DELFI TEXNOLOGIYASI
Bu texnologiyaning mazmuni jamoa bo‗lib qo‗yilgan muammoning muqobil
yechimlarini maqbullik darajalari bo‗yicha tabaqalashtirib, ulardan har birining
muhim yoki nomuhimligini baholashdan, shu asosda eng yaxshi variantni tanlab
olishdan iborat. Masalan, yer maydonini plugda 15, 20, 25, 30, 35, 40, 45 sm
chuqurlikda og‗darish mumkin bo‗lsin. Muayyan olingan yer maydonini
og‗darishda shu variantlardan qaysi biri eng yaxshi ekanligini aniqlash uchun
ulardan har biri yerni haydashga doir mavjud agrotexnik faktorlar asosida
o‗qituvchining trenerligida talaba-o‗quvchilar tomonidan baholanadi. Bunda har
bir kichik guruh o‗zlarining variantlarini taklif etishlari, so‗ngra fikrlar
umumlashtirilib eng yaxshi variant tanlab olinishi ham mumkin.
223
Do'stlaringiz bilan baham: |