Zamonaviy texnologiyalar


"Murdalar zahari" kimyogarlardan xafami.  Javob



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/379
Sana07.07.2021
Hajmi7,04 Mb.
#111121
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   379
Bog'liq
kimyoni oqitishda zamonaviy texnologiyalar

 
 "Murdalar zahari" kimyogarlardan xafami. 
Javob: O‘lgan organizm tarkibidagi oqsillar chirituvchi bakteriyalar ta'sirida 
murda  zaharlariga  aylanadi.  Ular  orasida  ikki  vakil-putressin-H
2
N-(CH
2
)
4
-NH
2
  va 
kadaverin-H
2
N-(CH
2
)
5
-NH
2
  eng  mashhuridir.  Ularni  murda  zaharlari  deyishadi. 
Kimyogarlar  bu  moddalarga  qarshi  anti  modda  topishgani  yo‘q,  shu  boisdan, 
kimyogarlar ulardan emas, ular kimyogarlardan xafadir. 
 
"Burga dori"ni topgan olimga bugungi kunda "sichqonning ini ming tilla"mi. 
Javob:Xuddi  shunday.  1865  yilda  Shveysariyalik  O.  Saydler  DDT 
(dixlordifeniltrixlormetil-metan)  preparatini  sintez  qilgan  edi.  Oradan  yillar  o‘tib, 
ikkinchi  jahon  urushi  tugaganida  nemis  kimyogari  F.Myuller  insoniyat  boshiga 
cheksiz  tashvish  keltiruvchi  hasharotlar-bit,  kana,  chigirtka,  qumursqa  va 
boshqalarga  qarshi  kurashda  DDTni  ishlatishni  taklif  etdi.  Unga  1948  yilda 
fiziologiya  va  meditsina  sohasida  Nobel  mukofoti  berildi.  DDTning  issiqqonli 
hayvonlar  organizmida  kumulyasiyalanishi  (to‘plana  borishi)  va  uning  o‘sma 
kasalliklarini keltirib chiqarishi ma'lum bo‘lgach, 1972 yilda AQShda, keyinchalik 
butun  dunyoda,  va  nihoyat,  1983  yilda  sobiq  SSSRda  ham  bu  preparatni  ishlab 
chiqarish ta'qiqlandi.  
Kimyogar asalchi bo‘lishi mumkinmi, balki kimyogar kompozitordir. 
Javob:  Har  ikkalasi  ham  mumkin.  Tuzilish  nazariyasining  muallifi 
A.M.Butlerov  mashhur  asalchi  bo‘lgan,  uning  "Asalari  va  uning  hayoti"  nomli 
asari  dunyoga  mashhurdir.  Akademik  N.N.Zininning  shogirdi  S.P.Borodin  esa 
taniqli  kompozitordir.U  "Knyaz  Igor",  "Bahodirlar"  kabi  yirik  musiqiy  asarlar 
hamda  yuzdan  ziyod  mayda  liro-epik  ijod  namunalari  muallifidir.  Darvoqe, 
D.I.Mendeleyev  mashhur  chemodan  yasovchi  usta,  V.Ostvald  esa  taniqli 
konsertmeystr bo‘lgan.  
 
Nomining oxirida "-in" qo‘shimchasi bo‘lganlarning barchasi alkaloidlarmi. 


163 
 
Javob:  N.N.Zinin  o‘zining  qarzdor  studentlaridan  imtihon  olishni  shogirdi 
S.P.Borodinga  topshiradi.Ulardan  biri  alkaloidlar  haqida  gapiraturib,  "nomining 
oxirida  "-in"  qo‘shimchasi  bor  moddalar-alkaloidlardir",  deganida,  bu  javobni 
eshitgan  Zinin  miriqib  kuladi  va  "Sizning-cha,  men  va  Borodin  ham  alkaloidlar 
ekanmizda", degan edi. 
 
