o‗rnida yig'iladi, ya‘ni g‗or ostonasiga qadar qismi karbonat angidrid gazi
bilan egallanadi. Bu gaz ostonadan yuqorida uchramaydi, chunki ortiqchasi
tashqariga chiqib ketadi. Shu sababli, bo‗yi g‗or ostonasidan past bo'lgan
hayvonlar, masalan, sichqon, mushuk va itlar g‗orda uzoqroq tursa nobud
bo'ladilar, ostonadan baland bo‗yli odam kirsa bemalol yuraveradi.
Bu hodisaning sababini quyidagi oddiy tajriba orqali ham isbotlash
mumkin. Konservadan bo‗shagan idishning o‗rta belidan yo‗g‗on mix bilan
teshamiz. Idish ichiga bittasi katta, ikkinchisi kichik ikkita sham o‗rnatib
yoqamiz. So'ngra idish ichiga Kipp apparatidan uzun nay orqali karbonat
angidrid gazi yuborilsa, kichik sham o‘chadi, katta sham esa o‗chmaydi,
chunki CO
2
uzun shamning alangasiga yeta olmasdan idish teshigidan
tashqariga chiqib ketaveradi.
149
Amerikaning Texas shtatida kichik shahar — Sonoredagi ko‗p qavatli
uylarning birida yong‗in sodir bo‗ldi.O‗t o‗chiruvchilar qanchalik harakat
qilmasinlar yong‗in avjiga chiqdi.
Odamlar yong‗in ichida qolgan bolalani qutqarish uchun jon-jahdlari
bilan o‗zlarini o‗t ichiga ura boshlaydilar.
Yong‗in avj olgan vaqtda:
— Janob boshliq! Sisternalardagi suv tugadi. Endi nima qilamiz? —
deb o‗t o‗chiruvchilarning biri hovliqqanicha o‗t o'chiruvchilar komandasi
boshlig‗ining oldiga keladi.
— Endi nima qilish kerak? — deb o‗ylanib atrofiga ko‗z tashlaydi
boshliq. Shunda birdan uning ko‗zi shiypon tagidagi bir necha katta
bo‗chkalarga tushadi. Bu bo‗chkalarda hali to‘liq yetilmagan vino bor edi.
Boshliq o‗ylab o‗tirmasdan tezda suv o‗rniga bu vinoni yong‗inga qarshi
sepishni buyuradi.
O‗t o‗chiruvchilar vinoni sepganlarida kutilmagan hodisa ro‗y beradi,
avj olayotgan yong'in sekin-asta pasayib boradi va nihoyat o'chadi.
Shunday qilib, shahar aholisi yetilmagan uzum vinosi o‗t o‗chirish
xususiyatiga ega ekanligini bilib oldi.Nima uchun yetilmagan uzum vinosi
suvga nisbatan yong‗inni yaxshi o ‗chiradi? Bu savol sizga, aziz o‗quvchilar!
Javob:
Yetilmagan vinoning bijg‗ishi natijasida ko‗p miqdorda karbonat
angidrid gazi hosil bo‗ladi. Karbonat angidrid esa eng yaxshi o‗t o‗chiruvchi
vositadir.
Ombor mudirining qo‗li qaltirab ombor eshigining qulfini ochadi, axir
revizorning bemahal kelishi uning uchun hech qachon yaxshilik alomati
bo‗lmagan-da.
— Bu yerda soldat mundirlari uchun qalay tugmachalar saqlanadi, —
dedi ombor mudiri omborga kira turib.
— Tekshiramiz, qanday saqlanayotganini — dedi dimog‘ bilan revizor.
Mana buni oching-chi, — deb katta yog‗och qutini ko‗rsatdi u.
Ombor mudiri qutini ochdi va kutilmagan hodisadan qotib qoldi. Ne
ko‗z bilan ko‗rsinki, quti yaltiroq qalay tugmachalar bilan emas, qandaydir
kulrang kukun bilan liq to‘la edi.
— Boshqa quti ham shunday ,,tugmacha― lar bilan tolami?
— deb so'radi kinoya bilan revizor.
Haqiqatan ham, boshqa qutilar ochib ko'rilsa, ularning barchasi shunday
kukun bilan liq to‗la edi. Buni ko‗rib juda taajjubda qolgan ombor mudiri,
sovuq bo‗lishiga qaramasdan terga botadi va:
— Hech narsaga tushunmayapman janobi oliylari! Bu qutilarda
tugmalar bo‗lishi kerak edi, — deb g‗uldiraydi.
— Siz bizni ahmoq qilyapsizmi muhtaram janob! — deb baqiradi
revizor va o‗zining yordamchisiga:
150
— Bu moddadan ozgina namuna oling va kimyo laboratoriyasiga
yuboring. Kimyogarlar tahlil qilib, aniq natijasini aytishadi.Ana shunda
ko‗ramiz bu tugmacha o‗g‗risining ahvolini, — deydi.
Bir necha kundan keyin olingan kimyoviy tahlil natijasi, revizorni ham
juda taajyubga soldi. Chunki, kimyo laboratoriyasi mudirining javob xatida:
―Tahlil uchun yuborilgan modda namunasi haqiqiy qalay metali bo‗lib, uning
kukun holatiga o‗tib qolishi kimyo faniga ma‘lum bo‗lgan „qalay vabosi―
deb nom olgan hodisa natijasidandir‖, — deb yozilgan edi.
Bu qanday hodisa ekanligini bilasizmi?
Javob:
Juda past temperaturada qalay kulrang tusli, zichligi 5,8 g/sm
3
bo‗lgan allotropik shaklga o'tadi. Oq tusli qalayning kulrang kukunga
aylanishi vaqtida uning hajmi juda ortib ketadi. Bu hodisa fanda qalay
―vabo‖ si deb nom olgan. Temperatura qanchalik past bo‗lsa, qalayning
kulrang kukunsimon modifikatsiyasining hosil boiishi shuncha tezlashadi.
Metall buyumlarni kavsharlash ustaxonasida ishlaydigan usta yosh
shogirdiga:
— Kechagi buyurtmaning egasi bugun buyurtmasini olib ketish uchun
keladi. Men kelguncha uni qalay bilan kavsharlab qo‗y, — deb chiqib ketadi.
Yosh shogird ustaxonada mavjud ikki xil kavsharlovchi metall
tayoqchani olib, ularning qaysi biri qalay ekanligini bilolmay o‗ylanib qoladi.
Chunki, bu metall tayoqchalarning ikkalasi bir xil og‗irlikda, kumushsimon
yaltiroq va yumshoq edi-da.
Shu vaqtda ustaxona yonidan shogirdning qo‗shnisi o‗tib qoladi. U
yosh ustaning qo‗lida ikkita bir xil metall tayoqchani ushlab, o‗ylanib
turganini ko‗rib yordam bermoqchi bo‗ladi.
— Yo'lingdan qolma, og‗ayni! Sen menga qanday yordam bera
olarding, — deydi shogird.
— Qani menga bering-chi. Bular, kavsharlovchi metall tayoqchalar
emas-mi? — deb so‗raydi o ‗quvchi.
— Ha, lekin bularning qaysi biri qalay ekanligini bilolmay turibman,
— deydi noiloj yosh shogird.
— Kecha kimyo o‗qituvchimiz qalayning ajoyib xossalarini tajribada
namoyish etgan edilar, dedi-da uning qo‗lidan metall tayoqchalarni olib, oldin
birini, keyin ikkinchisini qulog‗iga tutib ega boshlaydi va qat‘iyat bilan:
— Mana bunisi qalay, — deb unga uzatdi.
Qani aytingchi, o‗quvchi qanday qilib qalay tayoqchasini oson ajrata
oldi? Bu farq qalayning qanday xossasiga asoslangan?
Javob:
Qalaydan tayyorlangan tayoqchalar quloqqa tutib egilganda
undan o‗ziga xos g‗ijirlagari ovoz chiqadi. Buning sababi shuki, egilganda
qalayning ayrim kristallari bir-biriga ishqalanadi.
151
Yoz kunlarining birida o'quvchilardan biri muzqaymoq olish maqsadida
do‗konga yaqinlashganda sotuvchi ayol muzqaymoqlarning ustiga muz
bo‗lakchalarini tashlayotganini ko‗rdi.
— Biroz sabr qil bolakay. Muzqaymoqlarga „quruq muz―ni joylashtirib
olay, — dedi sotuvchi.
— Nima dedingiz? Muz quruq bodishi mumkinmi? Biz kimyodan suv
0°C da yaxlab, muz hosil qilishini o ‗qiganmiz.
Lekin muz ,,quruq― va ,,qaynoq― bo‘lishi mumkin emas, — deb
sotuvchiga qat‘iy e‘tirozini bildirdi u.
— Ishonmasang mana ushlab ko‗rib, uning ,,quruq― va ,,qaynoq―
cmasligini sinab ko‗rchi, — deb sotuvchi yong‗oqdek bir bodak muzni
o‗quvchining qo‘liga tutdi.O‗quvchi ,,muz―ni qo‘liga olishi bilan qo‘li kuyib,
uni u qo‘lidan bu qo‘liga ola boshladi va tushirib yubordi. ,,Muz― tezda
hech qanday namlik qoldirmasdan erib, bug‘lanib ketdi.
— Kimyo va fizika fanlarini yaxshi bilgan bolakay, endi „quruq muz―
borligiga ishonch hosil qildingmi? — dedi sotuvchi kulib.
Bu hodisani ko‗rib ajablangan o‗quvchi uyalib nima deyishini bilmay
qoldi. Do‗stingizga yordam bering. „Quruq muz― qanday modda? Haqiqatan
„qaynoq muz― bo‗lishi mumkinmi?
Javob:
Karbonat angidrid gazi 60—70 atm bosimi ostida —8°C gacha
sovutilganda qorga o‗xshash rangsiz muzga aylanadi. Buning oddiy muzdan
farqi shundaki, u eriganda suvga aylanmasdan bug'ga aylanadi va u tegib
turgan narsa ho‗l bo‘lmaydi. Uning „quruq muz― deb atalishiga sabab ana
shunda.
Do'stlaringiz bilan baham: |