Toifali sharhlashni tuzish bosqichlari:
1. Toifali sharhlashni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Aqliy hujum, klaster tuzish,
yangi oʻquv materiali bilan tanishishdan soʻng, kichik guruhlarda, olingan
ma‘lumot lavhalarini birlashtirish imkonini beradigan toifalarni izlaydilar.
2. Toifalarni jadval koʻrinishida rasmiylashtiradilar.
3. Gʻoya, tushuncha, fikr va ma‘lumotlarni toifaga mos ravishda boʻladilar.
Ish jarayonida toifalarning ayrim nomlari oʻzgarishi mumkin. Yangilari
paydo boʻlishi mumkin.
4. Ish natijalarining taqdimoti
Do'stlaringiz bilan baham: |