"Sut bilan kirib, jon bilan birga chiqadigan kislota"-nima?   
Javob:  Bu  sut  kislotasidir.  U  sut  orqali  iste'mol  qilinadi.  Uglevodlarning 
aerob  va  anaerob  parchalanishi,  glikoliz  va  glikogenoliz,  biologik  oksidlanish  va 
qaytarilish sut kislotasi hosil bo‘lishi bilan kechadi. Undagi energiya o‘zgarishlari 
evaziga hayot harakati sodir bo‘ladi. O‘lim sodir bo‘lganda bu jarayon tugaydi:  
C
6
H
12
O
6
 → 2CH
3
CH(OH)COOH 
Chumoli  tishlagan  kimyogar  chumoliga  haykal  qo‘yib,  chumoli  so‘lagidan 
asal olganmi ? 
Javob:  Ha.  Buyuk  kimyogar  A.M.Butlerov  zo‘r  ovchi  bo‘lgan  va  ov 
o‘ljasini  poylab  chumolilarga  ko‘p  bora  talangan.  U  hasharotlarga  hurmati  ramzi 
sifatida  o‘z  tomorqasida  chumoliga  mo‘jazgina  haykal  o‘rnatgan.  Chumoli 
so‘lagida  HCHO  va  HCOOH  doimo  bo‘ladi.  Tajriba  o‘tkaza  turib  u  dunyoda 
birinchi marta chumoli aldegididan shirin sharbat hosil qilgan:6HCOH→C
6
H
12
O
6
  
Toshko‘mirning eng yorug‘ "oqishi" nima  
Javob:  XIX  asrning  birinchi  yarmida  London  ko‘chalarini  yoritish  uchun 
toshko‘mirni  quruq  haydashdan  hosil  bo‘lgan  smoladan  foydalanilgan.  Havo 
soviganda  chiroqlar  xiralashgan.  Sababini  aniqlash  uchun  M.Faradeyga  murojaat 
qilishgan. U toshko‘mir smolasidan +5,6
0
C da muzlaydigan yonuvchi komponent-
benzolni  topgan.  Yoritgichlar  quvvati  benzolning  agregat  holatiga  bog‘liqligi 
toshko‘mirning eng yorug‘ va "oqishi" samarasini belgilagan. 
Qaysi  mashhur  kimyogar-organik  kimyoga  bor-budini  shu  ilmga  qoldiqsiz 
sarflagan.? 
Javob:  Akademik  A.E.Chichibabin  ("Osnovnie  nachala  organicheskoy 
ximii" nomli mashhur darslik muallifi) yolg‘iz qizi Natalyani o‘zi kabi kimyogar 
bo‘lishi  uchun  MXTI  (Moskovskiy  ximiko-texnologicheskiy  institut  im. 
D.I.Mendeleyeva)  da  o‘qitdi.  U  qiz  diplom  oldi  amaliyotini  o‘ta  turib  oleumli 
rezervuarga yiqilib tushadi va tom ma'noda, erib yo‘q bo‘ladi. Otasi ko‘zining oqu 
qorasi  bo‘lgan  bu  qiz  jonini  otasining  organik-kimyogarlik  hayotiga  fido  qildi, 
hisob.  Olim  esa  o‘z  umrini  chet  elda  g‘aribona  yakunlaydi.Shuning  uchun 
A.E.Chichibabin  organik  kimyoga  bor-budini  sarflagan  kimyogar  deb  kinoya 
qilinadi. 
           Odamzod o‘rgimchakka qarab, osma ko‘prik qurishni o‘rgandi, mushuklarni 
kuzatib,  fotoapparat  diafragmasi  va  nur  qaytargichlarni  kashf  qildi.  Aytingchi, 
ilonni kuzatib, odamzod nimani yaratdi?  Javob: Shpritsni 
 
Qaysi o‘simlik yig‘ib olinganidan so‘ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10% 
esa tashlab yuboriladi. U qaysi o‘simlik? Javob: tamaki 

Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish