Zamonaviy texnologiyalar



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/379
Sana07.07.2021
Hajmi7,04 Mb.
#111121
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   379
Bog'liq
kimyoni oqitishda zamonaviy texnologiyalar

Tabaqalashtirilgan taʼlim  —  umumiy  oʻrta  taʼlim  maktablari  yuqori  sinf 
oʻquvchilarining  qobiliyatlarini  hisobga  olgan  holda  alohida  oʻquv  rejasi  va 
dasturlar asosida olib boriladigan tamim turi.  
Tabaqalashtirilgan taʼlimning  mehnat  taʼlimi  bilan  aloqasi  oʻquv 
tarbiyaviy ishlarning muhim asosi hisoblanadi.  
Tabaqalashtirilgan taʼlim  jarayonida  yuqori  sinf  oʻquvchilarining  kasbiy 
tayyorgarliklariga alohida eʼtibor beriladi.  
Bu turdagi ta‘lim ham o‘z texnologiyalariga ega.Ular: 
Mualliflik  dasturlari;  ijtimoiy  loyihalar;  maxsus  metodikalar;  testlar; 
tashxislovchi;  yo‘naltiruvchi;  davolash  va  tayyorlov  kurslari;  treninglar, 
maslahatlar, maxsus va imitatsion trenajyorlar. 
Shunday  qilib,  shaxsga  yo‘naltirilgan  ta‘lim  turlari  orasida  rivojlantiruvchi 
va  tabaqalashtirilgan  ta‘lim  kabilar  ham  o‘z  o‘rniga  ega.Ular  shaxsning 
qobilaytalarini  rivojlantirish,  ichki  imkoniyatlarini  to‘la  ro‘yobga  chiqarishga 
yordam  beradi.  Rivojlantiruvchi  va  tabaqalashtirilgan  ta‘lim  jarayonida  turli 
texnologiyalardan  keng  foydalaniladi.Texnologiyalarning  maqsadga  muvofiq, 
o‘rinli va samarali tanlay olish rivojlantiruvchi hamda tabaqalashtirilgan ta‘limning 
muvofaqiyatli tashkil etilishini ta‘minlaydi. 
O‘quv  jarayoning  eng  muhim  vazifalaridan  biri  uning  rivojlantiruvchi 
xususiyatga  ega  bo‗lishidir.  O‘quv  jarayoni  o‗zining  rivojlantiruvchi  vazifasini 
muvoffaqiyatli  bajarish  uchun,  kimyoviy  mavzularning  mazmuni  maxsus  uslubiy 
ishlov  berishni,  o‗quv  jarayonini  o‗ziga  xos  tashkil  etilib,  har  bir  o‗quvchining 
psixologiyasiga chuqur kirib borishni talab etadi. 
 Rivojlantiruvchi ta‘limning murakkabligi shundan iboratki, o‗quvchilarning 
rivojlanishi  har  kimda  alohida  o‗ziga  xos  xususiyatga  ega  bo‗lib,  ular  bir  xil 
natijaga turli yo‗llardan boradi va bu yo‗llar turlicha vaqt talab etadi. 
Kimyo  o‗quv  fanining  mazmunini  sistemali  yozilishi  ham  kimyoni 
o‗rganishda  o‗quvchilarni  rivojlantirish  vositasi  bo‗lishi  mumkin,  chunki  uning 
asosida  kimyoviy  tushuncha  va  bilimlarning  bosqichma  –  bosqich  rivojlantirish 
yotadi,  shuningdek  o‗quv  jarayonining  faolligi  ham  rivojlantirish  vositasi  bo‗la 
oladi.  
Shunday qilib, kimyo fanining hamma bo‗limlari bir tizimda birlashuvchi va 
ketma  –  ket  rivojlantirilib  boriladigan  tushunchalar  bilan  bir  –  biriga  bog‘lanadi. 
Umumiy  o‗rta  va  o‗rta  mahsus  ta‘lim  tizimida  ham  kimyo  kursining  mazmunida 
nazariy masalalarning ko‗payib borish konsepsiyasi kuzatiladi. Faktik materiallarni 
tuzilishi  va  xossalarini  tushuntiruvchi  bo‗lim  «Davriy  qonun  va  kimyoviy 


104 
 
elementlaring  moddalarning  tuzilish  nazariyalari»  VIII  sinf  boshida  o‗qitiladi. 
Kvant  tasavurlari  asosidagi  moddalarning  tuzilish  nazariyalari  IX  sinf  organik 
kimyo  kursida  ko‗rib  chiqiladi.  Kimyo  kursining  nazariy  masalalarini  bunday 
kuchaytirilishi bilimlarni sistemali shakllanishiga sharoit yaratadi. 
―Kompetentlik‖  tushunchasining  mohiyati.  Bozor  munosabatlari  sharoitida 
mehnat bozorida ustuvor o‗rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‗lish har bir 
mutaxassisdan  kasbiy  kompetentlikka  ega  bo‗lish,  uni  izchil  ravishda  oshirib 
borishni  taqozo  etmoqda.  Xo‗sh,  kompetentlik  nima?  Kasbiy  kompetentlik 
negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‗zida qanday kompetentlik sifatlarini 
yorita  olishi  zarur.  Ayni  o‗rinda  shu  va  shunga  yondosh  g‗oyalar  yuzasidan  so‗z 
yuritiladi
 
 
―Kompetentlik‖  tushunchasi  ta‘lim  sohasiga  psixologlarning  ilmiy 
izlanishlari  natijasida  kirib  kelgan.  Psixologik  nuqtai  nazardan  kompetentlik 
―noan‘anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‗zini qanday tutishi, 
muloqotga  kirishishi,  raqiblar  bilan  o‗zaro  munosabatlarda  yangi  yo‗l  tutishi, 
noaniq  vazifalarni  bajarishda,  ziddiyatlarga  to‗la  ma‘lumotlardan  foydalanishda, 
izchil  rivojlanib  boruvchi  va  murakkab  jarayonlarda  harakatlanish  rejasiga 
egalik‖ni anglatadi.  
 
Kasbiy  kompetentlik  mutaxassis  tomonidan  alohida  bilim,  malakalarning 
egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‗nalish bo‗yicha integrativ bilimlar va 
harakatlarning o‗zlashtirilishini nazarda tutadi.  
 
Shuningdek,  kompetensiya  mutaxassislik    bilimlarini  doimo  boyitib 
borishni, yangi axborotlarni o‗rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, 
yangi  ma‘lumotlarni  izlab  topish,  ularni  qayta  ishlash  va  o‗z  faoliyatida  qo‗llay 
bilishni taqozo etadi. 
 
Quyida  kasbiy  kompetentlik  negizida  aks  etuvchi  sifatlarning  mohiyati 
qisqacha yoritiladi. 

Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish