Zamonaviy texnologiyalar


―Aqliy hujum‖ metodini qoʻllashdagi asosiy qoidalar



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/379
Sana07.07.2021
Hajmi7,04 Mb.
#111121
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   379
Bog'liq
kimyoni oqitishda zamonaviy texnologiyalar

―Aqliy hujum‖ metodini qoʻllashdagi asosiy qoidalar: 
1. Bildirilgan fikr-gʻoyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.  
2.  Bildirilgan  har  qanday  fikr-gʻoyalar,  ular  hatto  toʻgʻri  boʻlmasa  ham  inobatga 
olinadi.  
3. Har bir ta‘lim oluvchi qatnashishi shart.  
―Aqliy 
hujum‖ 
metodining 
tuzilmasi. 
 
 
―Aqliy hujum‖ metodining bosqichlari 
 
 
―CHARXPALAK‖ texnologiyasi 
 
Ushbu texnologiya oʻquvchilarni oʻtilgan mavzularni esga olishga, mantiqan  
fikrlab,    berilgan    savollarga    mustaqil    ravishda    toʻgʻri    javob  berishga  va  oʻz-
oʻzini    baholashga  oʻrgatishga  hamda  qiska  vaqt  ichida  oʻqituvchi    tomonidan  
barcha  oʻquvchilarning  egallagan  bilimlarini baholashga qaratilgan. 


212 
 
Texnologiyaning maqsadi oʻquvchilarni  dars  jarayonida  mantiqiy  fikrlash,  
oʻz fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, oʻzlarini baholash. yakka va 
guruhlarda ishlashga.  boshqalar  fikriga  hurmat  bilan  qarashga,  koʻp  fikrlardan  
keraklisini  tanlab olishga oʻrgatish. 
Texnologiyaning    qoʻllanilishi:    texnologiya    oʻquv    mashgʻulotlarining  
barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida yoki oʻquv predmetining biron 
bir  boʻlimi  tugallanganda,    oʻtilgan    mavzularni    oʻquvchilar    tomonidan  
oʻzlashtirilganlik  darajas ini baholash,  takrorlash,  mustahkamlash  yoki  oraliq  
va    yakuniy    nazorat    oʻtkazish    uchun  moʻljallangan.  Ushbu  texnologiyani 
mashgʻulot  jarayonida  yoki  uning  bir  qismida  yakka,  kichik  guruh  va  jamoa 
shaklida tashkil etish mumkin. 
Mashgʻulotda    foydalaniladigan    vositalar:    tarqatma    materiallar,    rangli  
qalam (yoki marker)lar. 
Mashgʻulotni  tashkil  etishda  reja  boʻyicha  belgilangan  mavzu  hamda 
oʻqituvchining qoʻygan  maqsadi  asosida  (tekshirish,  mustahkamlash,  baholash)  
tarqatma  materiallar (agar  yakka  tartibda  oʻtkazish  moʻljallangan  boʻlsa,  guruh  
oʻquvchilari  soniga,  agar kichik guruhlarda oʻtkazish belgilangan bulsa, u holda 
guruhlar soniga qarab tarqatma materiallar) tayyorlanadi. 
Mashgʻulotni oʻtkazish tartibi: 
1.  Oʻquvchilarni guruhlarga ajratish. 
2.  Oʻquvchi  mashgʻulotni  oʻtkazishga  qoʻyilgan  talablar  va  qoidalar  bilan 
tanishtirish. 
3.  Tarqatma materiallarni guruh a‘zolariga tarqatish. 
4.  Guruh  a‘zolari  tomonidan    yakka    holda    mustaqil    ravishda  tarqatma  
materiallardagi vazifalar bajariladi. 
5.  Har    bir    guruh    a‘zosi    oʻzi    ishlagan    tarqatma    materialining    oʻng  
burchagiga  guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa oʻzining biron-bir 
belgisini chizib qoʻyadi. 
6.  Vazifa    bajarilgan    tarqatma    materiallar    boshqa    guruhlarga    «charxpalak  
aylanmasi» yoʻnalishida almashtiriladi. 
7.  Yangi    guruh    a‘zolari    tomonidan    berilgan    materiallar    oʻrganiladi    va  
oʻzgartirishlar kiritiladi. 
8.  Jamoalar  tomonidan  oʻrganilgan  va  oʻzgartirishlar  kiritilgan  materiallar  
yana  yuqorida    eslatilgan    yoʻnalish    boʻyicha    guruhlararo    almashtiriladi  
(ushbu  jarayon guruhlar soniga qarab davom ettiriladi).  
9.  Materiallarni    oxirgi  almashinishdan  soʻng  har  bir  guruh  va  har  bir  guruh 
a‘zosi  oʻzlari  ilk  bor  toʻldirgan  materiallarini  (guruh  raqami  va  oʻzlari 
qoʻygan belgilari asosida tanlab oladilar).  
10. Har  bir  guruh  a‘zosining  oʻzlari  belgilagan  javoblariga  boshqa  guruh  
a‘zolarining tuzatishlarini taqqoslaydilar va tahlil qiladilar. 
11. Oʻqituvchining    tarqatma    materialda    berilgan    vazifalarini    oʻqiydi    va  
jamoa  bilan birgalikda toʻgʻri javoblarni belgilaydi. 
12. Har    bir    oʻquvchi    toʻgʻri    javob    bilan    belgilangan    javoblar    farqlarini  
aniqlaydilar, kerakli ballni toʻplaydilar va oʻz-oʻzini baholaydilar. 


213 
 
Izoh:    tarqatma  materialda  oʻquvchilar  belgilagan  toʻgʻri  javoblar  bilan 
oʻqituvchi  hamkorligida  aniqlangan  toʻgʻri  javoblarning  farqi  55  foizdan  yuqori 
boʻlsa,  oʻquvchi  ushbu    oʻquv    materialini    oʻzlashtirgan,    undan    kam    boʻlsa  
oʻzlashtira    olmaganligini  bildiradi.    Oʻquvchilar    oʻz    baholari    yoki    ballarini  
belgilab    olishgach,  oʻqituvchi    vazifa  bajarilgan  qogʻozlarni  yigʻib  oladi  va 
ballarni guruh jurnaliga koʻchirib qoʻyadi. 
Quyida  «Charxpalak»  texnologiyasidan  foydalangan  holda    ―Anorganik 
moddalarning eng muhim sinflari‖  mavzusida  mashgʻulot  oʻtkazish  uchun  zarur  
boʻlgan  materialni taqdim etamiz. 

Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish