140
Javob: Agar gap oddiy moddalarning o‘zaro ta‘siri haqida ketadigan bo‘lsa,
bu yerda ikkita kimyoviy element-fosfor va kislorodning allotropik shakllarini
tushunish lozim.Qizil, qora va oq fosfor kabi moddalar kislorod va ozon bilan
birikkanda bitta
murakkab modda P
2
O
5
hosil bo‘ladi.
Xuddi shunday savolni uglerodning shakl o‘zgarishlariga nisbatan ham
qo‘llash mumkin. Lekin bunda ta‘sirlashuvchi oddiy moddaning soni 5 ta emas, 6
ta bo‘ladi. Chunki uglerdoning an‘anaviy allotropik shakl o‘zgarsihlari olmos,
grafit, karbin, fullerin, lonsdeylit, nanotrubka ko‘rinishlaridir.
Qizil rangli oddiy
moddaning gidrogenli birikmalari uchuvchan
birikmalardir. Ular organik moddalarning qoldiqlarini chirishidan hosil bo‗ladi.
Ular havoda o'z-o‗zidan alangalanish xossasiga ega. Kechasi eski g‘orlardan o‗t
ko‗rinish shunga bog‘liq. Tabiatning bu hodisasini tushunmaganlar unga ―ajina
chirog‗i‖ deb nom bergan. Aslida u nima?
Javob: Qizil modda, bu qizil fosfor bo‗lib, vodorod bilan birikmasi fosfin
PH
3
, kalsiy fosfidga suv ta‘sir etishi natijasida hosil bo‘ladi Uning tarkibida oz
miqdorda difosfin P
2
H
4
bo‗lganda, u havoda o ‗z-oz‗idan alangalanadi. Balchiqda
va eski g‗orlarda kechasi ko‗rinadigan ―chiroqlar‖ fosfor gidridlarining o‗z-o‗zicha
alangalanishidan kelib chiqadi.
Probirkaga oz miqdorda tuzlardan biri solib qizdirilsa, u suyuladi. Keyin u
qaynay boshlaydi.Shu payt unga no‗xat kattaligida cho‗g‗langan ko‗mir
bo‗lakchasi tashlansa, u alangalanadi va har tarafga harakatlanib, probirka
devorlariga urilib yonadi. Bu qiziqarli tajriba ―o‗yinga tushuvchi‖ ko‗mir deb
nomlanadi. Probirkada qaysi tuz qizdirildi? Nima uchun ko‗mir bo‗lakchasi
alangalanib yonadi?
Javob: Probirkaga natriy yoki kaliy nitrat tuzi olingan edi. U suyuqlanib
parchalandi va kislorod gazi chiqara boshladi: 2NaNO
3
=2NaNO
2
+O
2
:
Cho‗g‗lanmagan ko‗mir bo‗lagi kislorod ta‘sirida alangalanib yonadi va
chiqayotgan gaz pufakchalari ta‘sinda ko‗mir bo‗lakchasi har tarafga go‗yo
o‗yinga tushayotgandek bo‗ lib ko‗rinadi.
Mineral o‗g‗itlar ishlab chiqarish zavodlarida gazlardan biriga nitrat kislota
ta‘sir ettirib, selitralardan biri hosil qilinadi. Bu qaysi selitra? Nitrat kislotaga qaysi
gaz ta' sir ettirilgan edi?
Javob: Ammiak gaziga nitrat kislota ta ‘sir ettirilsa, azotga boy ammiakli
selitra hosil bo‗ladi: NH
3
+ HNO
3
– NH
4
NO
3
Qora bo‗yoq tabiiy gazdan tayyorlanadi. Bu bo‗yoqning tarkibi qaysi oddiy
moddadan iborat?
Javob: Tabiiy gazning asosiy qismi metan gazidan iborat. U havosiz joyda
qizdirilsa uglerod va vodorodga parchalanadi Hosil bo‗lgan uglerod qora bo‗yoq
tayyorlashda, kauchukka qo‗shib rezina tayyorlashda va boshqa sohalarda
qo‗llaniladi.
141
Oddiy moddalardan biri zararli qo'shimchalardan tozalash maqsadida shakar
va spirt ishlab chiqarishda qo‘llanadi, Dorixonalarda u ―karbolen‖ nomi bilan
sotiladi va me‘dadagi zararli moddalami yo‗qotish uchun bemorga ichiriladi. U
havodagi zararli qo‗shimchalarni ushlab qolish xossasiga ega bo' lgani uchun
undan ―gazga qarshi‖ (protivogaz) asboblar tayyorlangan. Gap qaysi modda ustida
ketayapti?
Javob: Pista ko‗mir yoki faollantirilgan ko‗mir,oddiy modda bo‗lgan
ugleroddan iborat bo‗ lib, u aralashmalardagi rangli qo‗ shimchalarni, havodagi
zaharli gazlami yutish (adsorblash) xossasiga ega. Shuning uchun, shakarni
oqartirish, spirtlarni zararli qo‗shimchalardan tozalash va havoni zaharli gazlardan
tozlashda faol lantirilgan ko‗ mirdan foydalaniladi.
Gazlardan bug‘i nisbatan oson suyuq holatga о‗tadi. Uning bug‘lanishi
natijasida juda ko‗p issiqlik yutiladi va u qorsimon qattiq holatga o'tadi. U issiqlik
ta‘sirida suyuq holatga o‗tmasdan, birdaniga bug‗ holatga o‗tadi. Shuning uchun
ham u ―quruq muz‖ deb ataladi va oziq-ovqat mahsulotlanni sovuq holda saqlash
uchun qo‗ llanadi. Bu qaysi gaz?
Javob: Karbonat angidnd gazi CO, bosim ostida sovutilsa, osonlik bilan
suyuq holatga o ‗tadi. U bug ‗latilganda shunchalik ko‗p atrofdan issiqlik yutadiki,
natijada bu suyuqlik sovib, qattiq muz holatiga o ‗tadi. U atrofin sovitib suyuq
holatga o‗tmasdan gaz holatiga o ‗tadi. Shunng uchun uni ―quruq muz‖ deb
atashadi.
Argonning kashf etilishi nima uchun avval davriy sistemaga shubha
tug‘dirib, keyinchalik uning to‘g‘riligini yaqqol tasdiqladi?
Javob: argon inert gazlardan birinchi yaratilgan bo‘lib uning xosalari
boshqa elementlarning birortasiga o‘xshamagan sababli davriy jadvalda unga joy
bo‘lmagan. Bu esa jadvalning xatoligiga shubha tug‘dirdi keyinchalik boshqa
neon, ksenon yaratilgandan so‘ng jadvalda nolinchi guruh qilib joylashtirildi.
Hozirda bu guruh XVIII guruh gazlari inert gazlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: