirish, namoz vaqtida masjidga kirish mumkin emas.
2. Ziyoratgoh hududida bosh kiyimda, ayollar boshi yopiq holatda bo’lishlari lozim hamda ochiq va kalta kiyimlarda yurushlari ta’qiqlanadi.
3. Guruhni majmuaning barcha jabhalari aniq ko'rinadigan nuqtada joylashtiring.
4. Sayohat paytida ob-havo sharoitlarini ham hisobga olish kerak.
5. "Yo'riqnoma portfeli" eksponatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
6. Har bir obida namoyishi va u haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish uchun 15 daqiqa аjratish kerak.
7. Har bir obidani mustaqil aylanish va suratga olish uchun sayyohlarga kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
Download 16,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish